1-. Qadimgi tarix  sivilizatsiyaning boshlanishi 

Qadimgi tarixni o`rganish 

Siz endilikda insoniyat qadimgi
tarixini tadqiq etish ustida turli ixtisosdagi olimlar ishlayotganini
yaxshi bilasiz. Arxeologlar qadim o`tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Qadimgi
odamlarning qoldiqlari (skelet va
boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib
ko`rgan antropologlar ularning tashqi ko`rinishini qaytadan
yaratishga, ming yillar davomida
kishilarning tashqi qiyofasida ro`y
bergan o`zgarishlarni nazardan
o`tkazishga harakat qiladilar. Etnograflar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi
odamlarning saqlanib qolgan
ko`pgina udumlari, xo`jalik va
madaniyat an'analarini o`rganadilar. Lingvistlar, ya'ni tilshunoslar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo`sinda
shakllanganini tushunib yetish
maqsadida qadimgi tillarni tadqiq
etadilar. 

Qadimgi tarix bo`yicha manbalar 

O`lkamizning eng qadimgi tarixini biz
qayerdan bilamiz? Axir, o`sha uzoq
zamonlarda yozuv bo`lmagan-ku?!
O`lkamiz eng qadimgi tarixining keng
o`rganilgan manbalari
qadimshunoslar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari,
s'opol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-
ziynat buyumlari, xullas, qadimda
inson qo`li bilan yaratilgan hamma
narsalar shular jumlasiga kiradi. Yozma manbalar topilishi bilan
olimlarga qadim mingyilliklar tarixini
tiklash osonlashdi. O`rta Osiyo tarixi
bo`yicha eng qadimgi manba
zardushtiylarning muqaddas kitobi
"Avesto"dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari - Baqtriya, So`g`diyona, Xorazm aholisi madaniyati to`g`risida hikoya qilinadi. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir
yozma manba Behistun qoyalari yozuvlaridir. Behistun qoyalari
Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug`iga ko`ra qoyaga o`yib
yozilgan uch til  qadimgi fors, elam
va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt
etgan mamlakat va xalqlar, shu
jumladan, Xorazm, So`g`diyona,
Baqtriya davlatlari sanab o`tiladi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi
yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, to`qqiz
kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi.
Unda o`lkamizning qadimgi aholisi
to`g`risida batafsil ma'lumot beriladi. Miloddan avvalgi I asr oxirlarida
qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon "Geografiya" nomli asarida ko`plab mamlakatlar xalqlari
madaniyati va tarixiy voqealar haqida
ma'lumotlar keltiradi. Miloddan avvalgi II asr oxiri  I asr
boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Syan "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan. U yurtimizning qadimgi
aholisi va davlatlari to`g`risida ham
ma'lumot beradi. Qadimiy shahar xarobalari Gerodot - qadimgi yunon tarixchisi Sopol lavhadagi yozuv. Mixxat Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" nomli asar yozgan.
Makedoniyalik Aleksandrning O`rta
Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi
ma'lumotlarni milodiy II asrda
yashagan yunon tarixchisi Arrian ham ancha to`ldiradi. U "Aleksandrning
harbiy yurishlari" deb nomlangan asar
yozgan. Eslab qoling! 5-4 ming yillar avval o`lkamiz aholisi Qadimgi Sharqning
turli hududlari bilan madaniy aloqada
bo`lganlar. Ushbu manbalar, shuningdek,
keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar
tufayli olimlar yurtimizning qadimiy
tarixini tiklashga muvaffaq bo`ldilar. 

O`zbekiston va jahon sivilizatsiyasi 

O`zbekiston geografik jihatdan
qadimdan O`rta Osiyo deb atalmish
hudud tarkibiga kiradi. O`zbekiston
ancha katta hududni egallagan.
Amudaryo va Sirdaryo oralig`i,
Farg`ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi, o`zining
serhosilligi va issiq iqlimi tufayli
insoniyatning eng qadimgi
makonlaridan biriga aylangan. Qulay
geografik mintaqada
joylashganligidan Sharq va G`arb mamlakatlarini bog`lab turgan. Bunda
O`zbekistonning barcha yirik
shaharlari orqali o`tgan Buyuk Ipak
yo`lining ahamiyati nihoyatda katta
bo`lgan. O`zbekiston kishilik
madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda
mahalliy aholi bir necha yuz
mingyilliklar davomida yashagan.
Miloddan avvalgi VIV asrlarda
yunonlar yurtimizning aholisi,
viloyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo`lganlar. O`rta Osiyoning ikki yirik
daryosi  Amudaryo va Sirdaryo,
Hindikush, Pomir va Tyan Shan
tog`laridan boshlanuvchi tezoqar
daryo suvlari bilan to`lib dengiz tomon
quyilgan. Daryolar vohalari bo`ylab muhim savdo yo`llari o`tgan. Bundan 5-4 ming yillar avval
O`zbekistonning qadimgi aholisi bilan
Qadimgi Sharq elatlari o`rtasida keng
madaniy aloqalar boshlangan. Ko`hna
qadamjolarni qazish chog`ida
arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari
tomonidan tayyorlangan sopol va
metall idishlar, zargarlik buyumlarini
topishgan. Miloddan avvalgi 1- ming yillikda,
Sharqda qadimgi yirik saltanatlar
gullab-yashnagan davrda madaniy
aloqalar yanada kuchaydi. Turli yozma
va arxeologik manbalarda bu qadim
xalqlarning hunarmandchiligi, me'morchiligi va qishloq xo`jaligi
sohalarida namoyon boiganligi qayd
etilgan. Eslab qoling! Tosh davrining bosqichlari: - paleolit, - mezolit, - neolit,
- eneolit 

Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish 

Jahondagi barcha xalqlar ibtidoiy
jamoa tuzumini boshdan kechirgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi  insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari
umumiy bo`lgan, hamma baravar
ishlagan bir davridir. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich
kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida
qadimgi odamlarning katta jamoasini
mujassam etgan edi. Ibtidoiy to`da  turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng
qadimgi odamlar jamoasidir. Eng qadimgi to`da asta-sekin bo`linib
ketdi, qarindoshlarning alohida
uyushmasiga  urug` jamoasiga
aylana bordi. Urug`  birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat
qurollari va qurol-yarog`larga ega
bo`lgan qarindoshlar jamoasidir. Dastlabki urug` jamoalari ayol kishi,
ya'ni ona tevaragida jipslasha
boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu
bosqich ona urug`i davri  matriarxat deb ataladi. Matriarxateng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo`lib,
qarindoshlik munosabatlari ona
tomonga qarab belgilanib, urug` va
oila boshlig`i ayol kishi bo`lgan. Ancha keyinroq, mehnat qurollari va
xo`jalik yuritish shakllari
takomillashgani sayin jamoadagi
yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak
kishiga o`ta boshladi, endi erkak kishi
urug`ga sardor bo`lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug`chilik tuzumi
ham nihoyasiga yetdi. Patriarxat  insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak
kishi jamiyat hayotida yetakchi
mavqega ega bo`lib, qarindoshlik
munosabatlari ham ota tomonga
qarab belgilangan. Eng qadimgi odamlar dastlabki
mehnat qurollarini toshdan yasagani
tufayli arxeologlar insoniyat tarixi
ibtidosini "tosh davri" deb atashadi.
Tosh davri ancha uzoq davom etgan
va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, 

jumladan:  qadimgi tosh davri  paleolit (yunoncha "paleos"  "qadimgi" va
"litos"  "tosh" so`zlaridan);  o`rta tosh davri 

 mezolit ("mezos"  "o`rta"); 

 yangi tosh davri  neolit ("neos"  "yangi"); 

 mis-tosh davri  eneolit (lotincha "eneus"  "mis" va yunoncha
"litos" "tosh" so`zlaridan). 

Eslab qoling! OLDUVAY?mil.avv. 3-2 mln. Yil PALEOLIT?ilk?mil.avv. 1 mln.-100 ming yil.                         ?orta?mil.avv. 100-40 ming yil.                         ?songgi?mil.avv. 40-12 ming yil. 1 Odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan Sharqiy
Afrikadagi Olduvay darasi (Tanzaniya). 

TAYANCH KONSPEKT mehnat qurollari moddiy ashyoviy manbalar
taqinchoqlar                                                qurol-
aslahalar 

tarixiy manbalar                                    Avesto yozma manbalar                     Behistun
yozuvlari Gerodot, Strabon Sim Syan Kvint Kursiy Ruf Arrian ?  arxeologlar ?  antropologlar ?  etnograflar ?  lingvistlar ?  paleolit ? mezolit ? neolit ? eneolit          ? matriarxat ? patriarxat 82.145.209.108          
