40-. ZIRADOSHLAR (SOYABONDOSHLAR) OILASI

Ziradoshlar ikki urug'pallalilar ichidagi eng yirik
oilalardan biri. U 300 turkumga mansub 3500 ga yaqin
tumi o'z ichiga oladi. 0'zbekistonda 69 ta turkumga oid 198
tur o'sadi. Oila vakillari Yer yuzida juda keng tarqalgan,
asosiy qismi Shimoliy Yarimsharda o'sadi. Hayotiy shakliga
ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar ustunlik qiladi. Gullari
o'simlik turiga va o'sib tuigan joyiga qarab turlicha balandlikda
(20-150 sm) bo'ladi. Alqor, shashir, kovrak kabi turkumlar
turlarining balandligi 200 (250) sm ga yetadi. Bu oilada
hayotida bir marta gullab qurib ketadigan kovrak turkumiga
mansub turlar ham bor (70-rasm).
Barglari navbat bilan joylashgan, pastki qismida (barg
bandi o'mida) poyani malum darajada o'rab turadigan barg
navi bor. Yaprog'i asosan mayda bo'laklarga ajralgan ayrim
turlaridagina butun. To'pgullari
kallakcha va oddiy yoki murakkab
soyabonlardan iborat.
Gullari mayda, bir yoki ikki
jinsli, gulkosacha va gultojbarglari
5 tadan, changchisi
ham 5 ta, urug'chisi 2 ta.
Ayrimlarida gulqo'rg'oni yaxshi
taraqqiy etmagan. Mevasi danakcha.
Quyida ko'pchilikka tanish
sabzi turkumiga oid yowoyi
sabzi bilan tanishamiz. Yowoyi sabzi ikki yillik o't, poyasi silliq, balandligi 80-
100 (120) sm, shoxlangan. Barg yaprog'i 2 karra patsimon
bo'lingan. Soyaboni murakkab, ko'p nurli, nurlari turlicha
uzunlikda. Soyabonchalari 15-20 gulli. Gullari bir va ikki
jinsli. Gulkosacha va gultojbargchalari 5 tadan. Gultoji sarg'ish
rangli. Mevasi danakcha, qirralarida ipsimon bo'rtmalari
bor. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda pishadi.
0'zbekistonda begona o't sifatida keng tarqalgan.
Ziradoshlar oilasi vakillari orasida xalq xo'Jaligining turli
tarmoqlarida ishlatiladigan turlar juda ko'p. Ulardan ayniqsa
oziq-ovqat sifatida keng foydalaniladi.  ularga sabzi, kashnich,
petrushka, shivit (ukrop) va b. kiradi.
Tabiiy holda tarqalgan o.ia vakillari orasida zira va alqor
turkumining vakillari efir moyiga boy boMganligi uchun
ziravor o'simliK sifatida juda qadrlanadi.
Zira turkumi. 'zbekistonda zira turkumiga mansub 9 tur
o'sadi. Bular asosan adir va tog'larda tarqalgan.
Ziralarning hammasida ham bir xilda efir moylari
saqlanmaydi. Faqat oddiy zira (osh zira) efir moylarigE boyligi
bilan ajralib turadi. U tugunakli ko'p yillik o't. Poyasi tuksiz,
balandligi 40-60(80) sm. Soyaboni 15-20 nurli, soyabonchasi
20-30 gulli, mevasi cho'ziq, sabzi me\ajini
eslatadi. Iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi. Tog'
yonbag'irlarida tarqalgan.
0'zbekiston xalqi zirani juda yaxshi ko'radi undan juda
ko'p oziq-ovqat mahsulotlariga xushbo'y hid berishda
foydalaniladi. Lekin tabiiy ziralar shafqatsizlarcha oyoq osti
qilinmoqda. Uning tupi mevasi yetilmasdan o'rib olinmoqda,
natijada tabiatdagi zirazorlar yildan-yilga qisqarib ketmoqda.
Aziz  quvchilar, siz yashayotgan joylarda z, a bo'lsa,
uni asrab-avaylashga o'z hissangizni qo'shasiz degan
fikrdamiz.