52-. XONA 0'SIMLIKLARI

Xonalarda o'sib turgan xilma-xil o'simliklami siz uyingizda,
maktab, kinoteatr, zavod, fabrika, kasalxona, bolalar
bog'chalarida, jamoat binolarida ko'p ko'rgansiz. Xona
o'simliklari turli maqsadlarda, shu jumladan, xushmanzara
va dorivor o'simlik sifatida ko'proq ekiladi. Lekin bular orasida
mevasi uchun ekiladigan limon, apelsin kabi o'simliklar
ham kam emas. Xona o'simliklaridan ayniqsa aloe bilan
kolonxoelar dorivor o'simlik sifatida juda keng tarqalgan.
Bugina emas, xona o'simliklari havoni tozalaydi va xonaga
chiroy baxsh etadi.
Xona o'simliklari qayerdan, qachon va qanday yo'llar bilan
0'zbekistonga olib kelingan, degan savolning tug'ilishi
tabiiydir. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, xalqimiz qadim
zamonlardanoq xona o'simliklarini bilishga va o'stirishga harakat
qilgan. Buxoro, Samarqand va Urganch kabi ko'hna shaharlardagi
yirik binolarning ichki devorlarida,
Alisher Navoiyning Xamsasiga va Zahiriddin Boburning
mashhur asarlariga ishlangan miniatyuralarda gul tuvaklarda
turgan o'simliklami eslatuvchi tasvirlami ko'rish mumkin.
Abu Rayhon Beruniyning Kitob As-Saydana fit-t-tib
asarida xonalarda o'sadigan bazi o'simliklaming dorivorlik
xususiyati haqida malumotlar berilgan. Demak, ko'pgina
o'simliklar chet el safaridan qaytayotgan savdogarlar
tomonidan olib kelingan. Bunday safarlar, ayniqsa Buyuk Ipak
Yo'li bo'ylab keng amalga oshirilgan. Shuningdek, ziyorat
uchun Makkaga piyoda va ulovda borib, kelishda ham olib
kelingan. Lekin xona o'simliklarining aksariyat qismi davlat
tasarrufidagi Botanika bog'lari orqali ommalashtirilgan.
'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng chet ellarga
chiq .;h keng yoiga qo'yildi. Natijada safardan qaytayotgan
sayyohlar (gul shinavandalari) o'zlari bilan ko'plab xona
o*simliklarini olib keia boshladilar.
Xona o'simliklanning juda ko'pchiligi Osiyo, Afrika va
Amerika qitasida ioylashga.i tropik va subtropik mamlakatlardan
olib kel lgrin. Bu o'simliklarr ing
ko'pchiligi o'z vatanida ochiq
havoda o'sadi. Masalan, kaktuslar
(84-rasm), fikuslar, palmalar va
boshqalar. Yana bir muhim tomoni
shundaki, vatanida daraxt yoki yirik
buta bo'lib o'sadigan o'simliklar
bizning sharoitda past bo'yli buta
shaklida o'sadi. Xonalarda o'sadigan manzarali o'simliklarning
ko'pchiligini ko'p yillik ildizpoyali, tugunakli va piyozboshli
o'simliklar tashkil etadi. Olib borilgan izlanishlar natijasida
0'zbekistonda tarqalgan o'simliklaming 80 dan ortiq oila,
160 dan ziyod turkumga mansub 300 ga yaqin turlari borligi
aniqlandi. Bular 0'zbekistonda iqlim va tuproq sharoitiga
qarab har xil tarqalgan. Toshkent, Farg'ona, Namangan va
Surxondaryo viloyatlari turlarga boyligi jihatidan oldingi
o'rinda turadi. Xonadonlarda tarqalishiga ko'ra kaktuslar birinchi
o'rindadir. Begoniya (85-rasm), sarsabil, qirqquloq (paporotnik),
fikus, binafsha, aloe kabi turkumlaming vakillari
boshqalariga qaraganda nihoyatda keng tarqalgan.
Xona o'simliklari turli yo'llar bilan ko'paytiriladi. Bulardan
begoniya, yorongul, fikus, kameliya, oleandr qalamchalari,
aloe, sansevara, tradeskansiya tupini bo'lib, lola va liliyalar
esa piyozboshidan ko'paytiriladi. Shuni
ham aytish kerakki, xona o'simliklarining
ko'pchilik qismi umg'idan
ko'paytiriladi.
Xona o'simliklarining yana bir
muhim xususiyati shundaki, ular
misolida boshqa davlat va qitalarda
qanday o'simliklar tarqalganligini bilib
olish mumkin.
Ziynatliligiga qarab xona o'simliklari
bargi ziynatli, osi ib tumvchi (ampel),
ilashuvchi, chirmashuvchi, shoxshabbasi
ziynatli va mevasi ziynatli 
o'simliklarga boiinadi. Xona o'simliklarini ekishda, ularni ko'paytirishda ehtiyot
bo'lish loz'm. Chunki, ular oras.da zaharlilari (masalan,
oleandr) ham bo'lishi mumkin.