8-. Qadimgi Misr dini
Misrliklarning xudolari 

Misr aholisi uchun din kundalik
turmushning ajralmas bir bo`lagi
hisoblangan. Qadimgi misrliklar
xudolar hayvonlar siymosiga o`tib
olib, mushuk, qo`y, ho`kiz, arslon,
sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar
xudolarning bir qancha joni mavjud:
ulardan biri hayvon tanasida,
boshqasi esa haykalida yashaydi deb
bilishardi. Misrliklar xonadonidagi
mehrobda xudolarning haykalchalari o`rnatilgan. Kohinlar  ibodatxona
ruhoniylari, xudolarni dindorlar in'om
tariqasida keltirgan narsalar bilan
boqishadi, deb hisoblashgan.
Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi  Ptax bo`lgan. Ptax misrliklar e'tiqodicha,
olamni yaratayotganida har bir
narsaning nomini odamga o`rgatgan.
Xudo shunchalik qudratliki, uni asl
qiyofasida ko`rishning iloji yo`q.
Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis.bo`lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz
timsolida tasavvur etilgan.
Misrliklar o`z xudolariga butunlay
ishonishar, har bir ishni bajarishga
kirishishdan avval ulardan maslahat,
madad yoki rozilik so`rashar edi. Mil. avv. 2 mingginchi yildan boshlab
esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi
hisoblangan. Dastavval ikkita xudo
bo`lgan: Fiva shahri homiysi Amon va
Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi
yagona xudoga birlashgan.
Uning ibodatxonasi Geliopolda (Baolbek) bo`lgan.
Fir'avnlar Quyosh xudosi o`g`illaridir,
hukmdorlar hamma ishni o`zining
samoviy otasi amri bilan amalga
oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi Nil xudosi Misrdagi hayotning birlamchi manbai va
posboni, Osiris  yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda
aytilishicha, Osiris Misrning ilk
podsholaridan biri bo`lib, o`z xalqini
dehqonchilikka o`rgatgan ekan.
Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni
mumiyolagan va qayta tiriltirgan
ekan. O`shandan boshlab jon qaytib
keladigan joy bo`lishi uchun barcha
marhumlar mumiyolanadi. Osiris
ibodatxonasi xarobalari Abidos shahrida hozirgacha saqlanib qolgan.
Eslab qoling! Tot - Oy, donishmandlik va tabobat xudosi. Anubis- marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va
ko`milganlar rahnamosi.
Quyosh xudosi Amon-Ra; Tot  Oy
donishmandlik va tabobat xudosi;
Anubis - marhumlar va
mumiyolanganlar xudosi; Quyosh xudosi -
Amon-Ra sharafiga qurilgan
ibodatxona ustunlari 

Kohinlar va ibodatxonalar 

Kohinlar xudolar va odamlar
o`rtasida vositachi bo`lishgan.
Misrliklar e'tiqodicha, mabodo Yer
yuzida maxsus marosimlar ado
etilmasa, xudolar odamlarga madad
bermay qo`yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik
bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda
ham kohinlarsiz biron ish qilish
mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini
vaqtini, qachon urug`lik sochish va
hosilni yig`ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi. Barcha "nom'larda
ibodatxonalar bo`lgan, fir'avnlar
ularga katta-katta boylik va yerlar
hadya etishardi. Asosiy xudolarga
atab qurilgan ibodatxonalar
kattakatta yer mulklariga egalik qilar edi. Har bir zafarli bosqinchilik
yurishidan keyin fir'avnlar o`ljaning
bir qismini ibodatxonalarga hadya
etardilar. Tayanch konspekt ?  misrliklar xudolar odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan ?  Amon-Ra
?  Ptax Apis
?  Xapi, Osiris, Set, Xatxor, Anubis, Tot
?  ibodatxonalar  kohinlar  qurbonlik qilish
