44-. BUG'DOYDOSHLAR (BOSHOQDOSHLAF)
OILASI

Bu oilaga Yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma
qismida tarqalgan 600 turkum va 10 000 ga yaqin turga
mansub bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o'tlar, qisman
daraxtsimon o'simliklar kiradi. 0'zbekistonda
bug'doydoshlarga mansub 91 turkumga kiruvchi 271 tur
o'simlik o'sadi.
Bug'doydoshlarning ildizi qo'sbimcha ildizlar
yig'indisidan tashkil topgan popukildiz tizimli. Poyasi
silindrsimon, tik o'sadi, bo'g'imlarga bo'lingan. 100-(150-
200). Bug'doydoshlarga mansub o'simliklar poyasi poxol yoki
somon poya deb ataladi.
Barglari oddiy, ikki qator bo'lib bo'g'imlarda o'mashgan.
Barg ikki qismdan: poyani o'rab olgan pastki qismdan -
barg qinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon,
tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli barg yaprog'idan iborat.
Barg yaprog'ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida
kichkina, yupqa, pardasimon o'simta bo'ladi. U tilcha deb
ataladi. Tilcha yomg'ir paytida, barg qinining ichiga suv
kirishidan saqlaydi.
Gullari mayda, rangsiz, ko'kimtir, boshoqchalarda joylashgan.
Boshoqchalar esa 1-10 yok undan ko'p gulli
bo'lib, o'z navbatida murakkab boshoq, so'ta, ro'vak sulton
kabi to'pgulga yig'ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli.
Har bir boshoqcha ostidan ikkita (ostki va ustki) boshoqcha
qipig'i bilan o'ralgan. Uning ichida ikki gul qipig'i bilan
o'ralgan gulning asosiy qismi - changchilar va urug'chi
o'mashgan. Gul qipig'ining boshoqcha o'qidan chiqqan etli
va kattarog'i ostki gul qipig'i, uning qarshisidagi gulbanddan
chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig'i deyiladi.
Changchilari ko'pchiligida 3 ta, bazan 2
ta yoki 6 ta. Urug'chisi bitta, tumshuqchasi
2-3 ta bo'lib, patsimon shoxlangan. Mevasi
quruq, bir urug'li dondir.
Adiming yuqori va tog'ning o'rta
qismida joylashgan yalangliklarda bo'yi 50-
150 sm keladigan piyozli arpa o'sadi. Uni
javdar, xarduma, tak-tak, tog'arpa deb
ham atashadi (74-rasm).
Bu tur respublikamiz tabiiy pichanzorlarini
hosil qiluvchi o'simliklardan biridir.
0'zbekistonda oilaning tabiiy holda taktak,
g'umay, qo'ng'irbosh, ajriq, qamish
kabi turlari o'sadi.
0'zbekistonda begona o't - g'uroayni
bilmaydigan odam kam. G'umay jo'xori
turkumiga oid, bo'yi 50-150 sm keladigan ildizpoyali ko'p yillik o't. U asosan sug'oriladigan ekinlar
orasida, ayniqsa paxtazorlarda ko'p o'sadi, hosildorlikka katta
zarar keltiradi.
Ko'pchilikka tanish bo'lgan begona o'tlardan yana biri
chayir ajriqdir. U uzun va sershox ildizpoyali ko'p yillik o't.
Poyonsiz cho'l va adirlarda joylashgan qorako'lchilik
yaylovlarida o'sadigan yem-xashak o'simliklardan biri
qo'ng'irbosh turkumiga mansub o'simliklardir. 0'zbekistonda
qo'ng'irbosh turkumiga mansub 26 ta tur o'sadi. Bulaming
hammasi ham chorvachilikda katta ahamiyatga ega bo'lgan
yem-xashak o'simligi hisoblanadi.
Oziq-ovqatning asosiy manbalaridan biri va qadim
zamonlardan beri ekilib kelinadigan o'simlik - bug'doy,
sholi, makkajo'xori va oqjo'xorilar ham bug'doydoshlar
oilasiga mansubdir.
Bug'doydoshlar oilasidan faqat 2 ta tur 0'zbekiston Respublikasining
Qizil kitobiga kiritilgan.