38-. TOKDOSHLAR OILASI

Bu oilaga asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan
11 turkum va 600 dan ortiq tur kiradi. Tokdoshlar oilas
jingalaklari yordamida boshqa narsalarga ilashib qaddini
ko'taradigan buta va daraxtlami o'z ichiga oladi. 0'zbekistonda
tokdoshlarga oid 3 turkumga mansub 4 ta tur o'sadi. Ul ardan
bittasi yowoyi, 3 tasi esa madaniydir. Tokdoshlardagi
jingalaklar novda shaklining o'zgarishidan hosil bo'lgan.
Barglari 3-5 bo'lakli, panjasimon bo'lingan, uzun bandli,
yonbargchali. Gullari mayda, to'g'ri, ikki jinsli yoki bir
jinsli, rangsiz, ro'vaksimon to'pgulga yig'ilgan. Gulkosachabarg,
gultojbarg va changchilari 4-5 tadan. Gulqo'rg'oni
murakkab, gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan. Gultojbarglari
5 ta, erkin yoki uchi bilan bir-biriga qo'shilgan.
Changchilari 5 ta. Urug'chisi asosan 2 ta.
Mevasi - rezavor meva.
Tokdoshlaming keng tarqalgan vakillaridan biri madaniy
tokdir. Uning bo'yi 2-4 (6-10) m gacha yetadi.
Jingalaklari yordamida so'rilarga, ishkomlarga yoki boshqa
daraxtlarga ilashib o'sadi. Vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladi.
Bargi uzun bandli, panjasimon bo'lingan. Tok may-iyun
oylarida gullaydi. Gullari mayda, ikki jinsli, odatda shingil
(bosh) deb ataladigan murakkab to'pgulga joylashgan.
Madaniy tok gulining tuzilishi oila uchun xos bo'lgan
gul tuzilishiga o'xshaydi, lekin bunda 5 ta gultojbarg birbiriga
qo'shilgan bo'lib, urug'chi va changchilarini ustidan
qalpoqqa o'xshab qoplab turadi va gul ochilishi paytida tushib
ketadi.
Ertapishar (chillaki) tok navlarining mevasi iyuldan
boshlab, kechki navlariniki esa oktabrda pishadi. Mevasi har
xil shaklda, o'lchamda va rangda, 2-3 urug'li yoki umg'siz,
shirin yoki nordon bo'ladi. Tok mevasi xalq orasida uzum
deb ataladi.
0'zbekistonda tokning 500 ga yaqin
navi o'stiriladi. Bulardan kishmish,
kattaqo'rg'on, qorago'zal, daroyi, buvaki,
hiloliy, qirmizi, husayni, sohibi, rizamat,
toyipi, charos, soyaki, chillaki kabi
navlari keng tarqalgan (68-rasm).
O'zbekiston Qishioq xo'jaligi fanlar
akademiyasining faxriy akademigi, xalq
seleksioneri Rizamat ota Musamuhamedov
(1881-1979) 0'zbekistonda uzumchilikni rivojlantirishga
katta hissa qo'shgan. Bu sohibkor seleksioner
tomonidan mahalliy sharoitga moslashgan ko'plab ajoyib
tok navlari qayta tiklandi va omm alashtirildi.
Yozgi oshxona va choyxonalar, dala shiyponlari va ayvonlar
oldiga yowoyi uzum nomi bilan
manzarali o'simlik - beshyaproqli
partenotsissus ekiladi. Bu partenotsissus
turkumiga oid poyasi ingichka, uzun
jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10-
15(20) metrgacha ko'tarila oladigan,
barglari panjasimon murakkab o'simlik.
Gulining va mevasining tuziiishi
toknikiga o'xshaydi. Vatani Shimoliy
Amerika.
Respublikamizning janubiy viloyatlaridagi tog'laming
toshloq va qoyali yonbag'irlarida terakbargli liftok o'sadi. Bu
liftok turkumiga oid yotib o'suvchi buta. Barglari butun,
cheti yirik tishli. Guli toknikiga o'xshash, lekin gulkosachasi
aniq ko'rinmaydi. Mevasi qora, mayda, rezavor meva,
istemol qilishga yaramaydi.
Uzum mazali va to'yimli, yangiligida hamda quritib mayiz
holida istemol qilinadi. Undan sharbat olinadi, vino, shinni,
murabbo va konservalar tayyorlanadi. Yangi barglaridan tokoshi va boshqa taomlar tayyorlashda
foydalaniladi. 0'zbekistonda tok tabiiy holda ham o'sadi. U
0'zbekiston RespubHkasining Qizil kitobiga kiritilgan.