VIII BOB 0'ZBEKISTONDA BOTANIKA
FANINING RIVOJLANISH TARIXI

0'rta Osiyo hududidagi o'simliklami o'rganish juda qadim
zamonlardan boshlangan. 0'rta Osiyo, jumladan, 0'zbekiston
o'simliklariga oid malumotlami bundan bir necha yuz yillar
ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida
uchratamiz. Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) tabobatga
bag'ishlangan Kitob As-Saydana fit-tibb nomli asarida,
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning Kitob al qonun fittibb
 va Kitob ush-shifo nomli asarlarida Turkistonda
o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni tavsiflab, ulaming
shifobaxsh xususiyatlarini ko'rsatgan.
Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini
o'rganishga bag'ishlagan ms olimi B.F. Fedchenko (1872-
1947) onasi O.A. Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916-
yillar ichida 6 msmli Turkiston florasining ro'yxati deb
nomlangan kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida
4111 turdagi o'simlik borligini ko'rsatgan.
0'rta Osiyo hududida o'sadigan o'simliklami har taraflama
ilmiy asosda o'rganish (botanika ilmi) 0'rta Osiyoda, jumladan
'zbekistonda, XX asming 20-yillaridan boshlandi.
20-yillarda 0'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi
0'zbekiston Milliy universiteti), 40-yillarda esa 0'zbekiston
Fanlar Akademiyasi va uning tarkibida Botanika instituti
tashkil topdi. Bu muassasalarda xizmat qilgan olimlar
o'simliklami ilmiy asosda o'rganish uchun 0'rta Osiyo bo'ylab
ekspeditsiyalar uvushtirishdi. Ana shu to'plangan kolleksiyalar
negizida 0'zbekiston markaziy gerbariysi tashkil qilindi.
Bu gerbari\da bir milliondan ortiq nusxadagi 10000 dan
ortiq o'simlik turlari saqlanadi. Gerbariyda saqlanayotgan
o'simlik nusxalarini o rganish va dalada olib borilgan
kuzatishlar asosida, 1941 - 1962-yillarda 0'zbekiston Fanlar
akademiyasining Botanika instituti 6 jildlik  zbekiston
florasi >ni chop etdi.
A.I. Vvedenskiy (1898-1971) rahbarligida yaraiilgan bu
asar  zbekiston hududida o'sayotgan 138 oiaga oid 4230 o'simlik turi haqida to'liq malumot beradi.
1963-1993-yillarda O'zbekiston sistematiklari
tomonidan 10 jildlik 0'rta Osiyo
oLsimliklari aniqlagichi yaratildi. Mazkur
asar 0'rta Osiyo hududida tabiiy holda
o'sadigan 125 oila, 1151 turkumga mansub
8094 turn1 o'z ichiga oladi.
Vatanimizdagi 0'simliklar dunyosini
(qoplamini) aks ettiruvchi 5 jildlik  zbekistonda
o'simliklar qoplami nomli
monografiya nashr etildi.
0'zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga taniqli
olimlardan, akademiklardan Q.Z. Zokirov (1903-1992),
Y.P. Korovin (1891-1963), A.M. Muzaffarov (1909-1997),
J.K. Saidov (1909-1999), professorlardan M.G. Popov
(1893-1955). 1.1. Granitov (1900-1981), M.M. Orifxonova
(1911-1974), A.U. Usmonov, S.S. Sahobiddinov, P.Q. Zokirov
va boshqalar juda katta hissa qo'shgan.
0'rta Osiyo, shu jumladan, 0'zbekistonda
qadimgi geologik davrlarda o'sib, so'ng
toshga aylangan o'simliklaming yog'ochi
(tana, poya), meva, urug' va changlari
asosida  zbekiston paleobotanikasi nomli
3 jildli asar nashr etildi.
Institut zambunig'shunos (mikolog)lari
0'zbekistonda tarqalgan zamburug'larni
o'rganishga katta hissa qo'shdi. Natijada
O'zbekiston zamburug'lari florasi nomli
A.M Mu affarov 8 tomli monografiya o'quvchilarga havola
etildi.
So'nggi yillarda institutda ayniqsa cho'l o'simliklarini
o'rganishga katta e tibor berila boshladi. Dastlabki
tadqiqotlaming natijasi sifaiida 2 jildli Cho'l o'simiiklari
ekologiyasi nomli asar yuzaga keldi.
Botanika IICHM ning eng katta tarkibiy qismi hisoblangan
akad. F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog'ida chet ellardan
turli yo'llar bilan olib kelingan bir necha ming tur
o'simlikning 0'zbekiston (Toshkent) sharoitida o'sishi va
moslashishiga oid juda katta hajmdagi ilm  ishlar qiLIndi.  Ko'p yillik izlanishlar natijasida ko'p tomli 0'zbekiston
dendrologiyasi nashr etildi.
Bulardan tashqari, institut xodimlari tomonidan ayrim
o'simlik oilalari va turkumlariga, o'simlik qoplamlari va turli
foydali o'simliklarga bag'ishlangan yirik monografiya va
turkumlar yaratildi.
Institutda tabiat muhofazasiga katta etibor berilmoqda.
Botaniklaming mehnati tufayli yo'qolib borayotgan o'simliklardan
305 turni o'z ichiga olgan 0'zbekiston Respublikasining
Qizil kitobi o'zbek, rus va ingliz tillarida
chop etildi (2006).
Shunday qilib, 0'zbekistonda botanika fani taraqqiyotiga
0'zFA Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimlari
va boshqalar o'zlarining munosib hissalarini qo'shmoqdalar.
0'simlik hayot manbai deb bejiz aytilmagan. Tabiatda
keraksiz o'simlik yo'q. Lekin ichki sirlari puxta o'rganilmay
yechimini kutayotgan o'simliklar ko'p. Ular ustida juda ajoyib
tadqiqotlar olib borish mumkin. Shuning uchun kelajakda
o'simliklar bilan shug'ullanishni unutmang!