II BOB MEVA VA URUG'LAR

6-. MEVALAR

Gulli (yopiq urugii) o'simliklarda urugianishdan keyin
meva hosil boiadi. Meva asosan urug'chi tugunchasidan hosil
boiadi. Mevalar o'simliklaming turiga qarab, turli shaklda va
kattalikda boiadi. Lekin ular qanchalik xilma-xil boimasin,
ma'lum tasnif asosida o'rganiladi.
Mevaning hosil boiishida urug'chidan tashqari, gulning
boshqa qismlari ham ishtirok
etadi. Masalan, gulqo'rg'on,
gulo'mi va boshqalar. ^ ^ i
Mevalar asosan ikki xil bo'-
ladi: 1. Agar u tugunchaning
o'zidan hosil boisa chin meva
(o'rik, olcha, shaftoli, olxo'ri, Q B 4
gilos) deyiladi (23-rasm).
2. Agar mevaning shakllanishida
tugunchadan tashqari, gulning 
boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday mevalar soxta
meva (olma, nok, behi) deyiladi (24-rasm).
Meva, birinchidan, urug' pishib yetilguncha uni
tashqi ta'sirdan himoyalab turadi. Ikkinchidan, urug'ning
tarqalishiga yordam beradi.
Meva asosan 3 qismdan: 1) ustki qism - po'st; 2) o'rta
qism - meva eti; 3) ichki qism - mag'
izdan tashkil topgan.
Mevalaming oraliq qismi seret va
qalin boisa, bunday mevalar ho'l
meva deyiladi (o'rik, shaftoli, olcha).
Agar oraliq qismi yupqa, etsiz,
quruq boisa, bunday mevalar quruq
meva deyiladi. Masalan, no'xat,
mosh, loviya, bodom, yong'oq, pista 
(25-rasm).

H o i mevalar orasida rezavor mevalar juda ko'p. Ularga
shinnligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari,
pomidor, qoraqat. ituzum kabilar kiradi (26-rasm).
Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va
bodringning eii rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin va
usti qattiq po'st bilan o'ralgan, shuning uchun ular qovoq
mevalarga kiradi (27-rasm).
Bogiarimizdan keng o'rin olgan va qattiq danagi, sersuv
eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba'zan
ikkitadan) mag'izi bilan ajralib turadigan
ho'l mevalar: o'rik, olxo'ri, olcha, gilos
kabilar danakli mevalardir. Bular inson
salomatligi uchun zarur boigan foydali
moddalarga va darmondorilarga boy
b o iad i. Ular orasida, ayniqsa o 'rik
shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga
boiinadi. Chatnamaydiganlarga
donlar kiradi. Don mevali
o'simliklarga bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori
kabilar misol boiadi. Chatnaydigan
mevalarga qo'zoq, qo'zoqcha,
dukkaklar, ko'saklar kiradi. Bularning
urugi pishgach chokidan ochiladi (chatnaydi).
Masalan, mosh, loviya, turp,
rediska, jag'-jag' va boshqalar.

Ko'sak mevalar bir
nechta mevabargdan tashkil
topgan. Urug' pishgandan
keyin chokidan
ochiladi. G'o'za, lola,
bangidevona, chuchmoma
\a boychechakning mevasi ko'sak mevaga kiradi (28-rasm)-
No'xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiva dukkak
mevali o'simliklardir. Dukkak chetlari bir-biriga qo'shilib
kotgan meva baigchalardan iborat. Meva yetilgan vaqtda
ikki pallaga ajraladi. Har bir pallaga ichki tomondan urug'-
lar yopishib turadi (29-rasm). Pallalar orasida to siq
boimaydi.

Raram, qurttana, rediska, turp kabi
o'simliklaming mevasi dukkakka o'xshasada,
lekin orasida to'sig'i borligi
bilan ulardan farq qiladi. Bunday mevalar
qo'zoq va qo'zoqcha deyiladi (30-rasm).
Ayrim (zarang, qayrag'och va shumtolga
o'xshash) manzarali daraxtlaming
30-rasm: /-qo'zoq; mevasi qanotchali bo'ladi. Shuning uchun
2-qo'zoqcha. ular qanotchali meva deyiladi (31-rasm).
Ayniqsa, bahorda terakning urug'chi
tuplari mevasi pishgan vaqtda undan ajralib chiqqan paxta
bilan o'ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir
tutam tuklan yordamida mevasi uchib yuradi. Bunday mevalar
uchma meva deyiladi.
Terak allergiya kasalligiga duchor qiladi, shuning uchun
uni ekmaslik kerak degan fikr ham mavjud, bundan xoli
bo lish uchun terak xalqimiz sevib stiradigan yog'ochbop
daraxt ekanligini e'tiborga olib, ur (mevasi uchmasligi
uchun) urug'chili emas, balki changchili qalamchalardan
ko'paytirish kerak.