I BO'LIM. 

ILK O'RTA ASRLAR DAVRI 

I BOB. YEVROPA ILK O'RTA ASRLARDA 

1-. XALQLARNING BUYUK
KO`CHISHLARI VA UNING
NATIJALARI

Xalqlarning buyuk ko'chishiari. Milodiy IVVI asrlarda Yevropani,
xunn qabilalari boshlab bergan
Xalqlarning buyuk ko'chishiari jarayoni qamrab oladi. Ushbu
jarayonning qator sabablari bo'lgan.
Avvalo, german qabilalarida aholi
sonining ko'payib borishi natijasida
yangi yerlarga bo'lgan taiabning
oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni
egallashga undaydi. Bundan tashqari,
xunnlarning IV asrdan Sharqdan
hujumlari ko'plab varvar qabilalarini
o'z makonlaridan siljishga majbur
etadi. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi V asrga kelib
ekinzorlarni qo'riqqa, suv havzalari va
ularga yaqin yerlarni esa
botqoqliklarga aylantiradi. Ushbu
omillar xalqlarni yashash va xo'jalik
yuritish uchun yangi qulay hududiarni izlashiga turtki bo'ladi. 

German qabilalari. 

Rim imperiyasining shimoliy chegaralari
bo'ylab joylashgan varvar qabilalari IIIV asrlarda ham urug'chilik
jamoasi darajasida yashar edilar.
Qadimgi german qabilalari (franklar,
vestgotlar, ostgotlar, vandallar,
burgundlar, langobardlar) Reyn va
Elba daryolari havzasida joylashganlar. Germanlar urug'
jamoalari oilalarga bo'linib, har bir oila
yog'ochlardan yasalgan uylarda
yashaganlar. Uylarining tomi poxol
bilan yopilgan. Qishloq tevaragi
himoyalanish uchun tuproqdan uyib yasalgan to'siq va xandaqlar bilan
o'rab olingan. 

Germanlar mashg'ulotlari. 

