41-. QOQIO'TDOSHLAR
(MURAKKABGULDOSHLAR) OILASI

Bu oila gulli o'simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi.
U deyarli hamma qit'alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda
o'sadigan 9.70 turkumga mansub 19 000 tumi o'z ichiga
oladi.
O'zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597
tur o'simlik o'sadi.
Qoqio'tdoshlaming  p turlari bir yillik va ko'p yillik
o'tlar bo'lib, ularning juda kam qismini yarim butalar
tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana
va daraxtlar o'sadi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, ildiz bo'g'zida
to'planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba'zan qaramaqarshi
va halqa bo'lib joylashgan. Barg yaprog'i butun,
ba'zan patsimon bo'lingan, shakli har xil.
Qoqio'tdoshlaming muhim belgisi to'pgullarining savatcha
shaklida bo'lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator,
turli shakldagi o'rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha
bir gulli yoki ko'p gulli bo'lishi mumkin.
Qoqio'tdoshlaming ko'pchiligida savatchalar o'z navbatida
shingil, ro'vak, qalqon va boshcha to'pgullarga o'mashib
murakkab to'pgul hosil qiladi.
Gulkosachabargi, tojbarg va changchilari 5 tadan.
Gulkosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan. Ba'zi
vakillarida kosachasi pardasimon. 5 tishli o'simta shaklida.
Gultoji tutash gultojbargli, to'g'ri yoki qiyshiq. Qoqio'tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta
oilachaga bo'linadi.
Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to'pguli asosan
tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi. Unga
0 'zbekistonda keng tarqalgan qoqio't, karrak, sachratqi,
maxsar, kakra kabi turkumlaming turlari kiradi.
Dorivor qoqio't ko'p yillik o't. Uni vohalardagi o'simlik
o'sa oladigan har qanday yerda uchratish mumikin. Poyasi
juda kalta. To'pguli savatcha. Gullari gulbandlaming uchida
o'mashgan savatchalarda joylashgan. Savatchadagi hamma gullar
ikki jinsli, tilsimon gullardir. Qoqio'tlaming mevasi doncha.
Uning uchida o'mashgan popukchasi bor.
0 'zbekistonda qoqio't turkumiga mansub 26 tur o'simlik
o'sadi. Qoqio'tlar dorivor o'simlik sifatida juda qadrlanadi.
Yozning o'rtalan lan boshlab vohalardagi ekinlar orasida,
yo'l yoqalari va ariqlar bo'yida mazkur oilacha vakillaridan
biri zangori sachratqi gullaydi (71-rasm). U sachratqi turkumining
0 'zbekistonda o'sadigan yagona turi hisoblanadi.
Sachratqining savatchasidagi hamma gullar zangori rangli,
ikki jinsli, tilsimon bo'ladi.
Sachratqi dorivor o'simlik. Uning ildizi, barglari va
gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozonichak
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha
to 'pgulining aksariyat qismini naychasimon
gullar tashkil etadi. Faqat
ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta
tilchasimon yoki voronkasimon gullar
bo'ladi. Bu oilachaga 0 'zbekistonda keng
tarqalgan shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar,
andiz, bo'yimodaron kabi turkumlaming
turlari kiradi. Turlarga boyligi jihatidan
shuvoq turkumi oilachada alohida
o'rinda turadi. Shuvoq turkumiga mansub o'simliklar chorvachilikda o'ziga
xos o'rinni egallaydi.
0 'zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik
hamda ko'p yillik o'tlar va yarim butalardir.
Oq shuvoq turon shuvog'i (qora jusan), yovshan shuvoq
kabi turlari 0 'zbekistonda keng tarqalgan. Yozning quruq va
jazirama kunlarida shuvoqda yozgi tinim davri boshlanadi.
Kuz kelgach, shuvoqlar yana o'sa boshlaydi. Sentabming
ikkinchi yarmida gullaydi. Shuvoq savatchalari ro'vak xilidagi
to'pgulga o'mashgan. Savatchalaming liar birida 5-7 tadan
ikki jinsli tilsimon gullar bo'ladi. Mevasi oktabming oxiri
yoki noyabming boshida pishadi va to'kiladi.
Cho'l o'tloqlaridagi shuvoqlar qorako'l qo'ylari va tuyalaming
kuzgi hamda qishk' asosiy ozig'idir. Shuvoqlami o'rib
qish uchun xashak g'amlanadi.
Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o'simlik hamdir. Bunga misol
qilib, ermon shuvog'ini ko'rsatsa bo'ladi. Uning bargi, poyasi
va to'pgulidan tayyorlangan dorilar ilmiy tabobatda kasalliklami
davolashda shlatiladi.
Qoqio'tdoshlarga mansub madaniy o'simliklardan biri moyli
kungaboqardir. Uning to'pguli kun chiqqandan toki botgunga
qadar quyoshga qarab buriladi, shuning uchun ham u
kungaboqar nomini olgan.
Tabiiy holda uchraydigan dorivor o'simliklarga bo'yimodaron,
bo'znoch turkumining vakillari kiradi.
Gulzorlarda to qish kelguncha chaman
bo'lib ochilib turadigan qashqargul,
xrizantema, qo'qongul, kartoshkagul va
dastargullar ham qoqio4do?hlarga mansub
madaniy-manzarali o'simliklardan
hisoblanadi (72-rasm).
Ta'kidlash joizki, mazkur oilaning
13 turkumga mansub 50 turi 0 'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 30 tasi
karrak turkumiga mansub.