28-. Yunonistonning Makedoniya
tomonidan bosib olinishi
Yunoniston mag`lubiyatining
sabablari 

Yunonlar bir-birlari bilan
urushayotgan mahalda Makedoniya
podshosi Filipp II Elladani bosib olish maqsadida jang taktikasini
takomillashtirdi va qo`shin yig`di.
Uning qo`shinlari suvoriylar va
piyodalardan tashkil topgan edi.
Piyoda qo`shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi
qatordagi jangchini muhofaza etardi.
Jang mahalida butun falanga
zirhlangan temir maxluqotga
o`xshab qolar edi. Falanga
qanotlarini otliqlar himoya qilardilar. Yunonlar Filipp II tartib o`rnatadi va
polislar o`rtasida tinchlikni
barqarorlashtiradi deb umid qilar edi.
Faqat mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning
aholisini birlashish va makedonlarga
qarshi kurashishga da'vat etadi.
Ammo faqat Fiva shahri aholisi Filipp
II qo`shinlariga qarshi Afina
shaharlari ittifoqiga qo`shiladi, xolos. Filipp II; Demosfen o`smirligidanoq
notiq bo`lishni orzu qilardi. Lekin u
juda past ovozda gapirar va
duduqlanardi. Ovozi balandligini
oshirishni mashq qilarkan, u dengiz
shovqinidan balandroq baqirishga harakat qilar edi. 

Xeroneya ostonasidagi jang 

Demosfen Filipp II ni istilochi sifatida
baholashni davom ettiradi va yunon
davlatlari boshliqlarini dushmanga
qarshi kurashish uchun hamjihat
bo`lishga da'vat qiladi. Demosfen
yunon shahar-davlatlari hukmdorlarining birqismini
ishontirish va ko`ndirishga erishadi,
ular bir ittifoqqa uyushadilar. Qattiq
qarshilik ko`rsatilishiga qaramasdan,
Filipp II yunon shaharlarini birma-bir
zabt eta boshladi. Miloddan avvalgi 338-yil 2-avgustda yunonlar va
makedonlarning asosiy kuchlari
Xeroneya shahri yaqinidagi Beotiyada to`qnashadilar. Qo`shinlar son jihatdan teng edi. Ammo
yunonlar qarshisida Makedoniyaning
erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi
harbiy ta'lim ko`rgan lashkarlari turar
edi. Yunonlarning qo`shinlari esa
ma'lum haq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlar va fuqarolarning
durust harbiy ta'lim ko`rmagan
jangchilaridan iborat edi.
Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy
hiyla qo`llagan yunonlar ustunlikni
qo`lga oladilar. Makedonlar chekina boshlaydilar. G`alaba qilayotganiga
ishona boshlagan yunonlar ularni
quvishga tushadilar. Yunonlarning
qo`shinlari shunda ikki bo`lakka
ajraladi. Ana shu bo`laklardan biriga
Filipp II ning o`g`li Aleksandr qo`mondonlik qilayotgan suvoriy
qo`shinlar qaqshatqich zarba beradi.
Yunon qo`shinlarining boshqa bir
bo`lagi chekina boshlaydi va tor-mor
etiladi. Jangda yunonlarning
aksariyati halok bo`lgan edi. "Xeroneya yonidagi jangda,  deb
yozadi o`sha zamonda yashagan
muallif,  halok bo`lganlarning
jasadlari bilan birga yunonlarning
ozodligi va erki ham dafn etilgan edi".
Mag`lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo`lib qoldi. Eslab qoling! Falanga - piyodalarning 16 qator bo`lib zich
joylashuvi. 

Yunoniston Makedoniya tarkibida 

"Yunonlar ozodligi Xeroneya
ostonasida halok bo`lganlar bilan
birgalikda dafn qilindi", degan edi
Demosfen. Bu mag`lubiyatdan keyin
Yunoniston aholisi o`z qismatini
qo`rquv og`ushida kutib turar edi. Biroq Filipp II o`zini yunonlar
podshosi deb e'lon qilmaydi. Filipp II
yunonlar bilan forslarga qarshi ittifoq
tuzadi. U o`zini birlashgan qo`shinlar
bosh qo`mondoni deb e'lon qiladi.
Yunon shaharlariga esa Filipp II ozod ekanliklarini va o`z davlatining
keyingi taqdiri xususida bir-birlari
bilan shartnoma tuzishlari lozim
ekanligini e'lon qiladi. Eslab qoling! Makedoniya Yunonistonni mil. avv. 338-yili
Xeroneya yaqinidagi jangda
yunonlarning mag`lubiyatidan so`ng
bosib oldi.
Miloddan avvalgi 337-yilda Spartadan
tashqari barcha yunon shahar- davlatlarining vakillari Korinfga
yig`ildilar va Makedoniya hokimiyati
ostida yunon davlatlari ittifoqini
tuzdilar. Ular murosada tinch-totuv
yashash, o`zaro urushlar olib
bormaslik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik to`g`risida
shartlashadilar. Barcha ixtiloflarni
Yunon shahar-davlatlari kengashi hal
etishi lozimligi nazarda tutilgan edi.
Fors davlatini bosib olishi
rejalashtirilgan qo`shinlar asosini Yunoniston lashkari tashkil etishi
lozim edi. Fillipp II hatto yunonlarni
qanoatlantiradigan urush uchun
bahona ham o`ylab topadi: yunon-
fors urushlari davrida yetkazilgan
zarar uchun qasos olish va shoh Kserks Eronga olib ketgan yunon
xudolari haykallarini asirlikdan
qutqarish!
Biroq Fillip II forslarga qarshi salb
yurishini amalga oshira olmadi. U
miloddan avvalgi 336-yilda o`z saroy a'yonlari tomonidan xoinlarcha
o`ldirildi. Lining o`g`li Makedoniyalik
Aleksandr hukmdor bo`ldi. 

Tayanch konspekt          Makedoniya podshosi Fillip II
         mil. avv. 338- yil - Xeroneya jangi
         mil. avv. 337- yil - Korinf ittifoqining vuludga kelishi          barcha kelishmovchilik va nizolarni yunon shahar-davlatlari
kengashi hal qilishi          mil. avv. 336-yil  Fillip II o`ldirildi  Aleksandr
