19-. Miloddan avvalgi III
milodiy II asrlarda Xitoy
Markazlashgan davlatning tashkil
topishi 

Xitoyni yagona davlatga birlashtirish
jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri
bo`lmish Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori
raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o`z
hokimiyati ostida birlashtirdi.
Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246-210- yillar)
nomini qabul qilgan, bu nom
"Sinning birinchi hukmdori' degan ma'noni bildiradi. O`z davlati hududini
36 viloyatga taqsimlagan hukmdor
har biriga imperator noiblarini rahbar
etib tayinladi.
Aslida qattiqqo`l bo`lgan Sin
Shixuandi o`z raqiblarini shafqatsizlarcha qirib tashladi, Uning
hukmronligi davrida Xitoy gullab-
yashnadi: dehqonchilik,
hunarmandchilik va savdo-sotiq
rivojlandi.
Sin Shixuandi hali ko`zi tirikligidayoq o`ziga atab maqbara qurishga farmon
bergandi. Hashamati va bezaklari
jihatidan bu maqbara Misr
piramidalari bilan bellasha oladi.
Maqbarani 720 ming odam 37 yil
mobaynida bunyod etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr
maydonni egallagan. Sin Shixuandi
qabridan imperatorni "qo`riqlash"
uchun o`rnatilgan 6 mingta sopol
askarlar haykallari ham topilgan. Sin Shixuandi - markazlashgan Xitoy
hukmdori; Askarlarning sopol
haykallari. Sin Shixuandi maqbarasi
qazishmalari.; Xan sulolasining hukm
dori - U-Di; Seysmograf 

Buyuk Xitoy devori 

Sin Shixuandi hukmronligi davrida
Xitoyda ko`chmanchi xunnlarning
ahyon-ahyondagi hujumlaridan
himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi.
Devorning balandligi 12 metr,
kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb
4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim
zamonlarda dushman qo`shinlari
uchun jiddiy to`siq bo`lib xizmat qilgan, negaki otliq qo`shinlar undan
oshib o`ta olmas, qal'alarni shturm
bilan zabt etishni esa ko`chmanchilar
hali uddalay olishmasdi.
Podsho va amaldorlar yuz minglab
dehqonlarni devor qurilishida tekindan tekin ishlab berishga majbur
qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar,
cho`kichlar va zambilg`altaklar
yordamida barpo etadilar. O`sha
kezlar dehqon oilasida o`g`il bola tu
g`ilishi musibat o`rnida ko`rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir
devor qurilishiga jo`natardilar, u
yoqdan tirik qaytib kelish esa
hammaga ham nasib etavermasdi.
Minglab qullar va asirlar devor
qurilishidagi haddan tashqari og`ir mehnatdan halok bo`lishdi. O`lib
qolganlarni shu yerning o`zida
ko`tarmalarga ko`mib yuborishardi. Eslab qoling! Xitoyda Sin Shixuandi davrida ko`chmanchi xunnlarning
hujumlaridan himoyalanish uchun
Buyuk devorni bunyod etish
boshlangan. Eslab qoling! Mil.avv. 206- yilda Sin sulolasi hukmdoriga qarshi
qo`zg`olon yuz bergan. 

