24-25-. Qadimgi Yunoniston
ravnaqi
Yunon shaharlari 

Miloddan avvalgi IXVII asrlarda
dehqonchilik va hunarmandchilik
rivoj topishi bilan manzilgohlar va
shaharlar soni ham ortib boradi.
Yunon shaharlarining ko`pchiligi bir
qancha manzilgohlar birlashishi yo`li bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar
va ularning tevaragidajoylashgan
qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga
keltiradi. Afina va Sparta davlatlari eng yiriklari bo`lgan.
"Polis" deb atalgan barcha shahar- davlatlar o`z armiyasiga ega bo`lgan
(yunoncha "polis" so`zi "shahar"
ma'nosini anglatadi). Polislar bir-
birlari bilan teztez jang qilib turar,
shuning uchun ham askarlarga ta'lim-
tarbiya berish va durust qurollantirishga intilar edi.
Armiyaning asosini og`ir qurollangan
askarlar  goplitlar tashkil etgan. Ularto`rtburchak shaklini yuzaga
keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan
qatorlar bilan jang qilishgan.
Jangovar safga shu tariqa tizilish esa falanga deb atalgan. Mabodo oldinda borayotgan goplit o`ldirilsa, uning
ortida turgan jangchi halok bo`lgan
askar o`rnini egallagan. Askarlar
qilichlar va nayzalar bilan 
qurollangan, ularni bronza va teridan
yasalgan ko`krak sovuti va teri qoplangan yog`ochdan yasalgan
qalqon himoya qilar edi. Boshni esa
bronzadan yasalgan qattiq dubulg`a
muhofaza qilgan. Eslab qoling! Afina va Sparta davlatlari Qadimgi Yunonistonning
eng yirik shahar-davlatlari edi. Afina davlati O`rta Yunonistonning janubi sharqiy
qismida tog`lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.
avv. 2-mingyillikda Attikaning g`arbiy
qismida yunonlar "Akropof, ya'ni "Yuqori shahar" deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol
tevaragiga odamlar ko`chib kelib
o`rnasha boshladilar, shu tariqa Afina
shahri dunyoga keldi.
Attika aholisi uch katta guruhga
bo`lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo`lgan
erkaklargina Afina fuqarosi bo`la olar
edi. Afina davlati fuqarosi bo`lish
nafaqatfaxrli, qolaversa foydali edi,
negaki miloddan avvalgi V asrdan
boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to`lana boshladi. Eslab qoling! Attika aholisi uch katta guruhga bo`lingan edi, jumladan:
qullar, ajnabiylar (meteklar) va
fuqarolar.
Faqat fuqarolar barcha huquqlardan
foydalanardilar. Fuqarolar
shuningdek og`ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi
ishlardan ozod qilingan edilar. Forslar
ustidan g`alaba qozonilganidan keyin
quldorlar qullar hayotini qadrlamay
qo`yishdi, chunki ular shu qadar
ko`payib ketganki, arzimas pulga sotilar edi.
Kumush konlari mahsuloti va tuz
qazib olish Afina davlatiga katta
daromad keltirar edi. Bundan
tashqari, Afina dengiz ittifoqi
mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topdi. Afinaning
asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga minglab
qullar va xilma-xil tovarlar keltirilar
edi. Afina bandargohida; Palestrdagi
ta'lim; Disk uloqtiruvchi. Haykaltarosh
Miron Eslab qoling! Yunon haykaltaroshlari haykallarorqali har bir o`spirinkuchJi,
jismonan baquvvat va o`z vatanini
himoya qilishga tayyor bo`lishi
losimligini ifodalaganlar.
Afina dengiz ittifoqi g`aznasi Afina
shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o`z ixtiyoriga
ko`ra foydalanar edi. 

