27-. Yunon-fors urushlari

Yunonlar va forslar Miloddan avvalgi V asr boshlarida
Yunonistonga forslar tahdid sola
boshladi. Doro I hukmronlik
qilayotgan Fors davlati yangi-yangi
mamlakatlarni bosib olishga intilar
edi. Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari
nomini olgan, ular miloddan avvalgi
490- yildan boshlanib 449- yilga
qadar davom etgan.
Yunonistonning barcha shaharlarida
fors elchilari paydo bo`lishdi, ular: "Bizning hukmdorimiz, buyuk
shahanshoh Doro, kunchiqardan
kunbotargacha barcha odamlarning
birdan bir egasi sizdan yer va suv
talab qilmoqdadir", deb baralla
aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar
aholisi forslarga qarshilik
ko`rsatishning sira iloji yo`q deya
hisoblashar, shahanshoh Doro I ning
shartlarini qabul qilishga rozi edilar.
Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Fors elchilari
Afinaga kelganda, shahar aholisi
g`azabdan ularni o`ldirib, qoyadan
tashlab yubordilar. Elchilarni chuqur
quduqqa tashlab yuborgan
spartaliklar esa zaharxanda bilan: "Yetarlicha suvni ham, yerni ham
quduq tubidan topasiz-da!"
deyishgan ekan.
Mil. avv. VI asr oxirida Fors shohlari
Kichik Osiyodagi yunon shahar-
davlatlarini bosib oldilar. Afina hukmdori yunon polislariga yordam
qo`lini cho`zdi. Bundan g`azablangan
Doro I Afinadan shafqatsiz qasos
olishga ahd qildi. Eslab qoling! Yunon-fors urushlari mil. avv. 490-yildan 449- yilgacha
davom etgan. 

Yunon-fors urushlari
Marafon jangi Miloddan avvalgi 490- yilning
sentabrida fors harbiy floti Egey
dengizini kesib o`tdi va Attika sohilida
langar tashladi. Forslarning kemalari
beso`naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o`q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan
tusha boshladilar. Bu tekislik otliq
lashkar harakatlanishi uchun qulay
edi, forslar aynan shu yerda jang olib
borishga qaror qilishdi. Yunonlar
forslarga qaraganda ancha oz edi, shuning uchun ham fors suvoriylari
yetib borolmaydigan qoyalarga
o`rnashib oldilar.
Yunonlar lashkari forslarni Attika
ichkarisiga boradigan yo`llardan
to`sib qo`ydi. Ammo ochiq jangga kirishdan cho`chir edilar. Bir hafta
o`tdi. Forslar ayyorlik qilishdi. Tunda
ular otliq qo`shinlarni kemalarga
yukladilar, Attikani aylanib o`tib,
kutilmagan zarba bilan Afinani bosib
olishga qarorqildilar. Yunon qo`shinlariga sarkardalik qilgan
Miltiad ertalab bo`lib o`tgan
voqeadan xabar topganidan so`ng
Marafon tekisligida qolgan fors
qo`shinlarini tor-mor qilishga ahd
qildi. Yunon piyoda jangchilari falanga bo`lib safga tizildilar. Forslar
uning o`rtasini yorib o`tdilar. Biroq
yunon falangalarining ikkala
chekkasida joylashgan kuchli
otryadlar forslarni tumtaraqay
qochishga majbur qildi. Ayni mahalda yunonlar tekislikda
qolgan fors qo`shinlarining
orqasidan ichkariga kirib boradilar.
Asir tushishdan cho`chigan forslar
o`z kemalariga qarab chekinishga
tutindilar. Yunonlar hal qiluvchi jangda forslarning yettita kemasini
egallab oldilar. Forslarning qolgan
qo`shinlarini esa tor-mor etdilar yoki
asirga oldilar. Yunonlar g`alaba
nashidasini surar edilar. Eslab qoling! Forslar va yunonlarning Marafon jangi mil. avv. 490-yilda
bo`lib, yunonlar g`alabasi bilan
tugagan. Marafon tekisligidagi jang sxemasi;
Fors jangchilari. Tekis yuzaga
ishlangan
bo`rtma haykal; Fermopil jangi;
Salamin jangidagi yunonlar kemasi
Eslab qoling! Fermopil jangi mil. avv. 480- yilda bo`lib o`tgan. Miltiadning buyrug`iga ko`ra bir
jangchi forslar ustidan qozonilgan
g`alaba haqida xabarni yetkazish
uchun Afina shahriga qarab yugurdi.
Naq 42 kilometr yo`lni bosib o`tgan
jangchi "g`alaba! g`alaba!" deya hayqirdi-da, nafasi yetmasdan o`lar
holatda yiqilib tushdi. Keyinchalik olis
masofaga yugurish Marafon yugurishi
deb atala boshlandi. 

