BIR URUG'PALLALI 0'SIMLIKLAR SINFI
(LOLASIMONLAR)

Bir urug'pallali o'simiiklar sinfiga 67 oilaga mansub 58000
ga yaqin tur kiradi. 0'zbekistonda esa ulaming 700 ta turi
o'sadi.

42-. LOLADOSHLAR OILASI
llgari loladoshlar oilasiga kirgan piyoz va shirach turkumlari
mustaqil piyozdoshlar va shirachdoshlar oilalariga ajratilgan.
Loladoshlar oilasi dunyoning deyarli hamma qismidagi
cho'l, adir va tog'larda o'sadigan 250 turkum va 400 ga yaqin tumi o'z ichiga oladi. Ularga ildizpoyali, piyozboshli
yoki tugunakli ko'p yillik o'tlar va qisman butasimon
o'simliklar kiradi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, butun, parallel yokyoysimon
tomirli, ko'pchiligining shakli (qalami) nashtarsimon,
tasmasimon yoki ellipssimon bo'lib, poyada
ketma-ket o'mashgan. Gullari to'g'ri, ikki jinsli, yakkayakka
yoki to'pgulda joylashgan. Gulqo'ig'oni oddiy, ko'pincha
gultojsimon, 6 ta erkin yoki bir-biriga qo'shilgan gulqo'rg'on
bargchalaridan tashkil topgan. Changchilari ham 6 ta, 3
tasi tashqi, 3 tasi esa ichki halqada o'mashgan.
Urug'chisi 3 ta. Mevasi ko'sakcha yoki rezavor meva.
Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub qizil loladir.
U aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog'laming
quyi qismidagi yonbag'irlarda ochiladigan yirik gulli o'simlik.
Bo'yi 20-45 sm. Piyozboshli tuxi msimon yoki yumaloq.
Barglari 3-4 dona, ustida to'q binafsha rangli dog'lari bor.
Guli bitta, yirik, sarg'ish-qizil, pastki qismi qora dog'li.
Changchi iplari qora, chan^donlari sariq. Mevasi 3
chanoqqa bo'linib ochiladigan ko'sakcha.
Qizil lola urug'idan va piyozboshidan ko'payadi. Keyingi
paytlarda odamlaming shafqatsiz ravishda yulishi va piyozboshilarining
kavlab  nislu natijasida uning soni juda
kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinad va
0'zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yulish va
piyozboshilarini kavlab olish qat'iy man qilingan. Shu bilan
bir qatorda qizil lolani madaniylashtirish ustida 0'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika ilmiy-ishlab
chiqarish markazida tadqiqot ishlari olib borilmoqda (73-
rasm).
O'zbekistonda lolalaming 23 ta turi uchraydi. Ular birbirlaridan
gullarining rangi, katta-kichikligi, bargi, piyozboshi
va mevasining shakli va boshqa belgilari bilan farq qiladi.
Bularning hammasi 0'zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan.
Bahorning birinchi darakchilari sifatida mart oyining
boshlaridayoq boychechaklar unib chiqadi. Bular bo'yi 10-
15 sm keladigan, ingichka poyali va ingichka bargli, tubida
piyozboshchasi bor ko'p yillik o'tlardir. Gullari sariq yoki
och sariq. Guli va mevasining tuzilishi umuman lolanikiga
o'xshaydi. O'zbekistonda boychechak turkumining 30 ga yaqin
turi o'sadi.
Shuningdek loladoshlarga yowoyi holda o'sadigan olg'i va
xolmonlar ham kiradi.
Loladoshlar oilasiga mansub turlardan 23 tasi 0'zbekiston
Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Ulardan 23 tasini
lolalar tashkil etadi. 