46-. ADIR, TOG* VA YAYLOV 0'SIMLIKLARI

Dengiz sathidan 1200-1600 meirgacha balandlikka
ko'tariladigan adirlar cho'llarga qaraganda tuproq unumdorligi,
iqlimining nisbatan yumshoqligi va o'simliklar turiga boyligi
bilan farq qiladi.
Adirlarda bir yillik, ko'p yillik o'tlar hamda butalar keng
tarqalgan. Bular orasida bo'yimodaron, ermon, andiz, isfarak,
itqo'noq, shirach, qo'ziquloq, oqquray, marmarak, partak,
beh, kakra va boshqalar bor (77-rasm).
Adir o'simliklariga xos xususiyatlardan yana biri shuki,
ulaming ko'pchiligi tuproqda chim hosil qiladi va uni turli
xil nurashdan (suv, yomg'ir, shamol eroziyasidan) saqlaydi.
0'zbekistondagi adirlarda asosan lalmi ekinlar (arpa,
bug'doy, no'xat), sug'oriladigan yerlarda esa mevali daraxtlar
(olma, nok, yong'oq, bodom, pista) va tok o'stiriladi.
Shuningdek, adirlarda chorva mollari ham boqiladi.
0'zbekistondagi tog'lar, asosan Tyan-Shan va Pomir-Oloy
tog' tizmalarida joylashgan. Boshqacha qilib aytganda,
tog'lar Farg'ona vodiysi atroflarida, Toshkent, Samarqand,
Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hududlaridan keng o'rin
olgan. Dengiz sathidan 1200-1600 metrdan 2700'2800
metrgacha baland bo'lgan joylar tog'larga kiradi.
Respublikamiz tog'lari o'simliklar turiga nihoyatda boy.
Tog'larda o'rmon hosil qiladigan daraxtlar bilan bir qatorda
o'tloqlar va butazorlar ham keng tarqalgan. Tog'lardagi
o'rmonlar o'sish sharoiti, ayniqsa o'simliklar tunning ko'pligi
jihatidan cho'ldagi o'rmonlardan keskin farq qiladi. Tog'
o'rmonlari, ayniqsa mevali daraxtlarga juda boy. U yerlarda
yong'oq, olma, tog'olcha, do'lana, bodom, qatrongi, nok
kabi mevali daraxtlar bilan bir qatorda archa, terak, qayin
va kamxastak kabi daraxtlar ham ko'plab uchraydi (78-rasm).
0 ?zbekistondagi tog'larda yong'oq va archadan tashkil topgan
o'rmonlar yaqqol ko'zga tashlanadi. Tog'lardagi o'rmonlaming
deyarli hammasida ko'plab butalar (namatak, uchqat, zirk,
tobulg'i, irg'ay), ko'p yillik va bir yillik o'tlar o'sadi.
Tog'larda chorva mollari boqiladi. 0'zbekiston tog'lari keng
istemol qilinadigan mevali daraxrtlaiga va boshqa foydali
(dorivor, oziq-ovqat) o'simliklarga nihoyatda boy. Eng yaxshi
oromgohlarimiz ham tog'larda joylashgan.
Tog' o'simliklari muhofazaga molik turlaiga {lola, shirach,
kovrak, piyozlar) boyligi bilan ajralib turadi.
Tog'laming eng yuqori qismida, yani dengiz sathidan
2700'2800 metr balandda yaylovlar joylashgan. Yaylovlarga
yozda mollar o'tlaydigan katta-katta tekisliklar va uning
yuqorisida joylashgan qorli cho'qqilar kiradi. Yaylovlardagi
o'simliklaming aksariyatini
ko'p yillik o'tlar tashkil
etadi. Bu yerda o'sadigan
butalaming bo'yi juda past
bo'ladi, chunki u yeming
havosi nihoyatda sovuq
bo'lib, qish-u yoz kuchli
shamol esib turadi. Shuning
uchun ham yaylovlarda
tog'lardagiga o'xshagan yirik
daraxtlar bo'lmaydi. Yaylovlarda yer bag'irlab
o'sadigan archa va irg'ay,
namatak, uchqat kabi past
bo'yli butalarni, toron,
shuvoq, sutlama, sug'uro't,
betaga, sanchiqo't, yunona
kabi ko'p yillik o'tlari,
yastiq hosil qilib o'sadigan kirpio't (qiziltikan) va zirako't
kabilami ko'plab uchratish mumkin (79-rasm).
Yaylovlardan asosan o'tloq va pichanzor sifatida
foydalaniladi.
Shunday qilib, 0'zbekistonda tarqalgan o'simliklar xilmaxil
bo'lib, turli mintaqa (cho'l, to'qay, adir, tog', yaylov)da
va sharoitda  aishga moslashgan