10-. YANGI DIN BESHIGI

Arabiston. 

Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash
hududlarda yashaganlar. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo'lib, somiylarga
arablardan tashqari: yahudiylar,
ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar
ham mansub bo'lishgan. Bu xalqlar
Qadimgi Sharqning mashhur
davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan.
Ko'chmanchi arablar  badaviylar
(sahroyilar) boshqa chorvador
qabilalar singari: tuyachilik, qo'ychilik
va yilqichilik bilan shug'ullanib
kelganlar. Ular cho'l-dashtlarda: o't- o'lanlar, yantoq o'sadigan
yaylovlarda mollarini boqib, ko'chib
yurganlar.
Arabistonning janubi va g'arbidagi
o'troq dehqonchilik aholisi soy va
jilg'alar, quduqlar bo'ylarida xurmo bogiari va uzumzorlar barpo etganlar.
Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan
janubga, Afrikaga va Hindistonga
boradigan karvon yo'li o'tardi. Buyuk
Ipak yoii mamlakatlarida notinchlik
paytlarida karvon yo'llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o'tib bu karvon
yo'llari bo'yida aholi qo'rg'onlari va
shaharlar vujudga keladi. Ularda
yashagan aholi esa karvon
yo'llaridagi savdogarlar, sayyohlarga
xizmat qilish bilan mashg'ul bo'lgan. Bu qo'rg'onlardan eng yirigi Makka shahri bo'lgan. Ko'chmanchilar
mollarini shaharlarga keltirib, mahalliy
aholidan don, gazlama, qurollarga
ayirboshlagan.
Arabistonning eng taraqqiy etgan
viloyatlari - Yaman va Hijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nom
chiqargan, unda suv yetarli
bo'lganidan mevali daraxtlar,
xurmozorlar bunyod etilgan. "Yaman" arabcha "haq", "baxtli" ma'nosini bergan. Arablarga taqlid
qilgan rim tarixchilari Yamanni "Baxtli Arabiston" (Arabia felix) deb nomlaganlar. Hijoz va Yaman Hindistondan Vizantiyaga ziravorlar, ipak
gazlamalar, marvarid olib boradigan
yo'lda joylashganidan dengiz sohili
bo'ylab shaharlar vujudga keladi.
Cho'l aholisi badaviylar ko'chmanchi
chorvachilik xo'jaligi uchun iqlim noqulay kelgan yillari, qo'shni
mamlakatlar, xususan Hijoz va
Yamanga talonchilik bosqinlari ham
uyushtirib turganlar. 

Ijtimoiy tengsizlikning paydo bolishi. 

Ko'chmanchi badaviylar ko'plab urug'-qabilalardan tashkil
topgan. Qabila yer, yaylov, suv
manbalariga birgalikda egalik qilsa,
mollar ayrim oilalarga tegishli edi. VI
VII asrlarda aholi soni ko'payib
qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi.
Ularda turli ilohlarga sig'inilgani
qabilalar orasidagi ziddiyatlarni
yanada keskinlashtirgan.
Urushlarda olingan harbiy o'ljalar
qabila sardorlari, harbiy yo'lboshchilarning boyib borishi,
natijada urug'-qabila zodagonlari 
shayxlarning shakllanishiga olib
keladi va bu jarayon, VII asrning
boshlarida urug'chilik tuzumining
inqirozini tezlashtiradi. Eron shohi Xisrav I 570-yili Yamanni istilo qilishi bilan karvon yoii
eronliklarga qarashli Ikki daryo
oralig'iga siljiydi. Savdoning inqirozi
uning hisobidan yashovchi Hijoz va
Yaman shaharlaridan boshlab,
ko'chmanchi-badaviylargacha, barcha aholining hayotini
mushkullashtirgan. Bu holat, markazi Makka shahri bo'lgan, asosan quraysh qabilasi yashaydigan Hijozda
ravshan namoyon bo'ladi. 

Islom dini va arablarning birlashuvi. 

