8-. IKKI VA BIR URUG'PALLALI
0 'SIMLIKLARNING URUG'LARI

Ikki urug'pallali o'simliklar

ning urug'ida ikkita urug'palla
va murtak joylashgan. Murtak ildizcha, poyacha va ikkita
kichik bargchadan tashkil topgan. Shunday qilib, ikkita
urug'pallaga ega bo'lgan o 'simliklar ikki urug'pallali
olsimliklar deyiladi.
0'zbekistonda ikki urug'pallali madaniy o'simliklar orasida
eng keng tarqalgani g'o'za hisoblanadi. G'o'zaning chigiti
(urug'i) (33-rasm) ustidan qalin yog'ochsimon qobiq bilan
o'ralgan. Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, yani tolalar
joylashgan. Yog'ochsimon qobiq ostida oq \a yupqa po'st.
uning ostida esa qat-qat bo'lib joylashgan umgbpallalar va
murtak o'mashgan.
Ikki urug'pallali o'simliklar urug'lari ver yiiziga ikkita
urug'palla bargi bilan chiqadi.

Bir urug'pallali o'sim!iklar

ning urug'i ikki urug'pallali
o'simliklarnikidan keskin farq qiladi. Bir urug'pallali
o'simliklarning urug'i bitta urug'palla, murtakdagi boshlang'ich
ildizcha, poyacha va kurtakchadan tashkil topgan.
Ularga bug'doy, arpa, suli, makkajo'xori kabi o'simliklar
kiradi. Bir urug'pallali o'simliklaming urugM yer yuziga
bitta urug'palla bargi bilan unib chiqadi.
Yer yuzida eng ko'p tarqalgan bir urug'pallali o'simliklardan
biri bug'doydir. Bug'doyning urug'i (doni) cho'ziq
shaklda (34-rasm). Uning sirti yupqa sariq po'st bilan
qoplangan. Bu po st qo'shilib o'sgan ikkita qobiqdan iborat.
Tashqisi meva qobigi, ichkisi esa urug' po'sti hisoblanadi.
Bug'doy, arpa. javdar, suli, sholi, makkajo'xori kabi
o simliklaming urug'i don deb yuritiladi. Bugldoy donining
ichki tuzilbhini ko rish uchun uni ivitib, so'ng uzunasiga
(bo'yiga) kesish kerak. Kesikda urug'ning asosida joylashgan
murtakni ko'rish mumkin. Murtak boshlang'ich ildizcha,
poyacha va kurtakchadan iborat. Bug'doyning bitta urug'pallasi
murtakni endospermadan ajratib turadi. Murtakdagi bu
qismlarni oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Urunning
aksariyat qismi endosperma - oziq moddalar to plamini
tashkil etuvclii hujayralardan iborat.

