7-. Misr va qo`shni xalqlar
Qadimgi misrliklarning qo`shnilari 

Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu
mamlakatga misrliklar Nil bo`ylab
oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir
navli yog`ochlarni ayirboshlash
uchun borishardi. Eslab qoling! Nubiya, Liviya, Suriya va Falastin mamlakatlari qadimgi
Misrliklarga qo`shni bo`lgan.
Misr g`arbida, Liviya cho`lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi.
Sahro aholisi ko`chmanchi
chorvadorlar bo`lgan. Arabiston
sahrosida hech kim istiqomat qilmas,
ammo u orqali o`tadigan yo`l Sinay
yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinar edi. Sinay yarimorolidan
shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga
hamda boshqa foydali qazilmalarga
boy edi. Falastin va Suriyadan
misrliklar hunarmandlar yasagan
buyumlar va nodir qimmatbaho
toshlarni ham olib kelishardi. 

Fir'avnlarning istilolari 

O`rta podsholik davrida Sinay
yarimoroli bosib olindi, mahalliy
qabilalar Misrga soliq to`lay
boshlashdi. Fir'avnlar Nubiya va
Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni
talattirdilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar.
O`rta podsholik fir'avnlari Janubiy
Falastin yerlari va Nubiya shimolini
Misrga qo`shib olishga muyassar
bo`ldilar.
Miloddan avvalgi XVIII asr oxirida ko`chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning
piyoda qo`shinlaridan farqli o`laroq
giksoslarning asosiy kuchi yengil
aravalar  otlar qo`shilgan jang
aravalari bo`lgan. Bir askar otlarni
boshqarib turgan mahalda ikkinchisi kamondan dushmanlarni nishonga
olib o`q uzar edi. Quyi Misrni bosib
olgan giksoslar misrliklar shaharlari
va qishloqlariga hujum qildi, ularni
ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka
haydab ketdi. Bu mahalda O`rta podsholik ko`plab
mayda "nom'larga bo`linib ketgandi,
ular giksoslarga soliq to`lar edi. Faqat
Fiva shahri hukmdorlarigina
giksoslarga itoat qilmadilar.
Bosqinchilar istibdodidan xalos bo`lish taraddudiga tushib qolgan
"nom"lar hukmdorlari Fiva shahri
tevaragida birlasha boshlashdi. Ko`p
o`tmasdan Yuqori Misrning barcha
"nom"lari Fiva "nomi" fir'avni
tevaragida birlashdilar. Bir qancha janglarda fir'avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan
haydab chiqardi. Itoatsiz
hukmdorlarni o`ziga bo`ysundirgan
Yaxmos yangi fir'avnlar sulolasi
asoschisiga aylandi, ana shu fir'avn
zamonidan Yangi podsholik davri boshlandi. Yaxmos hukmdorligi
davrida Misr yuksak kuch-qudrat
cho`qqisiga erishdi. Eslab qoling! Fir'avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib,
bosqinchilarni Misrdan haydab
chiqardi. Yaxmos yangi fir'avnlar
sulolasi asoschisiga aylandi va Yangi
podsholik davri boshlandi.
Tutmos III jangchilari shaharga hujum qilmoqda Apis. Buqa timsolidagi
hosildorlik xudosi
Isida - Osirisning xotini 

Fir'avnlar yurishlarining natijalari 

Mamlakatini ozod qilgan Yangi
podsholik hukmdorlari qo`shni
davlatlar bilan kurashni endi
bosqinchi sifatida davom ettirishdi.
O`z armiyasini qilichlar va tabarzinlar
 dastasi uzun jangovar oyboltalar, shuningdek, jangovar aravalar bilan
qurollantirgan fir'avnlar Nubiya va Old
Osiyo mamlakatlariga hujumni
boshlab yubordilar.
Bir necha yurishlardan keyin fir'avnlar
deyarli butun Nubiyani Misrga qo`shib olishdi, Liviya qabilalarini
xiroj to`lashga majbur qildilar. Mil.
avv. 1500- yillar atrofida fir'avn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo`ldi.
Falastin va Suriyani istilo qilish
boshlandi, bir necha o`n yil davom
etgan yurishlarda erksevar qabilalami
uzil-kesil bo`ysundirib bo`lmadi.
Faqatgina fir'avn Tutmos III Falastinni bosib olishga muvaffaq bo`ldi.
Bo`ysundirilgan xalqlar misrliklardan
nafratlanar, o`z erk va ozodligi yo`lida
kurashar edilar. Misr fir'avnlari bir
necha yil mahalliy qabilalar bilan
urushdilar. Bu narsa fir'avnlar sillasini quritdi, davlat zaiflashib qoldi, Yangi
podsholik ham alohida "nom"larga
tarqalib ketdi.
Eslab qoling! Set - Osirisning birodari, baxtsizlik, cho`l va bo`ron xudosi. Xatxor - musiqa, j go`zallik va muhabbat xudosi. Maat - haqiqat, adolat va odillik xudosi.
Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona
davlatga birlashdi, mamlakat
iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi
boshlandi. Ammo miloddan avvalgi
VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan
lashkarto`plagan shahanshoh Kir II ning o`g`li Kambiz miloddan avvalgi 525- yilda Misrni bosib oldi. Tayanch konspekt ?  Misrga chegaradosh Nubiya, Liviya, Falastin, Suriya ?  qo`shni mamlakatlarning Misr tomonidan bosib olinishi ?  Quyi Misrning giksoslar tomonidan bosib olinishi mil. avv. XVIII asr ?  Yaxmos giksoslarning quvg`in qilinishi Yangi podsholik ?  Tutmos II  mil. avv. 1500- y.  bosqinchilik yurishlari ?  mil. avv. 525- yil  Misrni fors shohi Kambiz tomonidan bosib
olinishi