Fermopil jangi Yangi urushga tayyorgarlik
ketayotganda Doro I vafot etdi.
Qo`shinlami Yunonistonga uning
o`g`li Kserks boshlab keldi.
Forslar qo`shinlari turli-tuman
qabilalardan tashkil topgan, qurol- aslaha va jang qilish usullari bir xil
emasdi.
Kserks qo`shinlari Gellespont bo`g`oziga yetib keldi. Podsho
buyrug`i bilan bir kilometrdan uzun
ko`prik qurildi.
Yunoniston sarhadiga kechib o`tgan
Kserks lashkari shimoliy Yunonistonni
bosib ola boshladi. Tog`lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib
boradigan birdan bir yo`l edi.
Yunonlar o`sha joyda pistirma
qo`yishga qaror qilishdi, ammo
forslarga tog`lar orqali yo`lni
ko`rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Yunonlar qo`shinlariga Sparta
podshosi Leonid boshchilik qilgan. U 300 spartalikdan boshqa barcha
yunon jangchilariga chekinishni
buyurgan. Sparta qonunlariga ko`ra,
spartalik askarlar jang maydonidan
chekinishi mumkin emas edi. Ularning
barchasi qahramonlarcha halok bo`ldi. Ushbu voqea "Uch yuz spartaliklar jasorati", deb tarixda mashhur bo`ldi. Kserks qo`shinlari
Janubiy Yunonistonga yetib bordi. 

Salamin jangi Femistoklning maslahati bilan
yunonlar 200 ta harbiy kema 
triyera qurishdi.  Bu harbiy kemalar
qoyalar orasidan va sayoz joylardan
oson suzib o`tar, o`sha davr uchun
katta tezlikda  soatiga 18 kilometr tezlikda suza olar edi.
Hal qiluvchi dengiz jangi miloddan
avvalgi 480-yilda tor Salamin bo`g`ozida bo`lib o`tdi. Yunon davlatlarining birlashgan floti
forslarning harbiy flotidan kuchli edi.
Yengilganidan keyin Kserks flotning
qoldiqlari bilan Yunonistonni tark
etishga majbur bo`ldi.
Miloddan avvalgi 479-yilda forslar tag`in Afinani bosib olishga urinib
ko`radilar. Biroq yunonlarning
birlashgan lashkari Plateya shahri
yaqinida fors qo`shinlarini tor-mor
etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi
yirik jang edi. Fors shohi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u Old
Osiyodagi barcha yunon polislari
mustaqilligini e'tirof etdi, yunonlarga
qarshi harbiy harakat olib
bormaslikka va'da berdi.
Shunday qilib, yunon shaharlari ko`pchiligining birligi va ozodlik
uchun jang qilgan yunonlarning
qahramonligi nihoyatda kuchli raqib
ustidan g`alaba qozonishga imkon
berdi. 40 yildan ko`proq davom
etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to`liq g`alabasi bilan
yakunlandi. Eslab qoling! Mil. avv. 479- yilda forslar yana Afinani bosib olishga
urinib ko`radilar. Yunonlarning
birlashgan lashkari Plateya shahri
yaqinida fors qo`shinlarini tor-mor
etdi. Eslab qoling! Salamin bo`g`ozidagi jang mil. avv. 480-yilda, Plateya shahri
yaqinidagi jang esa mil. avv. 479-
yilda bo`lib o`tdi. 

Tayanch konspekt          mil. avv. 490-449- yillar  yunon-fors urushlari          mil. avv. 490- yil  Marafon jangi          mil. avv. 480- yil  Fermopil jangi  uch yuz spartalik jasorati          mil. avv. 480- yil  Salamin jangi
         mil. avv. 479- yil  Plateya jangi  yunonlar g`alabasi 82.145.