Iqtisodiy inqiroz ko'chmanchilarni yangi yerlarni istilo
qilishga, yaylovlarni kengaytirishga
undaydi. Bu paytda arablarga qo'shni
Vizantiya, Eron kabi davlatlarda
iqtisodiy tanglik, kuchli qo'shinning
bo'lmasligi ham arablarga qo'l keladi. Vujudga kelgan vaziyatda
arablarning birlashuviga yangi - islom
dini xizmat qiladi. Islom (arab tilida "itoat", "tobelik") - jahonda keng tarqalgan dinlardan
biridir. Unga e'tiqod qiluvchilar
musulmonlar deb ataladi. Arablar
istilosi va targ'iboti natijasida: Old,
Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo,
Shimoliy va G'arbiy Afrikada keng tarqalgan.
Islom tarixchilari uning asoschisi
bo'lajak payg'ambar Muhammad alayhissalomni 570-yili Makkada.
tavallud topganini yozadilar. Otalari
Abdulloh bu paytda savdo ishlari
bilan Suriyada bo'lib, Makkaga
qaytishida qo'qqisdan vafot etadi.
Ikki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta
tuya, bir necha qo'y va habashistonlik
Barakat ismli cho'ri ayol merosga
qoladi. An'anaga binoan, makkaliklar
jaziramadan asrash uchun har yili
yosh bolalarni tog'dagi yaylovlarda yashovchi banu sa'd qabilasiga
mansub ayollarga berib yuborganlar.
Muhammad (s.a.v.) ham 6 oyligidan
banu sa'dlik Halima ismli ayol tarbiyasiga o'tib, ko'chmanchilar
orasida 4 yil yashaydi. Uning keyingi
hayoti bobosi Abdulmutallib homiyligi ostida o'ta boshladi. Onasi
va bobosining o'limidan so'ng u
amakisi Abu Tolib tarbiyasida qoladi. Islom dini manbalarida yozilishicha,
Muhammad alayhissalomga 610-
yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy
oyatlar ayon bo'la boshlaydi. U
qudratli yakka-yu yagona xudodan,
ya'ni Alloh taolodan o'zga hech qanday xudo yo'q deb, o'zini
rasululloh - xudoning elchisi,
payg'ambari deb e'lon qildi. Qur'on (arab tilida "qiroat", "o'qish")  islom diniga e'tiqod etuvchilarning
muqaddas kitobi bo'lib, Alloh taolo
tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga
vahiy orqali nozil qilingan. Kitob Alloh
taoloning payg'ambar alayhissalom
orqali insonlarga buyurgan amallar majmuasidan iborat. Qur'on yigirma
uch yil davomida nozil qilingan boiib,
114 suradan tashkil topgan.
Dastlab Makka qurayshlari tomonidan
yangi din yaxshi qarshilanmaydi.
Natijada 622-yili Muhammad (s.a.v.) o'z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Bu voqea hijrat (ko'chish) nomini olib, musulmon yil
hisobining boshlanish sanasi
hisoblanadi.
Yasrib Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi
kutib oladi. Musulmon bo'lgan
madinaliklar va ularga qo'shilgan ko'plab arab qabilalarining Makka uchun kurashi muvaffaqiyatli tugaydi.
Shahar jangsiz olinib, muqaddas
dargohlar qabila diniy sanamlari,
ma'budalaridan tozalanadi.
Makkadagi Ka'ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi.
Muhammad (s.a.v.) arab
qabilalarining o'zaro urushlariga chek
qo'yib, islom dinini qabul qilishga
chaqiradi. Keyingi 10-12 yil davomida
Arabiston shaharlari va ko'chmanchi qabilalar birin-ketin Muhammad
payg'ambarga itoat etadi.
630-yilga kelib arablarning katta
qismi musulmon bo'ladi. Makka islom
dinining markazi, barcha
musulmonlar uchun muqaddas shaharga aylanadi. Islom dini asosida
Arabiston yarim orolida ko'chmanchi
va o'troq qabilalarni birlashtirgan
yagona davlat vujudga keladi.