V BOB 0'ZBEKIST0NNING 0'SIMLIK BOYLIGI

Respublikamiz osimliklarga nihoyatda boy. Ular cho'llarda,
to'qaylarda, adirlarda, tog'larda va yaylovlarda tarqalgan.

45-. CHO'L VA TO'QAY 0'SIMLIKLARI

0'zbekiston hududining juda katta qismini cho'llar tashkil
etadi.
Cho'lda qum uyumlari, sho'r, gipsli va toshli tuproqlar
katta maydonlami egallaydi. Har bir tuproqning o'ziga xos
o'simliklari va ular hosil qiladigan o'simlik qoplami bor.
Qizilqumdagi qum uyumlarida tashqaridan qaraganda
o'simlik yo'qdek ko'rinadi. Aslida esa u yerda o'ziga xos bir
yillik, ko'p yillik o't-o'simliklar, buta va saksovul kabi
daraxtlar o'sadi.
Qumliklarda saksovul, turli sho ralar (sag'art, qumtariq),
juzg'uit, silen, iloq va boshqalar birgalikda o'sadi. Ular o'sishi
bilan bir qatorda ko'chma qumlami mustahkamlaydi (75-
rasm).
Kuzda va bahorda yog'gan yomg'irdan keyin qumliklarda
o'simliklarning urug'i unib chiqadi. Ko'p hollarda yosh
nihollar bahorda kunlar isishi bilan qurib qoladi. Saqlanib
qolganlari esa o'sib, meva beradi. Qumliklarda o'sadigan
o'simliklar suvni uzun ildizi orqali qum orasidagi namlikdan
va tunda tushadigan shudringdan oladi. Qumliklarda o'sishga
moslashgan o'simliklardan biri juzg'undir.
U ayniqsa ildiz tizim1 yaxshi taraqqiy etganligi bilan ajralib
turadi. Uning yoniga  sgan ildizlari hatto 30 m gacha taraladi.
Iloq ko'p yillik ildizpoyali o4 bo'lib, qumning ustki
qatlamiga mayda yon Idizchalari bilan yopichib oladi. Qum
yuzasiga asosan uning kalta (15-20 sm) poyasi, 7-10 ta
ingichka barglari chiqib turadi.
Qurr.liklarda o'sadigan o'simliklar turlarining ko'p yoki
kamligi kuz va bahorning quruq yoki seryog'in kelishiga
bog liq.
Cho'llardagi turli darajada sho'rlangan tuproqli yerlarda
tanasi turli shiraga boy bo'lgan seret baliqko'z, qizil
sho'ra, sarsazan, qorabaroq kabi o'simliklar o'sadi. Ustyurtga
o'xshagan tuprog'i gipsga boy joylarda qora boyalish,
buyurg'un, shuvoq singari o'simliklar uchraydi.
Cho'l o'simliklari qorako'l qo'ylar, tuyalar va boshqa cho'l
hayvonlari uchun oziq manbai hisoblanadi.
Agar 0'zbekiston Respublikasi xaritasiga nazar tashlasangiz,
cho'ldagi tekisliklami kesib o'tgan ikkita yirik
daryoni - Amudaryo bilan Sirdaryoni ko'rasiz. Bu daryolar
sohilida ensiz, lekin uzundan-uzoq, hatto bir necha yuz
kilometrga yetadigan, b a zan uzilib cho'l bilan almashinadigan
yam-yashl to'qaylar joylashgan (76-rasm).
To'qay deganda, daryo bo'ylaridagi semam yerlarda
joylashgan turli daraxt, buta va o'tlardan tashkil topgan
chakalakzorlar tushuniladi.
To'qaylar daryo
suvlari bilan chambarchas
bog'langan. 0'zbekistondagi
eng katta to'qaylar
Sirdaryo bilan Amudaryo
bo'ylarida joylashgan.
To'qaylarda ham xilma-
xil o'simliklar o'sadi.
U yerlarda keng tarqalgan
namsevar o'tlardan qamish, ro'vak, shirinmiya, qo'g'a, yantoq; daraxt va butalardan
esa turangMl, yulg'un, tol, jiyda kabilami ko'rsatish munakin.
Tc'qaylardagi o'simliklar bir tekis tarqalmagan.
Shuni ham avtish kerakki, Sirdaryo bilan Amudaryo
suvlari kamayishi bilan lining bo'yidagi o'rmon va to qaylar
ham ancha qisqarib ketgan. Ayniqsa sojfiggi yillarda daryolar
suvidan insoniyat noto'gri foydalanishi tufayli qamish,
shirinmiya, turang'il kabiJarning maydonlari tobora qisqarib
bormoqda.
To'qaylaming mohiyati benihoya katta. Birinchi navbatda,
ular o'ziga xos o'simliklar qoplamiga ega. To'qaylar daryo
sohillarini (qirg'oqni) yemirilishdan saqlaydi, chorva mollari
uchun oziq manbai hisoblanadi cho'llaming quruq havosini
malum darajada yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi.
Bulardan tashqari, to'qaylar turli mo'ynali va boshqa foydali
hayvonlami saqlash va ko'paytirish uchun ham zarur.