Asosiy mashg'ulotlari chorvachilik bo'lgan.
Germanlar chorvadan tashqari
parranda boqqanlar, ov va baliqchilik
bilan shug'ullanganlar. Milodiy asr
boshlaridan aholi sonining ko'payishi
xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.
Lekin germanlarda yer xususiy
mulkka aylanmagan. Qabila
oqsoqollari har yili ekin maydonlarini
urug' va yirik oilalarga qur'a bilan
taqsimlab bergan. Erkaklarning asosiy mashg'ulotlari urush
bo'lganidan, yerga ishlov berish
ayollar va qariyalarning yumushi
sanalgan. Ularga bolalar ham yordam
berishgan. Jangdan bo'sh paytlarda
erkaklar ov qilganlar. Urug' jamoalari hamkorlikda
o'rmondagi daraxtlarni kesib, yangi
yerlar ochganlar. Yerga oddiy
yog'och so'qa bilan ishlov berilishi,
yerni o'g'itlanmasligi ekinzorlarni
kuchsizlanib 23 yildan so'ng hosilni keskin kamayishiga olib kelgan.
Germanlarda keyinchalik omochdan
temir plugga o'tilishi mehnat
unumdorligini va olinadigan hosilni
oshirgan.
Rimliklar Rimdan chetda yashab, noma'lum tilda gaplashadigan barcha
xalqlarni "varvarlar" deb ataganlar.
Qadimgi germanlar tarixi haqidagi
boy ma'lumotlarni Yuliy Sezarning
"Galliya urushi haqida xotiralar" va
rim tarixchisi Tatsitning "Germaniya" asarlarida uchratamiz.
Asrlar o'tib dehqonchilikda almashlab
ekish qoilanila boshlandi. Milodiy IV
asrdan bahorgi va kuzgi bug'doy
o'rniga dukkakli ekinlar ekish,
haydalgan yerni ikki dalaga bo'lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali
almashlab ekish deyiladi) biriga don
sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam
berish hamda ularni har yili
almashtirib turish yo'lga qo'yiladi. Bu
hosil miqdorini oshirishi bilan bir vaqtda ekinzorlarni teztez
almashtirish zaruriyatidan xalos etadi.
Germanlar don va dukkakli
ekinlardan tashqari poliz
mahsulotlari, sabzavotlar, shu
jumladan karam yetishtirganlar. Tarixchi Tatsitning yozishicha, germanlar temir va boshqa
ma'danlarni qazib olish, eritishni
bilganlar. Ularda II-IV asrlarda
hunarmandchilikning to'qimachilik,
yog'ochsozlik (xususan qayiq
yasash), zargarlik, teri-ko'nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki
savdoda eng milium ashyo temir
buyumlar hisoblangan. German
qabilalari qo'shnilari rimliklarga: qullar, chorva mollari, teri, qahrabo1 yetkazib berib, ulardan nafis
gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat
buyumlari, vino olishgan. Savdo mol
ayirboshlash shaklida bo'lib, faqat
imperiya bilan chegara hududlarda
rim puli ishlatilgan. Qahrabo  qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma'dan. Germanlarning ijtimoiy tuzumi. Germanlar jamoasi davlat vujudga
kelgunga qadar urug'chilik
bosqichini boshdan kechirgan.
Germanlar hayotida milodning
dastlabki asrlarida urug' jamoasi
tartiblari ustun bo'lsada, yillar o'tib uning ahamiyati pasaya boradi. Bu
paytga kelib yirik patriarxal oilalar
tashkil topgan. Ular ilgari jamoa
bajaradigan, o'rmon kesib yer
ochishni ham o'zlari bemalol
uddalaydigan bo'ladi. Natijada V-VI asrlarda urug'chilik jamoasi
qo'shnichilik jamoasiga aylanishi
uchun sharoit yetiladi.
Milodiy I asrdan germanlar
jamoalarida boshlangan ijtimoiy va
mulkiy tengsizlik dastlab unchalik ko'zga tashlanmagan. Oila boshliqlari
jamoaning erkin vakili hisoblangan.
Ular dehqonchilik va chorvachilik
yumushlarini bajarishdan tashqari
jangchi, xalq yig'ini a'zosi hamda
urug' qabila udumlari, an'analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma'sul
ham edilar. IV asrda germanlarda
mulkiy tengsizlik kuchayib jamoalar
boylar va kambag'allarga ajrala
boshlaydi, jamoalarda zodagonlar,
erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar. Mulkiy tabaqalanishning keyingi bosqichida
germanlarda konung, ya'ni
zodagonlar yo'lboshchisi shakllanib,
uning mavqei kuchaya boradi. Konung  qabila boshlig'i, zodagonlarning oliy vakili. Normann
qabilalarida harbiy yo'lboshchi.
Dastlab konunglar hokimyati kuchli
bo'lmagan. Konung qabiladoshlarini
shaxsiy namuna, ishonch, hurmat
asosida boshqargan. Ularni qabilaning eng boy, obro'-e'tiborli
kishilaridan saylab qo'yishgan.
Konung saylanganidan so'ng qalqon
ustida ko'tarilib olqishlangan.
Germanlar hayotida qabila harbiy
qo'shin boshliqlari o'rni ham muhim bo'lgan. Qo'shin jangchilari turli toifa
vakillaridan, shu jumladan
zodagonlar farzandlaridan ham
tashkil topgan. Harbiy o'ljaning katta
qismi yo'lboshchiga tegishli bo'lgan.
Sababi u bo'linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat
bilan ta'minlagan.
German qabilalari IVV asrlardan
keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi. Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming
kishidan iborat bo'lgan. Yillar o'tib
qabilalarning oliy organi hisoblangan
xalq yig'inlari sekin-asta o'z
ahamiyatini yo'qota boshlaydi. Ular
asosan urush va tinchii'k. konunglarni saylash vazifalarini
bajargan. Harbiy bo'linmalar va
ularning yo'lboshchilari ahamiyati
o'sgan. Alemann, got, franklar  germanlarning eng katta
qabilalaridan bo'lgan.
Milodiy IV asrdan chegara
hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari
Rim noiblariga yollanma harbiy
xizmatga o'ta boshlaydilar. Bu harbiy bo'linmalar rim qo'shinlari yurishlari
paytida alohida jangovar birlik
sifatida qatnashgan. Ba'zida german
qabilalari imperiya chegaralarini
tashqi dushmanlardan himoyalash
vazifasini zimmasiga olgan. Xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida
ularning ijtimoiy taraqqiyoti yariada
tezlashgan. 

Rim imperiyasiga bosqinlar. 

Zaiflashib qolgan Rim qo'shni
varvarlar hujumini to'xtata olmaydi.
Qulchilik zulmidan aziyat chekkan
mahalliy aholi esa german
qabilalariga qarshi chiqmay, ba'zida
ularning tomoniga o'tib ketadi. V asr boshlarida Pireneya yarim oroli va
Galliyaning bir qismida dastJabki
varvarlar davlati  Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari
keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o'z davlatlarini
tuzganlar.
Germanlar istilosi 476-yili G'arbiy Rim
imperiyasining qulashiga olib keladi.
Yevropada yangi  feodal jamiyatiga
o'tish davri boshlanadi.