39-. QOVOQDOSHLAR OILASI

Yer ylizida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, 0'zbekistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi.
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko'p yillik
o'tla r kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki
jingalaklar bilan ilashib o'sadi. Barglari oddiy, ketma-ket
o'mashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan . Gullari to'g'ri,
ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulkosachasi
5 ta, gultoji 5 ta gultojbaigning qo'shilishidan hosil bo'lgan.
Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo'lib
qo'shilgan, 1 tasi erkin. Urug'chilari 3 ta.
Qovoqdoshlarga mansub o'simliklarning gullari ayrim
jinsli bo'lganligi uchun ulaming changchi va urug'chi
gullariga alohida-alohida formula va diagrammalar beriladi.
Qovoqdoshlaming mevasi - etdor, sersuv, soxta qovoq
meva.0'zbekistonda ko'plab ekiladigan bu oilaga mansub
o'simliklardan biri oshqovoq (oyim qovoq)dir.
Oshqovoq - qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz
o'simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan
qop!ang_m, o'rmalab yoki jingalaklari
bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik.
buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan.
Uning changchi va urug'chi gullari bitta
 tupda yerishadi. Gullari sariq. Changchili
gullari nisbatan yirik bo'lib, urug'chili
gullardan oldinroq ochiladi. changchilari
5 ta. Urug'chil gullarida 3 ta
tumshuqchali 1 ta urug'chisi bor.
Oshqovoqning mevasi yirik, soxta
meva. Mevaning tashqi qavati qattiq,
ichki qavati esa shirador va etdor.
Urug'ida 50% gacha moylar bor.
0'zbekistonda qovoq turkumiga oid
3 ta tur o'siinTk ekiladi.
Qovoqdoshlar oilasiga mansub itqovun
ekinlar orasida begona o'simlik
sifatida uchraydi.
Respublikamizda keng miqyosda
ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun. tarvuzlar hamda
bodring turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg'
ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi (69-rasm).
Ulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.