Afinada ta'lim 

Afinada davlat maktablari bo`lmagan.
Ota-onalar o`z bolalarini o`qitish
uchun pedagogga haq to`lashar edi
(yunonchadan "pedagog" so`zi "bolani yo`lda kuzatib boruvchi " ma'nosini anglatadi). Qonun bo`yicha
faqat o`g`il bolalar uchun ta'lim olish
majburiy edi.
Yetti yoshdan boshlab bolalarga
yozuv va hisob o`rgatilgan. Metall
tayoqcha  stil bilan mum surkalgan taxtachalarga harflarni yozishardi.
Aksariyat fuqarolar uchun ta'lim
shundangina iborat edi. Puldor ota-
onalarning farzandlari esa
paiestrlarda tahsilni davom
ettirishardi. Palestrda adabiyot o`qitilar, she'r yozish va musiqa
o`rgatilar edi.
O`g`il bolalar 14 yoshdan gimnastika
bilan shug`ullanardilar. Ayni mahalda
ularga kurash, nayza va disk
uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash hamda yugurish ham
o`rgatilardi. O`spirinlar, shuningdek,
mushtlashuvjanglari, harbiy ishlarva
otda saltyurishni o`rganishgan.
Paiestrlarda mashhur haykaltaroshlar
ishlagan haykallar turgan. Masalan, palestrlardan birida Mironning
"Diskobol" (Disk uloqtiruvchi) va Polikletning "Nayzabardor" degan haykallari o`rnatilgan. Haykal
vositasida yigit kishi qanday bo`lishi
 kuchli, jismonan barkamol va o`z
vatani himoyasiga shay turishi
kerakligi uqtirilgan.
Afinada oliy ma'lumot beradigan o`quv yurtlari ham bo`lgan. Ammo,
ularda faqat o`ta boy ota-onalarning
farzandlarigina o`qish imkoniyatiga
ega bo`lishgan. Bunday ta'lim
muassasalarida astronomiya,
geometriya, geografiya, tarix o`qitilardi. Ta'lim olish muddati 3  4
yil davom etgan. Ana shundan keyin
davlat ishlarida ma'lum bir lavozimni
egallash imkoniyati vujudga kelgan. Periek kulollar ish ustida; Ilotlar hosil
yig`imida; Spartalik jangchi;
Yunonlarning
Qora dengiz sohillariga joylashishi;
Xersones shahridagi ibodatxona
ustunlari Sparta Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy
Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular
mahalliy qabilalarni bo`ysundirib,
Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta
eng yirik yunon davlatlaridan biriga
aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan
mahalliy aholi - ilotlar ham aslida yunonlar bo`lib, ular bilan bir tilda
so`zlashar edi.
Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda
qullar soni uncha ko`p bo`lmagan
Afinadan farqli o`laroq Spartada
qulga aylantirilgan aholi ko`pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan
qattiq nafratlanar edi. Bunday
sharoitda o`z hukmronligini faqat
kuch bilan saqlab qolish mumkin
bo`lgan. Shuning uchun ham
spartaliklar o`z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: jumladan,
hamma amal qilishi lozim bo`lgan
qat'iy intizom, aniq-raso
rejalashtirilgan turmush tarzi hamda
yengilganlarga qarshi shafqatsiz
bo`lish. Sparta urushga tayyorgarlik
ko`rayotgan bir shaharga o`xshab
qolgan. Ajnabiylar Spartaga
kiritilmagan. Savdo-sotiq sust
rivojlangan, san'at asarlari, chiroyli
ibodatxonalar va turar joy binolari ham yo`q edi. Hamma uylar bir-biriga
o`xshash edi. Spartada faylasuflar
ham, rassomlar ham, olimlar ham
yo`q edi. Eslab qoling! Spartaliklar tomonidan asoratga solingan tub aholi ilotlar
yunonlardan iborat bo`lgan. Ulardan
tashqari Spartada fuqarolikka tola
ega bo`lmagan - perieklar ham
yashaganlar.
Ilotlar mamlakat bo`ylab joylashgan kichik-kichik qishloqlarda yashar
edilar. Ular alohida spartaliklarni
emas, balki butun boshli davlatning
mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida
spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar,
chorvani boqar va boshqa ko`plab majburiyatlarni bajarar edilar.
Spartaliklar esa faqat jangchi edilar.
Ular dehqonchilik bilan ham,
chorvachilik bilan ham
shug`ullanmas, qurolni hech qachon
qo`ldan qo`ymasdilar. Ilotlardan tashqari, Spartada to`la-
to`kis huquqlarga ega bo`lmagan
fuqarolar  periyeklar ham yashardi. Ular shaxsan ozod kishilar
bo`lsa-da, Xalq kengashida ishtirok
eta olmas, armiyada xizmat qilolmas
edilar.
Qadimgi Spartada kuchli va chidamli
odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan.
Boshidan mustaqillikka o`rgatish
maqsadida ularni deyarli
boqishmasdi. Bolalar o`zlariga
yegulikni topishga majbur
etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o`g`rilik qilishdan boshqa
chorasi qolmasdi.
Sparta maktablarida bolalarni harbiy
ishlarga o`rgatishar, ularni kuchli va
chidamli etib tarbiyalashardi.
Spartalik ayollarni ham jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishga va
sport musobaqalarida qatnashishga
majbur qilishgan. 