Xitoyda xalq qo`zg`olonlari 

Mil. avv. 206- yilda Sin sulolasiga
qarshi dehqonlar qo`zg`oloni
alangalanib ketdi. Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi.
Qo`zg`olonchilar poytaxtni egallab
oldilar. Imperiya vayronalarida Xan sulolasi boshchiligida yangi davlat bar
po etildi. Bu sulola davlati imperator U-Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-87- yillar) eng qudratli davlatga
aylangan va mil. 220- yilga qadar
mavjud bo`lgan edi.
Sharqdagi boshqa davlatlardagi kabi
Xitoyda ham mavjud yerlar
hukmdorniki hisoblanar, aholi natural soliqlar to`lar, turli mehnat
majburiyatlarini bajarar edi. Zo`r
mehnat evaziga yetishtirilgan hosil
ko`pincha dehqonning o`ziga nasib
etavermasdi. Hosil yig`ishtirilganidan
keyin amaldorlar va qorovullar kelar edi. Bordi-yu, dehqon soliqlarni
vaqtida to`lay olmasa yoki qarzni
qaytarib bera olmasa, qarzlari evaziga
o`z bolalaridan birini berib yuborar
edi. Tushgan pulga esa u oilaning
qolgan a'zolarini yangi hosil yig`imigacha boqib turish imkoniga
ega bo`lardi.
Og`ir ahvoldan norozilik tariqasida
keyinchalik dehqonlar qo`zg`o
lonlariga aylanib ketuvchi
uyushmagan g`alayonlar vujudga kelardi. Ulardan biri "qizil qoshlilar qo`zg`oloni" nomini olgandi, chunki qo`zg`olon ko`targanlar o`z
odamlarini chalkashtirib qo`ymaslik
uchun qoshlarini qizil rangga bo`yab
olgan edilar.
"Sariq ro`mollilar qo`zg`oloni" II asrdagi eng yirik isyon bo`ldi. Bu qo`z
g`olonga yaxshi tayyorgarlik
ko`rilgan, qo`zg`olon ko`targanlar
orasida harbiy san'at bilimdonlari
ham bo`lgan. Qo`zg`olon butun
mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va
durust harbiy ta'lim ko`rgan
qo`shinlarigina uni bostirishning
uddasidan chiqdi. Biroq xalq
qo`zg`olonlari mamlakatning boshqa
viloyatlarida davom etaverdi. Xunnlar hujumlari zo`rayishi bilan davlat ham
kuchsizlanib qoldi, milodiy IV asrda
Xitoy imperiyasi uchta podsholikka
parchalanib ketdi. 

Qadimgi Xitoy madaniyati 

Qadimgi Xitoyda butun boshli
so`zlarni ifodalagan iyeroglif yozuvi
mavjud bo`lgan. Avvaliga xitoyliklar
bambukka yozishgan. Xitoyliklar
bambukni uzun-uzun taxtachalarga
bo`laklab, uchi o`tkirlangan yog`och tayoqcha bilan ularga iyerogliflarni
daraxt sharbatidan tayyorlangan
siyoh bilan yozishardi. Ingichka va
uzun taxtachalarga faqat ustun
tariqasida yozish imkoni bo`lgan,
shuning uchun ham yuqoridan pastga qarab yozish shakli
keyinchalik saqlanib qoldi. Bambuk
taxtachalarining yuqori qismida
teshik parmalanib, ularni bir dasta
qilib bog`lashgan. Bambuk
taxtachalar bog`lami ayni mahalda eng qadimgi xitoy kitoblari ham edi.
Bundan 2,5 ming yil muqaddam
bambuk o`rnida ipakdan
foydalanishga o`tildi. Ipakka
tayoqcha bilan emas, mo`yqalam
bilan yozilar edi. Endi kitob uzun ipak parchasiga o`xshar, uni o`rama
tarzida tayoqchaga o`rashar edi.
Miloddan avvalgi I asrda qog`oz ixtiro
qilindi. Eslab qoling! Qadimgi xitoyliklar tomonidan qog`oz, kompas va
zilzilani oldindan aytib beruvchi
seysmograf ixtiro qilingan.
Xitoyliklarning eng ajoyib
ixtirolaridan biri kompas bo`lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan
uzun dastali kattakon qoshiqni
eslataredi. Bu moslamani kataklarga
ajratilgan zarhallangan yog`ochga
o`rnatishgan, uning dastasi esa
hammavaqt janubni ko`rsatgan. Xitoyliklar kompasdan tegishli
ishlarda, quruqlik va dengizda
foydalanishgan.
Xitoyda zilzilani oldindan aytib
beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan edi. Xitoy olimlari tarix,
astronomiya va tibbiyotga oid
ko`plab asarlar yaratishgan. Eslab qoling! Xitoyliklar bundan ikki ming besh yuz yil muqaddam
shoyidan yozuv maqsadlarida
foydalana boshladilar. 

Tayanch konspekt ?  Sin Shixuandi - Sin davlatining hukmdori ?  Buyuk Xitoy devorining qurilishi
?  xalq qo`zg`olonlari:
 mil. avv. 206- yil  Lyu Ban
 "qizilqoshlilar qo`zg`oloni"
 milodiy II asr  "sariq ro`mollilar
qo`zg`oloni" ?  ixtirolar: iyerogliflar, qog`oz, kompas, seysmograf
