3-. Urug`chilik jamiyati
So`nggi paleolit davri 

So`nggi paleolit davrida (miloddan
avvalgi 40-12- mingyilliklarda)
ko`pdan ko`p voqealar ro`y berdi. Bu
davrda toshga ishlov berish texnikasi
va mehnat qurollari yasash usullari
o`zgardi. Odamning o`zi ham, tashqi qiyofasi ham o`zgarib bordi. Mazkur
davrda hozirgi qiyofadagi odam 
kromanyon odami yashagan edi.
So`nggi paleolit davri odami
manzilgohlari Samarqand shahri
hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi
Ko`lbuloq manzilgohining yuqori
madaniy qatlamlaridan, shuningdek,
Farg`ona vodiysidan topilgan.
Taxminan 2530 ming yil
muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi
va parmalovchi mehnat qurollari
yasaydigan bo`lishgan. Inson
endilikda taqinchoqlar 
munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham
yasay boshladi. Shunday qilib, so`nggi paleolitda
insoniyat o`z rivojida tag`in bir
pog`onaga yuksaldi. Odamlar
qarindoshlardan tarkib topgan
ixcham guruhlarga  urug` jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug`ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug` a'zolari bitta manzilgohda
yashagan. Bir joyda yashab turgan bir
qancha urug`lar qabilani tashkil
etgan.
Turar joylar qurilishi so`nggi paleolit
davri odamlarining muhim ixtirosi bo`ldi. Kiyim-kechak tayyorlashda
hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu
davrda sun'iy tarzda (yog`ochni bir-
biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-
biriga urish orqali) olov hosil qilishni ham o`rganib oldi. Mezolit davri Mezolit davri (o`rta tosh davri)
taxminan miloddan avvalgi 12-7 mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik
davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim
ancha ilishiga va odamlarturmushida
o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi.
Mezolit davrida inson o`q-yoy
yasashni o`rganib oldi. O`q-yoy kashf etilishi bilan odam ixtiyorida chopqir
hayvonlar va qushlarni ovlash
imkoniyati vujudga keldi.
Mezolit davri oxirida inson
hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladi.
Ovchilar itni qo`lga o`rgatishdi, itlar bilan birga ov qilinganda o`lja
oldingisiga qaraganda mo`l-ko`l
bo`ldi. Tiriklayin tutib olingan
hayvonlar (qo`zichoqlar, uloqchalar,
to`ng`izchalar)ni endi odamlar
o`ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo`yadigan bo`lishdi.
Mezolit davri oxirida Old Osiyoda
xo`jalikning yangi tarmoqlari - 

ibtidoiy ziroatchilik va
chorvachilik 

vujudga keldi. Muzlik chekinishi bilan urug`
jamoalari nafaqat Osiyo va Afrika
hududlarida, balki Yevropa shimolida
ham keng joylasha boshladilar.
Bugungi kunda mezolit davriga oid
yuzdan ziyod manzilgohlar ochilgan. Farg`ona vodiysining tog`oldi va
tog`lik tumanlarida, Toshkent
vohasida hamda O`zbekiston
janubida bunday manzilgohlar
ko`plab uchraydi. Obishir, Qo`shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal
o`rganilgan. Eslab qoling! Ishlab chiqaruvchi xo`jalik  ancha vaqt urug`ni oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab
kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir.
Ziroatchilik termachilikdan
boshlangan, chorvachilik esa ovchilik
qilish va hayvonlarni qo`lga o`rgatishdan kelib chiqqan.
Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlari,
O`zbekiston hududidagi ko`llar va
daryolar sohili mezolit davri ovchilari
va baliqchilari ko`chib kelib
o`rnashgan maskanlarga aylandi. 

Dehqonchilik va chorvachilikning
vujudga kelishi 

Neolit davrida  yangi tosh asrida
o`zlashtiruvchi xo`jalikda tub
o`zgarish sodir bo`ldi, tabiatdan
barcha tayyor narsalarni ola
boshlagan inson endi ishlab chiqaruvchi xo`jalikka  ziroatchilik va chorvachilikka o`tdi.
O`rta Osiyoda neolit davri miloddan
avvalgi 6-4 mingyilliklar bilan
davrlashtiriladi. Arxeologlar neolit
davri boshlanishini sopol idishlar
yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.
Mezolit va neolit davrida odam
toshdan kichik mehnat qurollari  mikrolitlar yasashni, toshga ishlov berishning oldin tanish bo`lmagan
usullarini: silliqlash, arralash, sirlash
va teshikchalar parmalashni qo`llay
boshladi.
Neolit davrida aksariyat qabilalar
o`troq turmush tarziga o`tib, doimiy turar joylar qura boshlagan. Paxsa
imoratlar qurish boshlandi. Asta-
sekin urug` jamoalarining o`troq
manzilgohlari shakllanib bordi. O`troq
turmush tarzi va mehnat qurollarining
yanada takomillashishi jamoalarning dehqonchilikka o`tish imkoniyatini
vujudga keltirdi. O`troq turmush
tarziga o`tilishi harxil buyumlar
tayyorlash sohasi bo`lgan
hunarmandchilik rivojiga zamin
yaratdi. Loydan ishlangan va olovda
pishirilgan idishlar yasash sohasi  kulolchilik, tolalar va jundan kiyimkechak tayyorlash tarmog`i  to`quvchilik hunarmandchiligi neolit davrining muhim kashfiyot va
ixtirolaridir.
O`rta Osiyoning janubiy viloyatlarida
aholi miloddan avvalgi 6-5
mingyilliklar boshlarida ziroatchilikka
o`tgan bo`lsa, markaziy va shimoliy o`lkalarda ovchilik va baliqchilikni
davom ettiraverdi. 

Tayanch konspekt
So`nggi paleolit davri (mil. avv . 40-12 mingyilliklar ) ?  kromanyon odami
?  olovning kashf qilinishi
?  Samarqand, Ko`lbuloq manzilgohi (Toshkent viloyati), Farg`ona
vodiysi ?  urug` jamoalari
?  taqinchoqlar, turar joylar qurilishi, kesadigan, arralaydigan mehnat
qurollari Mezolit davri (mil. avv . 12-7 mingyilliklar ) ?  o`qli kamon, hayvonlarni qo`lga o`rgatish ?  Obishir, Qo`shilish, Machay
?  omochli ziroatchilik (Old Osiyo) Neolit davri (mil. avv . 6-4 mingyilliklar ) ?  ishlab chiqaruvchi xo`jalik
?  mikrolitlar, kulolchilik, to`quvchilik
?  o`troq turmush tarzi