Yangi hududlarni o`zlashtirish
sabablari 

Qadimgi Yunonistonda
zodagonlardan qarzdor bo`lib
qolgan, o`z yer va mulkiga ega
bo`lmagan ko`plab kishilar,
shuningdek, boshpanasiz, yupun va
och odamlar paydo boia boshladi. Ulardan ko`pchiligi vatanni tark
etishga, begona yurtlarda omadini
sinab ko`rishga majbur bo`lgan edi.
Yunon savdogarlari kemalarda
dengiz ortidagi o`lkalarga tez-tez
borib turardilar. Ular O`rtayer dengizi sohillarida egasiz yotgan serunum
yerlar haqida zavq-shavq bilan
hikoya qilib berardilar.
Kasodga uchragan dehqonlar safarga
chiqishga hozirlana boshlaydilar. Boy
quldorlar ketayotganlarga yordam berdilar. Ketayotganlar yo`lga
dudlama baliq, un, zaytun yog`i,
mehnat qurollari va zaxira yelkanlar
olishgan. Shuningdek, dengiz
yo`llarini yaxshi biladigan va ko`chib
ketayotganlar boradigan joylarda bo`lib qaytgan yo`l ko`rsatuvchi ham
ajratildi.
Jo`nab ketish oldidan yunonlar
xudolarga qurbonliklar
bag`ishlashgan. O`zlari bilan birga loy
surtilgan qamishdan to`qilgan savatchalarda olov ham olishgan edi.
Olov ayni mahalda ular umrbod tark
etgan vatanning bir parchasi edi. Eslab qoling! Buyuk yunon koloniyalashtirishi mil. avv. VIII
asrdan VI asrgacha davom etgan. 

Buyuk yunon koloniyalashtirishi
Yunon koloniyalarining tashkil
topishi 

Yunonistondan ko`chib kelganlar
Sitsiliya oroli sohili va Apennin
yarimoroli janubiga o`rnashdilar.
Ularning manzilgohlari O`rtayer va
Qora dengiz bo`ylarida ham vujudga
keldi. Yunonlarning manzilgohlari sekin-
asta shahardavlatlarga aylana bordi.
Ular o`z harbiy kuchlarini tashkil
qildilar va o`z qonunlarini chiqardilar.
Ularda cavdo-sotiq va
hunarmandchilik rivojlandi. Deyarli barcha koloniyalar mustaqil
quldorlik davlati bo`lgan. Ularning
aholisi Yunoniston shaharlari 
polislari bilan doimiy aloqada
bo`lgan. Yunonlar o`zini yagona xalq
 ellinlar deya his etishar, o`z vatanini esa Ellada deya atashar edi.
Yunonlar o`zlarini "varvarlar"ga
qarshi qo`yishardi, ular o`zlashtirilgan
yerlar tevaragida yashovchi yunon
bo`lmagan xalqlarni shunday nom
bilan atashardi. Ommaviy ko`chib joylashish va
koloniyalar tashkil etish miloddan
avvalgi VIII asrdan to VI asrlargacha
davom etdi. Bu davr tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya , Xersones, Pantikapey Tanais , Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi.
O`rtayerdengizi sohillarida yuzdan
ziyod yunon koloniyalari tashkil
topdi. Eslab qoling! Mil. avv. VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga
asoslangan yangi yozuv vujudga
keldi. Alifbo 24 harfdan iborat
bo`lgan.
Yangi mamlakatlar bilan tanishuv
yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan avvalgi VIII asrda
Yunonistonda Finikiya alifbosiga
asoslangan yangi yozuv vujudga
keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat
bo`lgan. Ular orasida unli harflar
paydo bo`ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari o`rtasidagi mahsulot
ayirboshlash, savdosotiq va
hunarmandchilik ravnaq topishiga
asos yaratdi. Elladaga g`alla, metallar
va qullar keltirilar edi. Koloniyalarga
esa sotish uchun vino, zaytun yog`i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va
zargarlar yasagan buyumlarni keltirar
edilar. Eslab qoling! Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais,
Fasis, Trapezund va boshqa yirik
koloniyalar vujudga keldi. O`rtayer
dengizi sohillarida yuzdan ziyod
yunon koloniyalari tashkil topdi. 

Tayanch konspekt mil. avv. IX - VIII asrlar 
manzilgohlarning shahar-davlat
(polis)larga aylanishi goplit  falanga Akropol  "yuqori shahar" qullar  meteklar  fuqarolar pedagog  "bolani yo`lda
kuzatib boruvchi" stillar palestr Miron  "Disk uloqtiruvchi",
Poliklet  "Nayzabardor" mil. avv. XII asr  doriylar
Spartani bosib oldilar periyeklar - ilotlar mil. avv. VIII - VI asrlar 
Xersones, Pantikapey, Tanais,
Fasis, Trapezund koloniyalari 82.
