IX BOB MANZARALI 0'SIMLIKLAR

51-. OCHIQ YERLARDA O'STIRILADIGAN
MANZARALI 0'SIMLIKLAR

0'zbekistonda gulni sevmaydigan, uni e'zozlab ekib
o'stirmaydigan va undan zavqlanmaydigan odam boMmasa
kerak, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ochiq yerlarda (tashqarida)
o'stiriladigan gullarning tur va navlari nihoyatda ko'p Ular
yil sayin yangilari hisobiga boyib bormoqda.
Manzarali o'simliklar deganda faqat gullari ochiladigan
o'simliklar emas, shox-shabbasi, bargi va hatto mevalari
bilan ziynat, ko'rk va estetik zavq baxsh etuvchi, gullari
ko'rinmas o'simliklar (asosan daraxt va butalar) ham
tushuniladi.
Mai izarali daraxtlar orasida gul va barglarining jozibadorligi
bilan aj*ahb turuvchi magnoliya, lola daraxti, kashtan, shoyi
akatsiya (albitsiya) kabilar bor. Guli korimsiz, lekin quyuq
soya beruvchi salobatli daraxtlarga, chinor, eman, ' terak,
qayrag och, zarang, oq qayin va lipa kabi o simliklar misol
boiadi. Igna barg'i daraxtlar (archa, sosna, qarag'ay, sarv)
esa qishin-yozm yam-yashil bo'lib turishi va  zidan shifobaxsh
efir moylari (fitonsidlar) chiqanshi bilan ajralib turadi.
Manzarali o'simliklar orasida guli, bargi va shox-shabbalari
b lan chiroy baxsh etuvchi ko'plab butalarni uchratish
mumkin. Bularga atirgul, nastarin, shamshod, yapon noki,
tobulgi, budleya, buldenej, gortenziya, sallagul (butasi),
suriya gibiskusi, farzitsiyalar kiradi.
Turlari va navlarining ko'pligi jihatidan bir va ko'p yillik
gullar alohida o'rinni egallaydi. Ko'p yillik gulli
o'simliklaming o'zi ham bir necha guruhlarga (piyozboshli,
ildizpoyali, tugunakli, ko'p yillik o4 va b.) bo'linadi.
Ko'p yillik o'tlarga floks, xrizantema, nizomgul, chinnigul,
duragay gibiskus, kartoshkagul, sallagullar kiradi. Ular
biologik xususiyatiga ko'ra har xil vaqtda gullaydi. Masalan,
sallagul bahorda, floks yozda. xrizantema kuzda ochiladi
(83-rasm).
Piyozli va ildizpoyali (tugunakli)
gullarga lola, gladiolus, giatsint, nargis
kiradi. Ko'pchilik piyozboshli gullar
bahor oylarida ochiladi.
Bir yillik gullar son jihatidan gullar
orasida birinchi o'rinda turadi. Manzarali
o'simliklar orasida boshqa narsalarga
ilashib o'sadigan bir yillik (karnaygul)
va ko'p yillik (sarsabit) o'tlar hamda 
tekoma, glitsiniya, kaprifolga o'xshash
lianalar bor.
Gullami ekib o'stirishda ularning biologik xususiyatlariga
jiddiy ahamiyat beriladi. Juda ko'p manzarali o'simliklar
quyosh nuri yaxshi tushadigan, sernam va unumdor
tuproqlarda yaxshi o'sib gullaydi va meva (urug') beradi.
0'zbekistonda o'sadigan gul va manzarali 0'simliklar urug'i,
qalamchasi va ildizpoyalaridan ko'payadi. Jumladan, aksariyat
bir yillik gullar va ko pgina daraxtlar (eman, kashtan, archa)
urug'idan, atirgullarning qirqog'ayni va ba'z boshqa navlari
qalamchasidan ko'payadi. Lekin urug'idan o'stirilgan
na'matakka payvand qilib ko'paytiriladiganlari nihoyatda ko'p.
Piyozboshli lola, nargis, gladiolus gullari, piyozchalari,
xrizantema ildizpoyasi, kartoshkagul va shoyigullar ildizpoya
yoki tugunaklarini bo'lib ekish yo'li bilan ko'paytiriladi.