VI BOB 0'SIMLIKLAR VA ATROF-MUHIT


47-. 0'SIMLIKLAR DUNYOSIGA EKOLOGIK
OMILLARNING TA'SIRI

0'simliklarning hayoti tasnqi muhit bilan u zv iv bog'langan.
Tashqi muhitning o'simlik hayot faoliyatiga ta'sir etuvchi
ayrim tarkibiy qismiga ekologik omil deb ataladi. Ekologik
omillar yig'indisi o'z navbatida o'simliklarning yashash
sharoiti, ya'ni ulaming tashqi muhitini belgilab beradi.
Ekologik omillar abiotik va biotik guruhlarga ajratiladi. Abiotik
omillaiga o4,k tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Ulardan
eng muhimlari tuproq, harorat, suv, yorug'lik va havod r.
Biotik omillaiga tirik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Buhrga
bakteriyalar, zamburug'lar, hayvonlar va o'simliklar kiradi.
Tuproq o'simliklaming yashash muhiti hisoblanadi. Ulami
suv va mineral ozuqa moddalar bilan ta'minlaydi.
Yorug'lik va harorat ta'sirida o'simlikda fotosintez, nafas
olish, o'sish, urug'ning unishi va mevalaming pishishi kabi
muhim hayotiy jarayonlar sodir bo'ladi.
Suv o'simlik organizmi umumiy vaznining 60-90% ini
tashkil etadi. Sitoplazmadagi suvli muhitda o'simlik hujayrasining
asosiy hayotiy jarayonlari kuzatiladi. Suv oqimi
bilan ozuqa moddalarning harakati ham amalga oshadi.
O'simliklar suv bilan ta'minlanishiga ko'ra bir necha ekologik
guruhlarga bo'linadi.
Yorugiik yashil o'simliklar uchun juda zarur, chunki faqat
yorug'likda fotosintez jarayoni boradi. 0'simliklar yorug'likka
munosabatiga qarab, soyasevarlar, yorug'sevarlarga ajratiladi.
Havo gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, ular orasida
o'simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan kislorod va karbonat angidrid gazi bor. Karbonat angidrid fotosintez
jarayonida o'zlashtiriladi, kislorod esa nafas olish uchun zarur.
Shamol ham o'simliklaming suv bug'latishi, hamda ba'zi
o'simliklaming changlanishi, urug' va mevalarning tarqalishida
katta rol o'ynaydi.
0'simliklar hayotiga tirik organizmlar ham ta'sir etadi.
Tuproqdagi turli organizmlar, jumladan, bakteriyalar
tuproqda erkin yashab havo tarkibidagi azotni o'zlashtirib,
tuproq tarkibini unumdor qilishda, dukkakli oSimliklar
ildizida yashovchi tugunak bakteriyalar o'simliklami ozuqa
bilan ta'minlashda muhim o'rin egallaydi. Bundan tashqari
tuproqdagi mikroorganizmlar ta'sirida organik moddalar
parchalanadi. Parchalangan moddalami yashil o'simliklar
o'zlashtiradi.
0'simliklar bir-biriga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, yorug'sevar o'simliklar soyasevar o'simliklarga
sharoit yaratsa, zarpechak, devpechak, shumg'iya kabi parazit
o'simliklar ayrim yowoyi va madaniy o'simliklarning
rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Archa, qarag'ay, terak va boshqa o'simliklar o'zidan
uchuvchan moddalar (fitonsidlar) ajratib chiqaradi. Ajralgan
moddalar ko'pchilik zararli mikroorganizmlarni holdan
toydiradi va, hatto nobud qiladi.
0'rta Osiyo cho'llaridagi o'simliklar qoplamiga
yumronqoziq va qo'shoyoqlar katta talafot ko'rsatadi.
Cho'lning eng muhim o'simligi hisoblangan iloqning 60%
ini yumronqoziqlar yeb qo'yar ekan. Ma'lum bo'lishicha,
qo'shoyoq uyasidan qo'ng'irboshning 1240 g og'irlikdagi
piyozboshi zaxirasi topilgan.
Qushlar va ayrim sutemizuvchi hayvonlar danakli mevalarru
yeb ulaming urug'larini boshqa joylarga tarqatishga sababchi
bo'ladi. Hayvonlaming o'simliklarga ta'siri xilma-xil yo'llar
bilan namoyon bo'ladi. Shunday qilib, o'simliklar hayoti
tashqi muhitning ayrim ekologik omillari ta'sirida bo'ladi.
0'simliklar turlarining kamayishiga va yashash sharoitiga inson
bevosita ta'sir ko'rsatadi.