48-. 'SIMLIKLARGA ODAM FAOLIYATINING
TVSIRI

Odamlar x'jalik faoliyatida 0'simliklar dunyosiga
juda katta tasir etadi. Ulaming o'simliklarga tasirini ijobiy
va salbiy tasirlarga ajratish mumkin. Ijobiy tasirlarga katta
maydonlarda xilma-xil madaniy o'simliklami ekishi va yuqori
hosil olishi, o'rmonlami tiklash, ochiq joylarga daraxtlar
ekish, shahar va qishloqlami ko'kalamzorlashtirish kabilar
kiradi. Salbiy tasirlarga o'rmonlami kesish, o'simliklami
ildizi, tugunagi va ildizpoyasi bilan yig'ish va o'rish, mol
boqish, suv omborlari qurish, yangi yerlami o'zlashtirish,
tashqi muhitni zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi
kabilar kiradi.
Odamlaming o'simliklarga salbiy tasirlari natijasida Yer
yuz'da 0'simliklar qoplami qisqarib, turlar tarkibi kamayib
bormoqda. Malumotlarga qaraganda hoziigi vaqtda dunyoda
o'rmonlaming umumiy maydoni 50% ga qisqarib ketgan.
0'zbekiston o'rmon xojaligi fondi maydoni 9119 ming
gektar bo'Iib, uning o'rmon bilan qoplangan maydon 2776
ming gektami tashkil etadi. Tog' yonbag'irlai idagi
o'rmonlarni kesish ancha kuchaygan, shuning uchun
hukumatimiz tashabbusi bilan yog'ochbop terakzorlarni
ko'paytirish umumxalq harakati boshlab yuborildi.
Insonning suvdan noto'g'ri foydalanishi oqibatida Orol
dengizining sathi pasayib ketdi, natijada zaharli chiqindilar
bilan ifloslangan tuproq o'simliklarga salbiy tasir etmoqda.
Daryo bo'ylaridagi to'qaylar quriy boshladi. IlgaiiJ hosildor
o'tloq va pichanzorlaming mahsuldorligi keskin o'zsardi
0'rmonlar yong nlardan va suv bosishlardan ham katta
zarar ko'radi.
Turistlar ham o'rmonlarga katta ziyon yetkazadilar. Ular
chodir qurish uchun bir necha yosh daraxtlarni kesadilar.
Chorva mollarini bcto'xtov boqish oqibatida foydali o'tlar
kamayib, ular o'rnini chorvachilik uchun fovdasiz o'simlik
turlari egallamoqda, avniqsa tekisliklardagi o'tloqzorlarda
suniy suv omborlari qurilib, o'simJikJar qoplamiga katta
zarar keltirilmoqda.
Inson dorivor o'simliklardan keng foydalanadi. Hoz'rgi
davrda dorivor o'simliklarning 1500 dan ortiq turidan dunyo
miqyosida foydalaniladi. Kelajakda ularning turlari yana ham
ortadi. Shuning uchun ham bazi bir dorivor o'sim1iklar
doimjy ravishda yig'ili?hi natijasida ulaming zaxiralari kamayib
ketmoqda.
Shunday qilib, odamlarning o'simliklar dunyosiga tasiri
natijasida ko'pchilik o'simlikiar kamyob yoki yo'qolib borayotgan
turlarga aylanmoqda. 