12-. XALIFALIK MAMLAKATLARI MADANIYATI

Islom madaniyati va O'rta Osiyo . 

Jangari arab qabilalari tomonidan
istilo etilgan mamlakatlarda yangi 
arab sivilizatsiyasi vujudga keldi.
Uning paydo bo'lishida islom dinining
ahamiyati nihoyatda kattadir.
G'arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o'lkalariga kelgan arablar
dastlab yunonlar, yahudiylar,
suriyaliklar, forslar, sug'diylarga
nisbatan qoloq edilar. Ammo ushbu
xalqlar madaniyatini o'zlarida
singdirib, yanada yuksakroq madaniyatning yaratilishiga sharoit
yaratdilar. Xususan, xalifa Horun ar- Rashid saroyida, IX asr boshlarida "Bayt ul-hikma" - "donishmandlik
uyi" tashkil etiladi. "Bayt ul-hikma" - olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa
Horun ar-Rashid (786-809)
Bag'dodda tashkil etgan. Ma'mun
davrida o'ziga xos ilmiy maktabga
aylangan. Uning tarkibida juda katta
va boy kutubxona mayjud boigan. Kutubxonada hind, yunon, suriya,
arab, fors tillarida 400 ming jild
qo'lyozma kitoblar saqlangan. "Bayt
ul hikma"da olimlar chet tildagi
murakkab tushunchalarni
ifodalashga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni
boyitishga katta hissa qo'shdilar. Uni
Platon akademiyasi bilan qiyoslash
mumkin.
Bu davrda aniq fanlar  matematika,
astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti kuzatilib, bu jarayon
hunarmandchilik va savdoning
yuksalishi natijasi bo'ladi. Zamonlar
o'tib xalifalikda ixtiro qilingan globus
va usturlob (astrolyabiya)dan barcha
mamlakatlarda foydalana boshlanadi. Yevropa tibbiyoti esa XVII asrning
o'rtalariga qadar bilim va amaliy
tavsiyalarni O'rta Osiyoda yetishib
chiqqan alloma: Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylar asarlaridan olgan.
Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy (IX asr) matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga
asos soladi. Matematikada foydalana
boshlangan hind raqamlari,
keyinchalik Yevropaga ham, faqat
arab raqamlari nomi bilan tarqaladi.
Bag'dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilib, ularda murakkab
o'lchovlardan foydalangan
astronomlar yer sharining meridianini
hisoblab chiqadilar. Arab sayyohlari
yevropaliklardan bir necha asr avval
Hindiston va Xitoyda, Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chekka
rayonlarida bo'lib qaytadilar. Al- Ma'sudiy, Ibn Dast, Ibn Fadlan, Ibn
Battuta ushbu o'lkalar haqida asarlar yozib, xaritalarini tuzganlar. Adabiyot. Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi.
Keyinchalik X asrdan u fors tiliga
tarjima qilina boshlaydi.
Musulmon she'riyati ayniqsa yuksak
darajaga erishib, uning ko'plab turlari
shakllanadi. She'riyat sohalari rang- barang: afsonaviy qahramonlar
haqidagi dostonlar, saroy she'riyati,
sevgi haqida qissalar, diniy she'riyat,
marosimlar va hokazolarga bo'lingan.
Musulmonlar qisqa hayotiy
hikoyalarni yoqtirganlar. Ko'pgina yozuvchilar bu sohada yuksak
mahoratga erishganlar.
Savdogar va sayyohlar uzoq
o'lkalardan faqat g'aroyib
buyumlarnigina emas, ajoyib
sarguzashtlari haqida hikoyalar, o'zga xalqlar afsonalari, ertaklarini ham olib
kelganlar. Ular bu haqda xalifa
saroyida, zodagonlar bazmlarida,
bozor va ko'cha-kuylarda so'zlab
berganlar. Ushbu sarguzashtlar,
afsona va ertaklar asosida arab adabiyotining ajoyib durdonasi "Ming bir kecha" yaratiladi. Me'morchilik. Xalifalikda san'atning barcha sohalariga nisbatan
me'morchilik yuksak taraqqiy etgan.
