50-. 0'ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING QIZIL
KITOBIGA KIRITILGAN 0'SIMLIKLAR

Tabiatni, shu jumladan uning ajralmas qismi o'simliklar
dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning eng muhim
muammolaridan biriga aylandi.
Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaho
o'simliklarini muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga
aylanmog'i lozim. Biz faqat foydali o'simliklamigina emas,
0'zbekiston hududida o'sayotgan har bir turni asrabavaylashimiz
va ulami kelgusi avlodlarga hozirgisidan ham
a'lo darajada in'om etishimiz kerak.
Ha, sir emas, insonning salbiy ta'siri natijasida o'simlik
qoplamlari va turlarining soni tobora kamayib ketdi.
Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo'qolib
va kamayib borayotgan turlami muhofaza qilish maqsadida
maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda 0'zbekiston
Respublikasining Qizil kitobi ta'sis etildi.
Hech shubxasiz, Qizil kitob nima, unga qanday o'simliklar
kiritiladi va unda kamyob o'simliklar uchun qanday
ma'lumotlar beriladi degan savollar tug'iladi. Qizil kitobga kiritilgan har bir o'simlik uning xavf ostida
turganligidan dalolat beruvchi tashvishli signaldir. Qizil
kitobning mohiyati shundaki, u nabotot olamining kamyob,
yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal
ma'lumotlar beruvchi hujjat hamdir. Qizil kitobning vazifasi
jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi
muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab
qolishga ko'maklashishdan iborat.
0'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o'simlik
turlari Tabiatni muhoiaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan
ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan 4 ta guruhga
ajratildi
1. Yo'qolgan yoki yo'qolish arafasidagi turlar. 2. Yo'qolib
borayotgan turlar. 3. Kamyob turlar 4. Kamayib borayotgan
turlar.
Albatta, vaqt o'tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar
biridan ikkinchisiga o'tishi mumkin.
Qizil kitobn'. tuzishda asosan O'zRFA Botanika ilmiy
bhlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq
gerbariylardan va Ro^siya FA Botanika institutidagi
gerbariylardan hamda shu institutlardagi ilmiy manbalardan
foydalanildi.
1984-yili nashr etilgan 0'zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga 163 tur o'simlik kiritilgan bo'lsa, uning 1998-yili
chop etilgan ikkinchi nashriga 301 tur o'simlik kiritildi
(80-rasm). Shunday qilib, keyingi yillarda olib borilgan
lzlanishlar o'lkamiz florasida yana 138 o'simlik turini Qizil
kitobga kiritish mumkinligini ko'rsatdi (81-rasm).
Qizil kitobning o'zbek va rus tillarida yozilgan ikkinchi
nashriga kiritilgan har bir turning o'zbekcha, ruscha va lotincha
(ilmiy) nomlari, kamyoblik darajasi, qisqacha botanik tavsifi,
tarqalishi, o'sish sharoiti, tabiatdagi soni,
ko'payishi, o'simlikning kamayib ketish
sabablari, madaniylashtirilishi, muhofaza
choralari, ilmiy manbalar, tarqalishini ko'rsatuvchi
xarita va o'simlikning rasmi berilgan. Qizil kitobga kmtilgan
turlar Respublikada bir
xilda tarqalmagan.
Qoraqalpog'iston Respublikasida
- 11, Andijon
- 4, Buxoro - 24,
Jizzax-21, Navoiy-13,
Namangan-12, Samarqand
- 45, Surxondaryo
- 112, Sirdaryo -
2, Toshkent -80, Farg'
ona - 28, Qashqadaryo -59.
Keltirilgan raqamlardan ko'nnib turibdiki, kamyob turlarga
boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent (80) va
Qashqadaryo (59) viloyatlari oldingi o'rinda turadi. Ta'kidlash
joizki kamyob turlaming aksariyat qismi tog'li hududlarda
tarqalgan.
Turlarga boyligiga ko'ra burchoqdoshlar (60 tur),
qoqio'tdoshlar (50 tur), yalpizdoshlar (23 tur) oilalari
alohida o'rinda turadi.