9-. Piramidalar va maqbaralar
Hamma narsa vaqtdan qo`rqadi,
vaqt esa piramidalardan! 

Qadimgi va O`rta podsholiklar davrida
misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir'avnlar dafn etiladigan joy  maqbaralar bo`lgan. O`tgan
mingyilliklar davomida ko`pdan ko`p
shaharlar va davlatlar yo`q bo`lib
ketdi, ibodatxonalar va saroylar
xarobaga aylandi, faqat piramidalar
vaqtdan qo`rqmaydi, faqat piramidalargina to`rt ming yildan
oshiq vaqt davomida o`zgarmasdan
turibdi.
Eng mashhur piramidalar Memfis
shahri yaqinida uch fir'avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalarjahonning yetti
mo`jizasidan biri, boz ustiga, ular
orasida ham hozirga qadar saqlanib
qolgan birdan bir inshootlardir. Eng
katta piramida Xufu (yunonlar uni
Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600- yilda
qurilgan edi. Uning balandligi 147
metr.
Piramida har biri ikki tonnadan
og`irroq bo`lgan 2,5 million dona
tosh bo`laklaridan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq-rasolik bilan
kesilgan va taroshlanganki, ular
o`rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan
oshmaydi. Piramida ichida dahliz bilan
tutashtirilgan bir qancha xonalar
mavjud. Ulardan birida fir'avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut  sarkofag joylashgan edi.
Tutanxamonning oltin niqobi; Anubis
marhumlar dunyosida marhumni
kutib olmoqda; Mumiyolangan it;
Muqaddas hisoblangan qo`ng`izlar;
Mushuk ko`rinishidagi go`zallik xudosi - Bastet
Misrliklar inson vafot etganidan so`ng
o`zga bir olamga yo`l oladi, bu
hayotda foydalangan narsalarning
hammasi narigi dunyoda ham kerak
bo`ladi, deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojotlar va
qarg`ishlardan iborat bitiklar bilan
qoplangan, ular fir'avnni himoya
qilishi va o`zga hayotga
o`tayotganida unga yordam berishi
mo`ljallangan. Yirik piramidalarni o`rtacha 20 yil
davomida qurishgan. Bu og`ir
mehnat ekanligi sir etnas.
Piramidalarni sfinkslar  tanasi arslon va boshi odamnikisimon
bo`lgan ulkan haykallar qo`riqlaydi.
Yangi podsholik davrida boshqa
ehrom qurmay qo`yishdi. Fir'avnlarni
tog`larga o`yilgan tosh maqbaralarga
dafn etadigan bo`lishdi. Ularga kiraverish yo`llarini bekitib
tashlashgan.
Eng mashhur maqbara fir'avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga
sig`maydigan boyliklar bizga qadar
yetib kelgan. Mumiyolash Qadimgi misrliklar inson vafot
etganidan keyin marhumlar
saltanatiga ketadi, o`sha yerda umrini
davom ettiradi, deb hisoblashgan.
Ammo marhumlar saltanatidagi
hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog`liq bo`ladi.
Tarozining bir pallasiga marhumning
yuragi, boshqasiga esa qush patlari
qo`yiladi. Mabodo tarozi pallalari
tenglashsa, demak, inson bu
dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qil'gan bo`ladi, u vafot etganidan
so`ngra ajoyib bir sharoitda umrini
davom ettiradi. Mabodo, yurak
og`irroq kelsa, demak, inson bir talay
yomon ishlarni qilgan bo`lib chiqadi,
badbashara maxluqlarga yemish bo`ladi. Osiris qarshisida go`zal
qiyofada qad rostlash uchun esa
misrliklar inson jasadini
mumiyolashgan.
Odatda mumiyolash qariyb 70 kun
davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko`pdan ko`p
matolar bilan o`rab chirmashgan,
qimmatbaho taqinchoqlar bilan
bezashgan. Matolar qati orasiga omad
keltiruvchi tumorlar qo`yilgan. Shu
taxlit ishlov berilgan inson mayiti mumiyo deyilgan. Ammo mumiyolash
faqat marhumning izida qolgan boy-
badavlat qarindoshlargagina nasib
etardi, xolos. 

Muqaddas hayvonlar 

Misrliklar diniy e'tiqodiga ko`ra,
xudolar ko`pincha muqaddas
hayvonlar qiyofasida gavdalanadi.
Misrliklar xudolari bir talay bo`lgani
tufayli deyarli barcha hayvonlar xudo
deb hisoblangan. Mushuk, qo`y, ho`kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va
boshqalarni muqaddas hayvonlar
deb bilishgan.
Hasharotlar orasida qo`ng`iz alohida
hurmate'tiborga sazovor edi.
Misrliklar Yer shari ham qo`ng`iz dumalatib borayotgan sharcha
singari osmon kengliklarida aylanib,
kezib yuradi, deb hisoblashgan.
Shuning uchun ham qo`ng`izlar
Quyoshning yordamchilari
hisoblangan. Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga
uyushtirilgan bayramlarda Misrning
jami aholisi ishtiroketgan. Muqaddas
hayvonlarni ham xuddi vafot etgan
odamlar singari mumiyolashgan,
izzat-ikrom bilan dafn etishgan. Tayanch konspekt          piramida  fir'avn maqbarasi
         Xufu Xafra Menkaura
         Xufu (yunoncha  Xeops)  mil. avv. 2600- yillar          sfinks
         Tutanxamon
         mumiyolash  70 kun mumiyo          Bastet  go`zallik ilohasi
