44-. Buyuk Ipak yo`li
Vujudga kelishi va tarmoqlari 

Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan
G`arb xalqlari o`rtasidagi tarixiy-
madaniy va savdo munosabatlari
taraqqiyotida qadirmgi dunyoda
mashhur bo`lgan Buyuk Ipak yo`li
muhim o`rin tutgan edi. Bu yo`l miloddan avvalgi II asrda vujudga
kelgan va "Buyuk meridianal yo`l " deb atalgan. Bu yo`lga "Ipak yo`li"
degan nom 1877- yilda nemis
geografi F.Rixtgofen tomonidan
berilgan.
Buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan
avval O`rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy
ayirboshlash uchun turli-tuman yo`llar
mavjud bo`lgan.
Eng qadimgi yo`llardan biri miloddan
avvalgi 32 mingyillikda vujudga
kelgan "La'l yo`li" dir. U Pomir tog`laridan boshlanib, Eron va Old
Osiyo hamda Misr orqali o`tgan.
Pomirdan olinadigan yarim nodir la'l
toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq
mamlakatlari zargarlari tomonidan
yuksak baholangan. Badaxshon la'li ishlatilgan buyumlar Misr fir'avnlari
maqbaralaridan ham topilgan. Eslab qoling! Buyuk Ipak yo`li Sariq dengiz sohilidan O`rtayer dengizi
sohiligacha cho`zilib ketgan. Bu yo`l
12 ming km uzunlikda bo`lgan. Eslab qoling! Buyuk Ipakyo`li mil. avv. II asrda vujudga kelgan. U
"Buyuk meridianal yo`l" deb atalgan.
Bu yo`lga "ipak yo`li" degan nom
1877-yilda nemis geografi F.Rixtgofen
tomonidan berilgan.
Boshqa bir karvon yo`li Eron ahamoniylari sulolasining yo`li bo`lib,
"Shoh yo`li" deb atalgan. U miloddan avvalgi VIIV asrlarda Kichik Osiyo
shaharlarini, O`rtayer dengizi
bo`yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri  Suza bilan bog`lab turgan. Tag`in bir yo`l Eron,
Baqtriya orqali So`g`diyona, Toshkent
vohasi va Qozog`iston hududidan
o`tgan va Oltoygacha borgan.
Buyuk Ipak yo`li 12 ming kilometrcha
uzunlikda bo`lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy
Turkiston, O`rta Osiyo, Eron,
Mesopotamiya orqali O`rtayerdengizi
sohillarigacha borgan. Bu yo`lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan
edi. Do`mbirachi.
Ayritom yodgorligidan namuna;
Tuyadagi chavandoz haykalchasi; Fil
suyagidan
ishlangan shaxmat donalari; Sopol
idishlar 

Buyuk Ipak yo`li 

So`g`diyonadan Xitoyga jun gazlama,
gilam, zebziynat buyumlari va
qimmatbaho toshlar olib borilgan;
Baqtriyadan tuyalar, Farg`onadan zotli
otlar, Badaxshondan la'l;
Hindistondan O`rta Osiyoga ip- gazlama va paxta chigiti ortilgan
karvonlar kelgan; Xitoydan guruch
keltirilgan; O`rta Osiyodan Xitoyga
uzum, yong`oq, anor va boshqa
dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. 

Buyuk Ipak yo`li Chjan Syan
tavsifida 

Miloddan avvalgi 138-yili Xitoy
imperatori U-Di elchi Chjan Syanni
ko`chmanchi xunn qabilalariga qarshi
kurashda ittifoqchi va hamkorlar
topish uchun jo`natadi. Xunnlar
Xitoyning shimoliy tumanlarini talon- taroj qilar edilar.
Elchi xunnlar qo`liga asir tushadi va
o`n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan
qochib, Markaziy Tyan-Shan dovonlari
orqali Issiqko`lga chiqadi. Norin
daryosi bo`ylab Farg`ona vodiysiga keladi. Bu yerda o`zi uchun vodiydagi
shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar
Farg`ona davlatiga qarashli ekanligini
bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning
xunnlarga qarshi kurashida Farg`ona
hukmdorining yordamini olmoqchi bo`ladi. Lekin Farg`ona hukmdori
faqat savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish
istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari
sayohatini davomettiradi. Oloy
vodiysidan o`tib yana xunnlar qo`liga
tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga
ko`rgan-bilganlarini so`zlab beradi. U
Xitoyga Farg`ona otlaridan birini va
beda urug`idan olib kelgan edi. Bu
otni xitoyliklar " samoviy " deb ataganlar. Imperator U-Di o`z saroyi
yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u
Xitoyning butun shimoli bo`ylab
ekiladigan bo`ladi. Xitoyliklar anor,
uzum, bodring va yong`oq ekishni
ham yo`lga qo`yadilar. Chjan Syan yurgan yo`l bo`ylab
miloddan avvalgi III asrlarda Xitoy
mamlakatini Markaziy va G`arbiy Osiyo
bilan bog`lovchi jahon ahamiyatiga
ega Buyuk Ipak yo`li deb ataluvchi
karvon yo`li o`tadigan bo`ldi. Farg`ona vodiysida Ipak yo`li ikki
tarmoqqa bo`lingan. Birinchisi O`zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) lloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy
tarmoq bo`lib, O`zgandan O`sh, Quva,
Marg`ilon, Qo`qon orqali Xo`jand,
Samarqand, Buxoroga o`tgan. Eslab qoling! Chjan Syanning yurgan yo`li Buyuk Ipak yo`liga asos bo`ldi. 

Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati 

Buyuk Ipak yo`lining tarixi Sharq va
G`arb xalqlarining keng miqyosdagi
madaniy aloqalari va savdo
ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o`zaro
hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi
tarixi bo`lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O`zbekiston
hududi bu yo`lning chorrahasida
joylashgan. Eslab qoling! Buyuk Ipak yo`li Sharq va G`arb mamlakatlari xalqlarini
o`zaro madaniy aloqalaridan
bahramand bo`lish imkonini berdi.
O`rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo`li
tufayli Sharq va G`arb mamlakatlari
iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo`lganlar. G`arb mamlakatlari xalqlari
esa O`rta Osiyo xalqlarining yuqori
darajada rivojlangan madaniyatini
o`zlari uchun kashf qildilar.
O`zbekiston aholisi Xitoy shoyisini
qadrlasa, Xitoyda So`g`diyona gilamlari, jun gazlamalari,
hunardmandchilik buyumlariga talab
katta bo`lgan.
Buyuk Ipak yo`li Sharq va G`arb
mamlakatlari xalqlarini o`zaro
madaniy aloqalaridan bahramand bo`lish imkonini berdi.
O`rta Osiyo bu yo`lning asosiy
yo`nalishlari kesib o`tadigan
markazida joylashgan. Bu yerga turli
mamlakatlardan savdogarlar,
hunarmandlar, Olimlarva musiqachilar tashrif buyurar edilar.
Buyuk Ipak yo`li sharofati bilan O`rta
Osiyo xalqlari G`arb va Sharqning
iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan
tanishdilar. 
