43-. PIYOZDOSHLAR OILASI

(Piyozdoshlar oilasi loladoshlar oilasidan ajrutilgan)

Bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat
Avstraliyada uchramaydi.
Oila 32 turkumga mansub 750 tumi o'z ichiga oladi. Ular
ko'p yillik piyozbwsh o'simliklardan iborat. Barglari shishgan
yoki yass. nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami,
tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qirqilgan,
bandsiz, pastki qismi novsimon. To'pguli yoshligida qobiq
bilan o'ralgan. To'pguli (soyabonsimon), asosan sharsimon
va yarimsharsimon, ko'p gulli. Gullari ikki jinsli. Gulqo'rg'oni
oddiy, to'g'ri gultojsimon. Gultojibarglari 6 ta, qo'shilmagan,
ikki doirada joylashgan. Changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta.
Quyida 0'zbekistonda keng tarqalgan bosh piyoz (osh piyoz)
bilan tanishamiz.
Bosh piyoz piyozboshli ko'p yillik o't. Piyozboshi asosan
tuxumsimon va yumaloq shakllarda bo'ladi. Qobig'i qattiq,
butun, qo'ng'ir, oqish va qizg'ish rangli. Gul poyasi 100 sm
gacha yetadi, qalin, yarmidan pastki qismi shishgan. Barglari
ham shishgan. To'pguli (soyaboni) sharsimon, gullari zich
joylashgan. Gulbandi gulqo'rg'onidan bir necha marta uzun.
Gulqo'rg'oni yulduzsimon oqish-yashil rangli. Changchisi 6
ta. Bosh piyoz may-iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi.
Bosh piyozning juda ko'p navlari bor.
Piyozlaming xalq xo'jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta.
Ular bevosita istemol qilinishidan tashqari turli oziq-ovqat
mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Bosh piyoz fitonsidlarga
juda boy. Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida turli
kasalliklami davolashda foydalaniladi.
Foydali, ayniqsa dorivoriik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq
piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi.
Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida istemol qilinadiganlari
ham ko'p. Bulaiga Pskom piyozi, Oshanin piyozi, mador piyoz
(matur), qum piyoz, anzur piyoz kabilar kiradi.
Bulardan tashqari tabiatda barglari va to'pgullari nihoyatda
chiroyli turlarni ko'plab uchratish mumkin. Gul piyoz,
cho'chqaquloq piyoz, suvorov piyozi, nor piyoz va
qo'shbarg piyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi.
Piyozlardan 10 tasi 0'zbtkiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan.