18-. Xitoyning qadimgi
sivilizatsiyalari
Xitoyda sivilizatsiya kurtaklari 

Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi
kabi Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo`ylarida miloddan avvalgi
3-2- mingyilliklarda kurtak yoya
boshladi. Qadimgi Xitoy davlati
Xuanxe daryosining o`rta oqimida
vujudga keladi (xitoycha "Xuanxe"
 "Sariq daryo" ma'nosini anglatadi). Eslab qoling! Xitoyda ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi
daryolari bo`ylarida mil. avv. 3-2-
mingyilliklarda vujudga kelgan
Xitoyliklar "beqarordaryo", "minglab ofatlar daryosi" deb ham ta'riflagan Xuanxe o`zanini tez-tez
o`zgartirib turardi. O`rtacha har ikki-
uch yilda bir marotaba kuchli va
sertalofot suv toshqinlari bo`lib
o`tardi. Odamlar bu toshqinlardan
tepalik joylarda jon saqlab qolishardi. Miloddan avvalgi 3- mingyillikda
Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo
bo`la boshladi. Mil. avv. 2- mingyillik
o`rtalarida ittifoq-shaharlar yagona
davlatga birlashdi, bu davlat nomi
ham uning bosh shahri nomi kabi "Shan" deb atalgan. Mil. avv. 2- mingyillik oxirida Shanga qo`shni
chjou qabilasi bostirib kiradi, uning
hukmdori Shan yerlarini o`zinikiga
qo`shib oldi va "Chjou" degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi
bois hukmdorlar uni "Zafaryor" yoki "O`rta podsholik" deb, o`zlarini esa "Osmon o`g`illari" deb atashadi.
Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat
tarkibiga kirgan edi. 

Aholining mashg`ulotlari 

Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli
va faxrli kasb hisoblab kelingan.
Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va
bug`doy bo`lgan. Keyinchalik
xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar,
sholi urug`i Hindistondan keltirilgan. Sholi yetishtirish oson ish emas. Urug`
sochilishi oldidan dala ho`kiz
qo`shilgan omoch bilan shudgor
qilinadi. Shudgordan keyin tishlari
kalta-kalta og`ir borona bilan dala
tekislanadi. Sholi urug`i oldindan namlab qo`yNgani tufayli tez ko`kara
boshlaydi. Ko`kargan urug` ko`chati
yerga o`tqaziladi. Ekiladigan dala
ko`llatib sug`oriladi, ko`chat bo`yi 20
 25 santimetr bo`lganida dalalarga
o`tqaziladi. Sholipoya 510 santimetr qalinlikda ko`llatib
sug`oriladi. Taxminan 100 kundan
keyin sholi pishib yetiladi, hosilni
yig`ishtirib olgandan keyin
yog`ochdan yasalgan zanjirlar bilan
yanchiladi. 

Qadimgi Xitoy 

Xitoy aholisi keyinchalik "choy"
daraxtini ham yetishtira boshladi,
uning barglaridan shifobaxsh
ichimlik bo`lmish "choy" tayyorlanadi.
Choy tez orada butun jahonga
tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy
aholisining asosiy mashg`ulotlaridan
biri bo`lgan. Tut bargi bilan ipak qurti
boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga
tolalami o`raydi, pilladan esa
nihoyatda yengil va tiniq mato bo`lmish ipak tayyorlanadi. 

"Xitoy ko`p podsholiklar" davrida 

Miloddan avvalgi VIIIVII asrlarda
Chjou davlatida markaziy hokimiyat
zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar
noyiblari podsho hokimiyatidan ozod
bo`lishga intilar edilar. Xitoyga
ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalanib qolgan
chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib,
o`z davlatini tashkil eta boshladi. Shu
taxlit, miloddan avvalgi VIIV
asrlardagi katta davr tarixda " ko`p podsholiklar" davri nomini olgan. Xitoyda ayni mahalda
"kurashayotgan podsholiklar " davri ham boshlanadi. "Zafaryor" - imperiyaning oliy hukmdorlari bilan
ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari
o`rtasida boshlangan urushlar 200
yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr
Sin davlati hukmdori o`zining barcha
raqiblarini yo`q qilib tashlab, miloddan avvalgi III asrda yagona
davlat tuzishi bilan yakunlandi. 

Tayanch konspekt          mil. avv. 32- mingyilliklar  Xitoyda sivilizatsiyaning vujudga
kelishi          Xuanxe  "beqaror daryo", "minglab ofatlar daryosi"          mil. avv. 2- mingyillik  Shan, Chjou davlatlari          dehqonchilik  sholi - choy - ipakchilik          mil. avv. VII V asrlar  "ko`p podsholiklar davri"          mil. avv. III asr- Sin davlatining paydo bo`lishi
