5-. Temir asriga o`tish davrida

O`rta Osiyoning rivojianishi
Temirdan foydalanish 

Odamlar mis va bronzadan mehnat
qurollari yasashni o`rgangan
kezlardan beri oradan ko`p asrlar
o`tdi. Faqat miloddan avvalgi I
mingyillik boshlaridagina temirdan
mehnat qurollari yasash imkoniyati paydo bo`ldi. Bu jarayon ancha
sermehnat bo`lgan, negaki temir
misga qaraganda ancha yuqori
haroratda eriydi (1500C). Ammo
temir mis va bronzaga nisbatan
olganda ulkan afzalliklarga egadir: temir ulardan qattiqroq edi.
Temirdan birinchi bo`lib Kichik
Osiyoda xettlar (miloddan avvalgi XIVXIII asrlar), so`ngra qo`shni
mamlakatlar (Mesopotamiya, Eron,
Kavkazorti) xalqlari foydalana
boshladi. Temir buyumlarning
tarqalishi sekinlik bilan borgan. Temir
kamyob va qimmatbaho metall bo`lgani uchun undan dastlab zeb-
ziynat buyumlari yasashda
foydalanishgan. Shunday bezaklar
Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo`rg`oni yodgorligidan topilgan. Eslab qoling! Temirdan birinchi bo`lib Kichik Osiyodagi xettlar foydalana
boshlaganlar (mil. avv. XIV-XIII
asrlar), keyinroq ularga qo`shni
bo`lgan Ikkidaryo oralig`i, Eron,
Kavkazorti mamlakatlarining aholisi
ham foydalanganlar. Mehnat qurollari yasash uchun
temirdan foydalanilishi, eng avvalo,
dehqonchilik texnikasi rivojiga ta'sir
o`tkazdi. Temir uchli omochlar, temir
boltalar paydo bo`ldi. Bu mehnat
qurollari katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon
yaratib berdi. O`rta Osiyodan topilgan
eng qadimgi temirdan yasalgan
buyumlar miloddan avvalgi IXVIII
asrlarga oid bo`lsa-da, ulardan ko`pi
miloddan avvalgi VIIVI asrlarga oiddir.
Yevropadan farqli o`laroq Sharqda
dehqonchilik asosan sun'iy sug`orish
zaminida rivojlandi. Gulga burkangan
bog`lar va serhosil dalalarni suv bilan
ta'minlash uchun Sharqda anhorlar va ariqlar keng tarmog`i ishlab chiqilgan
edi. Ijtimoiy tuzum Temir qurollarning keng tarqalishi
mehnat unumdorligini oshirdi. Bu
narsa yanada rivoj topgan ishlab
chiqarish usuliga o`tilishiga zamin
hozirladi. Urug` jamoasi o`rnini
hududiy qo`shnichilik jamoasi egallay boshladi. Eslab qoling! Harbiy demokratiya  ilk davlatchilikka o`tish davrida
qabilaga saylab qo`yiladigan harbiy
sardorlar boshchilik qilgan
boshqaruv shaklidir.
Mil. avv. I mingyillik boshlarida O`rta
Osiyoda aholi to`rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar,
hunarmandlar.
Qabila-urug` boshliqlarining nufuzi
asta-sekin orta bordi. Harbiy
sardorlarning nufuzi ayniqsa ortib,
hokimiyat otadan o`g`ilga o`tadigan bo`ldi.
Doimiy harbiy to`qnashuvlar
sharoitida qabila sardorlarining
ahamiyati va nufuzi orta bordi, jamiyat
esa harbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi.
"Avesto"dan O`rta Osiyoda
jamiyatning negizi  nmana" deb ataluvchi katta patriarxal oila
bo`lganini bilib olamiz. Bir necha
"nmana"lar urug` jamoasi  "vvs"ni
tashkil etgan. Hududiy qo`shnichilik
jamoasi esa "varzana" deb nomlangan. Bunday jamoalar
qabilaga  "zantu"ga birlashgan. O`z hududini himoya qilish uchun bir
qancha qabilalar ittifoqqa 
"dah'yu"ga uyushishgan. "Avesto"ga ko`ra, jamiyatni idora
qilishning quyidagi tizimi mavjud
bo`lgan:
? oqsoqollar kengashi
? xalq yig`ilishi
? alohida tumanlar hukmdorlari ? viloyatlarning hukmdorlari.
Aholi urug` va qabila bo`yicha emas,
balki hududiy taomilga ko`ra
guruhlarga ajratilishi mil. avv. IX-VIII
asrlarda O`rta Osiyoda vujudga
kelayotgan ilk davlat birlashmalarining muhim alomati edi. Eslab qoling! Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti ibtidoiy to`da: urug`  urug` jamoasi  hududiy
qo`shnichilik jamoasi  qabila 
qabilalar ittifoqi  davlat.
Tayanch konspekt ?  mil. avv. XIV-XIII asrlar - xettlar (Kichik Osiyo) birinchi bo`lib
temirdan mehnat qurollari
yasaganlar ?  mil. avv. IX-VIII asrlar - O`rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk
mehnat qurollari ?  urug`chilik jamoasi - qo`shnichilik jamoasi ?  xarbiy demokratiyaga o`tish
?  "Avesto": nmana
?  mil. avv. IX-VIII asrlar - O`rta Osiyo hududida ilk davlat
birlashmalarining vujudga kelishi
