49-. 0'SIMLIKLAR DUNYOSINI MUHOFAZA
QILISH

Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 55-modda.

Mustaqil Respublikamiz hukumal. muntazam ravishda
o'simiikIar dunyosini muhofaza qilish masalasiga etibor berib
kelmoqda.
Shu munosabat bilan tabiatni, shu jumladan, o'si.nliklar
dunyosini muhofaza qilish borasida respublikamizda qator
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublikamizda Tabiatni
muhofaza qilish qo'mitasi tashkil etildi. 0'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 26-dekabrda  simliklar
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi
qarorni tasdiqladi. Kamyob o'simliklarni asrab-avaylash
maqsauida hukumat qarorlari asosida 0'zbekiston RespubHkasining
Qizil kitob;ni nashr etish yo'lga qo'yildi. Bulaming
hammasi ona tabiatni va uning o'simliklar dunyosini
muhofaza qilishga qaratilgan. O'simliklar dunyosini muhofaza
qilish bilan bir qatorda ulardan oqilona foydalanish va
mahsuldorlikni oshirish, qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Shu jumladan, o'rmonlardan foydalanish va o'rmon
xo'jaliklari ishi ilmiy asosda yo'lga qo'yildi.
Yaylovlar O'zbekiston hududida 22,8 mln gektar maydonni
tashkil etadi. Hozirgi davrda o'tloqlardagi 700 ga yaqin
yowoyi o'simliklar o'rganilib, ulardan oqilona foydalanish
usullari ishlab chiqilmoqda. Bunda tabiiy o'tloclarning
hosildorl gini oshirish muhim \azifalardan biri hi.'ioblanaai.
Respublikamizda atrof muhitni zararli, zaharli va boshqa
ifloslantiruvchi moddalardan tozalovchi va atmosfera havosini
turli foydali moddalar (fitotsidlar) bilan boyituvchi
o'simllkiar o'rganila boshlandi. Natijada sanitar zonalar va
katta yo'llaming chetlariga ekiladigan o'simlik turlari aniqlandi.
Sayyoramizda biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida turli
mamlakatlarda odamlaming tabiatga salbiy tasirini cheklash
maqsadida maxsus muhofazaga olingan hududlar tashkil
etilgan. Hozirgi vaqtda ana shunday hududlarga respublikamizdagi
qo'riqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy
bog'lar va tabiat yodgorliklari kiradi.
Qo'riqxonalar - tabiiy holda tabiatning barcha tarkibiy
qismlari muhofaza qilinadigan maydon. Ulaming asosiy vazifasi
o'simlik va hayvonlaming ayrim turlari, hamjamoalari, ayniqsa
kam va yo'qolib borayotgan turlarni o'rganishga, ulami
muhofaza qilishga alohida etibor berishdan iborat.
Buyurtmaxonalar - tabiatning ayrim bir burchagidagi
hayvonlar yoki o'simliklar qoplami, ayrim o'simlik turlari
va boshqalar saqlanadigan joy. Masalan: ovchilik, baliqchilik,
o'rmonchilik va boshqa buyurtmaxonalar.
Milliy bog'lar - tabiiy landshaftlaming (noyob o'simliklar
va hayvonot turlari, o'ziga xos o'simliklar hamjamoalari)
muhofaza qilinadigan maydon. Milliy bog'lar qo'-
riqxonalardan farq qilib, ulardan aholi dam olish, sog'-
lomlashtirish va estetik zavq olish maqsadlarida foydalanadi.
Tabiat yodgorliklari - milliy, madaniy va tarixiy jihatdan
tabiatning ayrim qismlarini muhofaza qilish uchun tashkil
etiladi. Ularga ayrim asrdosh, kamyob daraxtlar, g'orliklar,
buloqlar, sharsharalar, tarixiy obidalar va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, hozirgi davrda insoniyat oldida biologik
xilma-xillikni saqlashdek muhim ekologik muammolar
vujudga keldi. Biologik xilma-xillikni saqlab qolishda maktab
o'quvchilari faol ishtirok etishlari lozim. Tevarak-atrofimizda
qanchalik yashil o'simliklar qoplami ko'p b o'lsa,
sayyoramizdagi hayot shunchalik go'zal, barqaror va abadiy
bo'ladi. 