4-. GULLARNING CHANGLANISHI

Changdonda yetilgan changlaming urug'chi tumshuqchasiga
tushishiga changlanish deyiladi. Changlar asosan hasharotlar,
shamol va boshqa yoilar bilan urug'chi tumshuqchasiga kelib
tushadi.
Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changlanish
(17-rasm) va sun'iy changlanishgv boiinadi.
Gullarning hasharotlar yordamida changlan?shi. 0 'simliklar
gullarining barchasi ham meva tugavenn avdi. Faqat changlangan
gullargma meva tugadi.
Ko'pchilik 0'simliklar gulin:ng changi va umg'chisi bir
vaqtda yetilmaydi. Shuning uchun ham bitta guldagi chang
shu guldagi tumshuqchani changlav olmaydi. Bunday holda

bir gulning changi boshqa
guldagi urug'chining tumshuqchasiga
tushishi kerak. Yetilgan
urug'chining tumshuqchasi
nam va yopishqoq b o iib ,
tushgan changni tutib qoladi.
Yetilib yorilgan changdondan
chiqqan changning hasharotla
r yordamida boshqa
gulning tumshuqchasiga tushishi
hasharotlar yordamida
changlanish yoki chetdan
changlanish deyiladi. Gullar
ochilgan vaqtda xushbo'y hid
taratib hasharotlami o'ziga jalb qiladi. Gullardan ular o'ziga
kerak boigan jiarsani - chang va xushbo'y asal shirasi
(nektar)ni oladi. Ayrim gullarni changlatuvchi maxsus hasharotlar
ham bor. Hasharotlar bitta gul bilan chegaralanib
qolmaydi. Ular guldan-gulga qo'nib, bir gulning changini
ikkinchi guldagi urug'chi tumshuqchasiga olib o'tadi. Liar
gullardagi chang va nektarni turli a'zolari (xartumi, oyoqlari,
tuklari) yordamida olib o'tadi (18-rasm). Hasharotlar yordamida
changlanuvchilarga olma, o'rik, nok, beda, oqquray,
g o'za kabilar kiradi.
Mevali daraxtlar va g'oLza
gullaganda bog'bonlar va paxtakorlar
asalari qutilarini bog1-
larga va paxta dalalariga olib
chiqishadi. Bundan maqsad,
birinchidan, gullarni changlatib,
mo'l hosil olish boisa,
ikkinchidan, yaxshi sifatli,
xushbo y asal yenshtirishdir.
Bir gramm asal yig'ish uchun
har bir asalari minglab gul- 18-rasm. Gnl changining
dan-eulea ao'nadi

Gullarning shamol yordamida changlanishi. Shunday
o'simliklar borki, ularning guli faqat shamol yordamida
changlanadi. Bunday o'simliklaming guli ko'rimsiz, mayda
va hidsiz bo'ladi. Chang shamol yordamida bir guldan
boshqa gulga o'tsa, bunday o'simliklar shamol yordamida
changlanadigan o'simliklar deyiladi (bug'doy, arpa, sholi,
suli, tol, terak, yong'oq va boshqalar). Shamol yordamida
changlanadigan ko'pgina o'simliklar awal gullab, keyin barg
chiqaradi.
Bug'doy shamol yordamida changlanadigan o'simlikdir.
Uning guli ikki jinsli. Uning gullari murakkab boshoqda
o'mashgan boiib, changchilari boshoqdan tashqarida osilib
turadi.
Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi
changdonlar bir-biriga u ilib yoriladi va ulardan chang
sochiladi, Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug'chi
gulning tumshuqchasiga o'tadi. Bordi-yu, shamol esmay chang
boshoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda
siyrak donli boshoq hosil boiadi va hosildorlik pasayib ketadi.
Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. Agar bir tup o'simlik
changchisidagi chang shu guldagi urug'chinmg tumshuqchasiga
tushsa bunday changlanish oz-ozidan changlanish
deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va
urug'chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir boiadi. O z-o'z.dan.

changlanadigan o'simliklarda, odatda, urug'chi changchiga
nisbatan qisqaroq bo'ladi. Bularga olma, nok, na'makat misol
boiadi.
Sun'iy changlatish. Agar o'simlikning guli chetdan va
o'z-o'zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlantiriladigan
boisa, uni sun'iy changlanish deyiladi. Sun'iy
changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o simlikning changi
olinib, shu yoki boshqa o'simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga
o'tkaziladi. Makkajo xori gullari ko'pincha sun'iy
y o i bilan qo'shimcha changlantiriladi. Buning uchun
makkajo'xori changi ma^us idishlarga yigib olinadi,
so'ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi (19-rasm).
Sun'iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va
asosan yangi navlami yaratishda foydalaniladi.