11-. ARAB XALIFALIGI. UNING ICHKI
VA TASHQI SIYOSATI

Xalifalikning vujudga kelishi. 

Muhammad payg'ambar vafotidan
keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632634) xalifalikka ("o'rinbosar")
saylanadi. Uning boshqaruvi paytida
Arabiston yarim oroli aholisi islomni
to'liq qabul qildi. Keyingi xalifa Umar (634644) islom dunyosida o'zining
sahiyligi, adolatparvarligi va din
masalalarida qat'iyligi bilan shuhrat
qozongan. Uning davrida arablar
Falastin, Suriya, Misr va Liviyani,
Eronning katta qismini istilo qilgan. Manbalarda yozilishicha, xalifa Umar
637-yili Quddusga tuyada yetib
keladi. Tuya ustidagi xurjunning bir
tomonida arpa uni, ikkinchi tomonida
 quritilgan xurmo va ko'zachada
suv solingan edi. Quddusga yaqinlashgan Umarni qarshilash
uchun, shahar hokimlari, ulardan biri
arab Xuaydod, ikkinchisi yepiskop Safroniylar chiqishadi. Sulh tuzilib, qasamyod qilinadi. Xalifa hokimlar
so'ragan va ularning odatlari hamda
qonunlariga asoslangan yorliqni
topshiradi. Ma'lumki, 135-yili rimliklar
yahudiylarni Quddusdan haydagan.
Xalifa Umar keyinchalik, yahudiylarni shaharga qaytishiga ruxsat beradi.
Shartnoma imzolanganidan so'ng
Umar shaharga kiradi. U Sulaymon
ibodatxonasi xarobalari o'rnida
arablar uchun masjid qurishni
buyuradi. Yepiskop Safroniy Umarga yangi kiyim-bosh keltirib, undan
sovg'ani qabul qilishini qat'iy iltimos
qiladi. Lekin Umar in'omni olishni
istamay hech kimdan hech narsa
olishi mumkin emasligini uqtiradi. Gap
shundaki, Umar palma barglaridan yelpig'ich yasab, uni sotishga berar va
shu mablag'i hisobidan kiyim-kechak
sotib olardi. U o'z mehnati hisobidan
tirikchilik qilardi. Safroniy undan
in'omni olishini o'tinib so'raganida, u
mezbonga hurmati yuzasidan kiyimlarini yuvib, quritib
berganlaridan so'ng qaytarishini
ta'kidlaydi. Umar toza kiyimlarini
qaytib olib, sovg'ani qaytaradi.
Quddusda biroz yashagan xalifa,
Yasribga, o'z shahriga qaytadi. Usmon xalifaligida (644-656) Eron to'liq bosib olingan. Arab qo'shinlari
Dog'istonni egallab Amudaryo
sohillariga chiqadi. Usmon davrida
Qur'on oyatlari to'planib yagona kitob
holiga keltirilgan. Payg'ambarimiz
sahobalaridan so'nggi xalifa AH (656 661) hukmronligi o'z raqiblari bilan
to'xtovsiz urushlarda o'tadi.
Xalifalik qo'shinlari VIII asr boshlarida
Shimoliy Afrikani to'liq bo'ysundiradi. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo'shini 711-yili, keyinchilik uning
nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at
Tariq  "Toriq tog'i" so'zidan)
bo'g'ozidan o'tib Ispaniyani bosib
oladi. Yevropaga yurishlar Bordo shahri bo'sag'alariga qadar davom
etadi. Puate jangida 732-yili franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Fransiyaga
yurishlariga chek qo'yadi.
Sharqda arablar Kavkazorti va O'rta
Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga
o'tkazadi. Xalifalikning Sharqqa
yurishlari O'rta Osiyoda Talas, Hindistonda Mo'ltonga qadar davom
etadi. Natijada VII-VIII asrning
birinchi yarmida ulkan hududlarni
egallagan davlat  Arab xalifaligining tashkil topishi bilan tugaydi. Bu davlatning poytaxti Damashq shahri bo'lgan. 

Xalifalikda yer-mulk munosabatlari. 

Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi yerlar
davlatniki deb e'lon qilinsa-da,
amalda avvalgi egalari qo'lida qoladi.
Suriya va Eron istilo etilgach, arab
zodagonlari xalifaga bosib olingan
yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar. Lekin xalifa Umar yerni egalarida qoldirishni buyuradi.
Istilo qilingan mamlakatlar
hukmdorlari, janglarda halok bo'lgan
amaldorlar, hokimiyat vakillari yerlari
xalifalik xazinasiga o'tardi. Bunday
yerlar nihoyatda katta maydonlarni tashkil etgan. Xalifalik Iroqning
janubidagi yerlarning o'zidan har yili
7 million dirham daromad olgan.
Arablar joriy etgan yer solig'i  xiroj hosilning 1/3 ni tashkil etgan. Islomni
qabul qilmagan boylardan 48, o'rta
hollardan 24, kambag'al dehqon va
hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya
solig'i olingan. Chorva mollari va
savdodan olingan zakot 1/40 hissani tashkil etgan. Xalifalikda qullar
mehnatidan ham foydalanilgan. 

Arablarga qarshi xalq qo'zg'olonlari. 

VIIIIX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq
qo'zg'olonlari boiib o'tgan. Iroqning Kufa shahrida 685-yili ko'tarilgan qo'zg'olorida arab va forslar 
shahar kambag'allari va
hunarmandlar qatnashgan. Bu
qo'zg'olon 687yilga qadar davom
etgan.
O'rta Osiypning janubi Marv vohasida 747-yili Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olonda aholining barcha
toifalari: dehqonlar, savdogarlar,
hunarmandlar, kadivarlar, qullar
keng ishtirok etadi. Qo'zg'olon
Movarounnahr va Xurosonni qamrab
oladi. Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olon natijasida Umaviylar
hukmronligi (661-750) tugatilib,
xalifalikda boshqaruv yangi sulola Abbosiylarga (750-1258) o'tadi. Arab xalifaligi 632-1258-yillarda faoliyat yuritgan. Unda Umaviylar (661-750) va Abbosiylar sulolalari (750-1258) hukmronlik qilgan. Movarounnahr markazi Sug'diyonada
769783-yillari Muqanna boshchiligida yirik xalq qo'zg'oloni
bo'lib o'tadi. Qo'zg'olonchilar uzoq
yillar arab qo'shinlari hujumlarini
muvaffaqiyatli qaytaradilar.
Ozarbayjonda 815-yili Bobek boshchiligidagi qo'zg'olon ham 20
yildan ortiq davom etadi. Tarixda "qizil ko'ylaklilar" nomini olgan bu qo'zg'olon qatnashchilari shiori: "Qirq yil qui bo'lib yashagandan bir kun
ozod bo'lib yashagan ma'qul!" - bo'lgan.
Xalq qo'zg'olonlari, urushlar,
hokimiyat uchun kurashlar
xalifalikning siyosiy inqirozini
boshlab beradi. Xalifalikdan birinchi
mustaqil amirlik 756-yili Ispaniyada tashkil topdi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oldi. IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va
Xuroson mustaqillikka erishadi.
Abbosiylar qo'lida Yaqin Sharq va
Arabiston yarim oroli qoladi xolos,
Mo'g'ul xoni Xuloku 1258-yili Bag'dodni olib, Arab xalifaligiga chek
qo'yadi.