5-. URUG'LANISH

Changchi va urug'chidagi jinsiy hujayralarning qo'shilish
jarayoni urug lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakd.r.
Shubhasiz chang nima, u qanday tuzilgan, degan savol
tugiladi. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang
donachalari yetiladi. Chang o'simliklaming turiga qarab
har xil shaklda va kattalikda boiadi. Uni zamonaviy
mikroskoplarda ko'rish mumkin (20-rasm). Har bir chang
donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu
hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy
(generativ) hujayra deb ataladi. Ulaming har birida sitoplazma
va mag'iz boiadi. Urug'chi tumshuqchasiga tushgan chang
turli o'simliklar, tumshuqcha yuzasining notekisligi va undan
ajralib chiqib turadigan ycpi ihqoq shira orqali ushlanib qoladi.
Ushlanib qolgan chang asta-sekin o'sa boshlaydi. Uning
vegetativ hujayrasi  sib, pzun va ingichka naycha hosil qiladi.
Ikkinchisi bo'linib, ikkita spcrma hosil qiladi. Chang navchasi
tez o'sib, urug'chidagi tumshuqcha, hamda ustuncha ichiga
kiradi va tuguncha tomon oVsadi. Chang naychalari turli tezlikda
o'sadi. Lekin shulardan faqat bittasi qolganlaridan o'zib ketib,
tuguncha ichidagi urug'kurtakkacha borib yetadi. Hosil boigan
ikkita sperma chang naychasi orqali urug'kurtakka borib, ichiga
kiradi. Shu vaqtning o'zida urug'kurtak ichida tuxum hujayra
va markaziy hujayralar yetilgan boiadi. Spermalardan biri
tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan
qo'shiladi. Bu jarayon gulli o'simlildarda urug lanish (qo sh
urugianish) deb ataladi (21-).
Urug'kurtakning urugiangan hujayralari ko'p maria boiina
boshlaydi. Urugiangan tuxum hujayradan murtak. urugiangan

markaziy hujayradan esa endosperma
rivojlanadi. Murtak
bilan endosperma birgalikda
urug' hosil qiladi. Shunday
qilib, qo'sh urug'lanishdan
so'ng urug'kurtak urug'ga
aylanadi. Uning po'stidan shu
urug'ni o'rab turadigan po'st,
tuguncha va gulning boshqa
qismlaridan esa meva hosil
boiadi.
Agar tugunchada faqat
bitta urug'kurtak boisa, u
urugiangandan keyin bir
urug'li meva rivojlanadi
(masalan, o'rik, olcha, gilos,
shaftoli). Bordi-yu, tugunchada
ko'p urug'kurtak
boisa, u holda chang naychalari ularga ko'plab o'sib
kiradi. Buning nalijasida bir nechta urug'li meva hosil boiadi
(masalan, lola va g'o'za).

Eng yirik gul. 1818-yili Sumatra oroliga borgan tadqiqotchilardan
doktor Jozef Arnold va Tomae Stafford RarTls
ilk bor dunyodagi eng yirik gulga duch kelishdi. Uning
1 m keladigan diametri, 5 sm qalinlikdagi gultojbarglari,
rangi, poyasi va bargining yo'qligi. qo'lansa hidi kuzatuvchilarda
katta qiziqish tug'diradi. Tekshirishlar bu gulni
boshqa o'simlikning uzun po'stlog'i orasiga kirib olib, uning
shirasi hisobiga vashashini ko'rsatdi. 0 'simlik uni topgan
olimlarning nomi bilan - Raffleziya Arnoldi deb ataladi
(22-rasm).

Eng kichik gul. Yer yuL dagi eng kichik gul Volfiya gulidir.
Uning kattaligi ignaning uchidek keladi.

