VII BOB YERDA 0'SIMLIKLAR
DUNYOSIN1NG RIVOJLANISHI

Olimlaming aniqlashicha, bundan uch yarim milliard yil
oldin Yer yuzining juda ko'p qismi suv tubida bo'lgan. Ana
shu suv ichida birinchi bo'lib, eng sodda tirik mavjudotlar
vujudga kelgan. Ana shu dastlabki tirik mavjudotlardan
qadimgi bir hujayrali organizmlar vujudga kelgan. Ulaming
ba'zilari rangsiz bo'lib, zamonaviy bakteriyalarga o'xshab
ketgan. Ba'zilarida esa vaqt o'tishi bilan xlorofill vujudga
kelib, hozirgi bir hujayrali suvo'tlarga o'xshab qolgan.
Ular asta-sekin murakkablashib borib, bir hujayrali suvo'tlardan
ko'p hujayrali suvo'tlarga aylangan. Bundan 570'
510 million yillar oldin Yer yuzida suvo'tlar yashnagan va
hukmronlik qilgan (82-rasm).
Dengiz chekingan sayin suvo'tlaming ko'pchiligi
quruqlikka chiqib qolgan. Ba'zi suvo'tlar dengizning
sayozlashgan joylarida, keyinchalik esa dengiz sohilidagi
semam joylarda yashashga moslashib borgan. Bular dengiz
sohilidagi semam tuproqda o'sa boshlagan va suvdan quruqlikka
chiqqan dastlabki quruqlik o'simliklari hisoblangan. Bunga
misol qilib, 1859-yilda Kanadadan topilgan psilofit, 1912-
yilda Shotlandiyadan topilgan riniya, 1937-yilda Buyuk
Britaniyadan topilgan kuksoniyalarni ko'rsatish mumkin.
Ularda ildiz va barglar bo'lmagan, shoxlagan poya va shoxlar
uchida sporangiylari bo'lgan. Ulaming bo'yi 50'70 sm,
poyasining yo'g'onligi esa 5'10 sm ga yetgan.
Bu o'simliklar million yillar
davomida quruqlikda yashashga
moslashib borgan va ularda asta-sekin
ildiz va baiglar paydo bo'lgan.
Bundan 400'230 million yillar
awal, dastlabki quruqlikka chiqqan
o'simliklardan yo'sinlar va qirqquloqsimonlar
paydo bo'lgan.
Ayniqsa, qirqquloqsimonlarning
o'sishi va rivojlanishi uchun qulay
sharoit vujudga kelgan. Bu davrda bo'yi 25'30 m, yo'g'oiiligi
1 ' 1,5 m keladigan daraxtsimon qirqbo'g'imlar va daraxtsimon
qirqquloqlar paydo bo'lgan. Shu davrning oxirlarida
qirqquloqlaming urug' hosil qiladigan vakillari vujudga kelgan.
Bundan 200 million yillar ilgari urug'li qirqquloqlardan
ochiq urug'li o'simliklar paydo bo'lgan.
Yangi, murakkab hayot sharoiti qirqquloqsimonlar uchun
noqulay bo'lib, ulaming ayrimlari yo'qola boshlaydi. Ulaming
ko'pchiligi, ayniqsa daraxt va buta shaklidagilari yo'qolib ketgan.
Ulaming qoldiqlarini faqat qazilma holida uchratish mumkin.
Qirqquloqsimonlaming o'mini sekin-asta quruq iqlimga > axsh
moslashgan ochiq urug'li o'simliklar egallay boshlagan.
Bundan 140 million yillar ilgari, urug'li qirqquloqlaming
shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan yopiq urug'li
o'simliklar paydo bo'lgan.
Iqlim tobora quruqlashib borishi bilan urug'li qirqquloqlaming
qolgan vakillari va ular bilan birgalikda qadimgi
ochiq urug'li 0'simliklar ham asta-sekin yo'qola boshlagan.
Ochiq urug'li o'simliklaming bizgacha yetib kelgan qarag'ay,
qoraqarag'ay, archa kabi vakillari namlik biroz ko'proq
tushadigan shimoldagi o'rmon zonasida va baland tog'larda
saqlanib qolgan.
Ayniqsa, Bo'r davridan boshlab yopiq urug'li 0'simliklar
nihoyatda tezlik bilan ko'payib Yer yuzini egallay boshlagan.
Yopiq urug'li (gulli) o'simliklaming chiqib kelishi haqida
olimlar orasida turlicha dunyoqarashlar va fikrlar mavjud.
Gulli 0'simliklar qayerda, qachon va qaysi o'simliklardan
kelib chiqqan degan savollar hozir ham ko'pchilikni qiziqtiradi.
Bir qator ilmiy asarlarda gulli 0'simliklar sporali
yuksak o'simliklardan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor.
Gulli o'simliklar hozir qazilma holda uchraydigan o'simliklardan
kelib chiqqan degan fikmi ko'pchilik quwatlaydi.
Bunday qazilma o'simliklardan biri Yevropa va  zbekistondan
(Xisor tizmalaridan) topilgan ochiq urug'li o'simliklar
bo'limiga oid bennettit turkumiga mansub o'simliklardir.
Gulli o'simliklar Bo'r davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoda
paydo bo'lib, u yerdan boshqa joylarga larqalgan, degan
g'oyalar ilmiy asarlardan chuqur o'rin olgan. 0'rta Osiyo, shu jumladan 0'zbekistonning ayniqsa gulli
o'simliklari o'tmishdagi Tetis nomli dengizning janubida va
shimolida joylashgan floralardan hamda mahalliy floradan kelib
chiqqan. Boshqacha qilib aytganda, dengiz suvi qurigandan
so'ng janubdagi va shimoldagi floralar uning o'mini egallay
boshlagan.
Akademik A.L. Taxtadjyan o'simliklarning gul tuzilishiga
qarab magnoliya turkumiga kiruvchi turlarga eng sodda gul
tuzilishiga ega bo'lgan o'simliklar deb qaraydi. Hozirgi paytda
Yer yuzida yuksak o'simliklarning 300 000 turi tarqalgan.
Bularga yuksak sporali, ochiq urug'li hamda yopiq urug'li
0'simliklar kiradi. Ochiq urug'li o'simliklarning 700 turi,
yopiq urug'li turlaming esa 250 ming turi borligi aniqlangan.
Yopiq urug'li o'simliklar boiimi 2 ta katta sinf (ikki
urug'pallali va bir urug'pallali)ga b o'lin ad i. Ikki
urug pallalilardan bir urug'pallalilar kelib chiqqan.
Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda ekiladigan
madaniy o'simliklarning aksariyat qismini yopiq urug'li
o'simliklar tashkil etadi. Bunday o'simliklar chet ellarda ham
ko'plab ekiladi.