20-. O`zbekiston hududidagi ilk
davlatlar
Qadimgi aholining etnik tarkibi va
hududiy joylashuvi 

Yozma manbalarning guvohlik
berishicha, miloddan avvalgi VIIVI
asrlarda O`zbekiston hududida so`g`diylar, baqtriyaliklar , xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va
Qashqadaryo vohasida dehqonchilik
bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi
istiqomat qilgan. Yozma manbalarda
bu hudud So`g`da ("Avesto"da), So`g`uda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf
asarlarida So`g`diyona deb nomlangan. Bu hududda
yashaydigan aholi so`g`diylar deb
atalgan. Eslab qoling! So`g`d-Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida, Xorazm Amudaryoning quyi qismida, Baqtriya Surxondaryo vodiysi, shimoliy Afg`oniston va janubiy
Tojikiston hududlarida joylashgan.
Amudaryoning quyi oqimida
yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklar bo`lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
So`g`diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vohasi, Afg`onistonning
shimoliy, Tojikistonning janubiy
hududlarida joylashgan. Yozma
manbalarda u Baxdi ("Avesto"da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
Cho`llar va Amudaryo bo`ylarida
ko`chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. O`rta Osiyoning tog`lik,
dasht va cho`l yerlarida asosiy
mashg`uloti chorvachilik bo`lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o`z yerlarini
boshqa qabilalar hujumidan himoya
qilish uchun harbiy qabila ittifoqini
tuzadilar. 

O`rta Osiyo va Qadimgi Sharq 

Qadimgi yunon-rim tarixchilarining
yozishlaricha, saklar uch guruhga
bo`lingan. Ularning ko`pchilik qismi saka-tigra-xauda, ya'ni o`tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar
deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent
viloyati va Janubiy Qozog`iston
yerlarida yashaganlar.
Ikkinchi guruh saka-tiay- taradarayya , ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb
atalgan. Ular Orol dengizi bo`ylarida,
Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi
nomi Yaksart) quyi oqimida
yashaganlar.
Pomirning tog`li tumanlarida va Farg`onada saka-xau -movarka deb ataluvchi saklar yashashgan. 

Mil. avv. VIIVI asrlarda
iqtisodiyot rivoji 

Xorazm, So`g`diyona va Baqtriya
aholisining asosiy mashg`uloti o`sha
vaqtda sun'iy sug`orishga
asoslangan dehqonchilik edi. Jamiyat
hayotida hunarmandchilik va
savdoning ham o`rni katta bo`lgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli
kulolchilik idishlari, temir va bronza
buyumlari topilgan.
Ko`chmanchi sak va massaget
elatlarining asosiy mashg`uloti
chorvachilik bo`lib, ularning tuya, ot va qo`y-echkilardan iborat katta-
katta suruvlari bo`lgan.
Hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar,
chodirlar tikib, g`alla va mevaga
ayirboshlaganlar. O`rta Osiyo xalqlari
Sharq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo`lganlar. Shu
tariqa O`rta Osiyoning o`troq va
ko`chmanchi aholisi o`rtasida o`zaro
savdo ayirboshlash bo`lgan.
Hunarmandchilik va savdoning
rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VIIVI asrlarda qadimgi
shaharlar rivojlangan. Ular
mustahkam mudofaa devorlari bilan
o`ralgan bo`lib, hunarmandchilik
ishlab chiqarishi va savdo markazlari
edi. Eslab qoling! Qiziltepa, Yerqo`rg`on, Uzunqir va Afrosiyob O`zbekiston
hududidagi eng qadimiy shaharlar
hisoblanadi. 

Mil.avv.VIIVI asrlarda qadimgi
shahar madaniyati 

Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo`rg`on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi ), Ko`zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy
shaharlarni o`rganishgan.
O`zbekistonning bunday qadimiy
shaharlari qanday ko`rinishga ega
bo`lgan?
Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari
bilan o`ralganligidir. Shaharda hokim
yashaydigan qal'a bo`lgan. Qal'ada
xom g`ishtdan qurilgan katta saroy
joylashgan. Shaharlarning bir guruhi
savdo va hunarmandchilik markazlari bo`lsa, boshqalari alohida tuman va
viloyatlar markazlari hisoblangan.
Masalan, ilk Qiziltepa shahri
mustahkam mudofaa devorlari bilan
o`ralib, devor suv to`ldirilgan xandaq
bilan ihotalangan. Devorning gumbazlari va o`q otish uchun
maxsus shinaklari ham bo`lgan.
Shahar ichkarisida turar joylar va
hunarmandchilik ustaxonalari
joylashgan. 

Qadimgi davlatlar 

Miloddan avvalgi VII asrda tashkil
topgan Qadimgi Baqtriya davlati O`rta
Osiyo hududida qadimgi davlatlardan
biri sanaladi.
Marg`iyona va So`g`diyona ham
Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo`lgan. Shuning uchun u
qadimda bir-biriga qarindosh bo`lgan
elatlarning davlat birlashmasi
deyilgan. Miloddan avvalgi VIIVI
asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo,
Zarafshon vohalari va O`zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi
Baqtriya davlati ta'sirida bo`lgan.
Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo`rg`on va
Afrosiyob o`rnida Baqtriya va
So`g`dning markaziy shaharlari
joylashgan. Bu shaharlar O`zbekiston hududida eng qadimgilari bo`lib,
ularning yoshi 2700 yildan kam
emas.
Yana bir qadimiy davlat Xorazm
hududida tashkil topgan. Bu davlat
Xorazmdan tashqarida bo`lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi
Xorazm markazlaridan biri Ko`zaliqir
shahri bo`lgan. U qalin va mustahkam
mudofaa devorlari bilan o`ralgan.
Uning dehqonchilik bilan mashg`ul
bo`lgan aholisi turli xil uy- qo`rg`onlarda va qishloqlarda
yashagan. Qadimgi Xorazmda
hunarmandchilik, binokorlik va
savdo-sotiq yuksak darajada
rivojlangan.
Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug`i
o`zga yurtlarga ham tarqalgan edi.
Shaharlarda savdo-sotiq rivojlangan.
Xorazmliklar mohir quruvchi,
hunarmand va dehqon bo`lganlar. 

Eslab qoling! Afrosiyob - hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasi
hududlarida mil. avv. VIII-VII
asrlarda asos solingan qadimiy
shahar. Bu yerda Samarqandning
qadimiy qismi joylashgan. Qadimiy
shahar qo`rg`onlari, turar-joylarining xarobalari hozirgi kunga qadar
saqlanib qolgan.
Shunday qilib, miloddan avvalgi IX
VIII asrlarda O`zbekiston hududida
ilk temir asriga o`tish. boshlangan.
Miloddan avvalgi VIIVI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud
bo`lgan. Shaharlarda
hunarmandchilik, savdo taraqqiy
etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari
bilan madaniy aloqalar o`rnatilgan.
Qadimgi davrda O`zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti
mahalliy aholining yuqori darajada
rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan
edi. 

Tayanch konspekt          mil. avv. VII-VI asrlar - so`g`dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, saklar,
massagetlar          So`g`da  So`g`uda  So`g`diyona          Xvarizam  Xvarazmish  Xorasmiya          Baxdi  Baqtirish  Baqtriana (Baqtriya)          Amudaryo (Oks)  massagetlar, saklar          mil. avv. VII asr  Qadimiy Baqtriya davlati  Qiziltepa,
Yerqo`rg`on, Uzunqir, Afrosiyob          Xorazm - Ko`zaliqir 82.145.