Xalifalik tarkibidagi mamlakatlarda
muhtasham saroylar, masjid-u
madrasalar, qal'alar bunyod etilgan.
Granada (Ispaniya)dagi Al-Humro saroyi, Kordova (Ispaniya)dagi masjid, Qohiradagi Hasan masjidi, Buxorodagi Ismoii Somoniy maqbarasi  arablar davri me'morchiligi durdonalari
hisoblanadi. Binolarning peshtoqlari,
minoralari toshga o'yilgan naqshlar,
rangli sopol plitkalar, arab yozuviga
o'xshash, jimjimador  arabeska
naqshlari bilan bezatilgan. Xalifalik madaniyati asosiy
sohalaridan yana bin xattotlik -
husnixat san'ati bo'lgan. Xattotlar
ydzish uchun zarur bo'lgan matn
mazmuniga monand yozuvning turli
uslublarini ixtiro qilganlar. Qur'oni karimdan olingan oyatlar, islom
me'morchiligi durdonalari bo'lgan
binolarning ichki va tashqi
tomonlarini bezashda keng
qo'llanilgan. Xattotlik san'ati yuksali
shiga Ispaniyadan, Buxoro va Hindistonga qadar hududlarda
yashagan, hamda arab yozuvidan
foydalangan xalqlar o'z hissalarini
qo'shganlar. 42-rasm. Kordova masjidi. Mehrob oldidagi naqshinkor gumbaz. 43-rasm. Qohira. Hasan masjidi. Sharq madaniyati Yevropa
madaniyatining keyingi taraqqiyotiga
o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.
Keyingi asrlarda yevropalik olimlar
Osiyo mamlakatlarining matematika,
tibbiyot, astronomiya, kartografiya sohalaridagi yutuqlarini
o'zlashtiradilar. San'at. Ma'lumki, islom dinida tirik jonzotlarni tasviriash taqiqlangani
haqidagi aqida keng tarqalgan. Aslida
esa xudoni tasviriash, shuningdek,
tasvirlangan narsalarga sig'inish
taqiqlangan. Musulmon tasviriy san'ati
kitoblarni bezash sohasida o'zining yuksak cho'qqisiga erishadi.
Kitoblarga ko'p sonli odamlar va
hayvonlarni tasvirlagan bezaklar
tayyorlangan. Matn murakkab
naqshlar bilan o'rab olingan. Lekin
musulmonlar san'atining asosi tasvir emas, xattotlik, ya'ni chiroyli yozish
san'ati bo'lgan. Agar xristianlar
uchun eng muqaddas tasvir
xochdagi xudo siymosi bo'lsa,
musulmonlar uni xudoning so'zida
tasvirlaganlar. So'zni muqaddas bilganlar. Musulmonlarning
xattotlikdagi muvaffaqiyatlari
hayratlanarli. Xattotlar ko'plab yozish
usullarini ixtiro qilib, ulardan
yozilayotgan matn mazmuniga qarab
foydalanishgan. Musulmon diniy muassasalari, masjid va
madrasalarning ichi va tashqarisini
Qur'on oyatlari bezab turgan. Idishlar,
qimmatbaho matolar, qurollar,
purhikmat she'rlar va muqaddas
so'zlar bilan bezatilgan. Tashqaridan qaraganda musulmon dunyosi
Allohga hamd-u sanolar bilan
bezatilgandek tuyulgan. Xattotlik
san'atining yuksalishiga, Eron,
Xuroson, Movarounnahr hududlarida
yashagan aholi vakillarining qo'shgan hissasi beqiyos bo'lgan.
Axir ularning barchasi qaysi tilda
so'zlashmasin, arab yozuvidan
foydalanganlar. Arab yozuvi Suriyada
VI asrda oromiylar yoki arab
xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan. U 28 ta
harfdan iborat, arab yozuvi chapdan
o'ngga emas, o'ngdan chapga tomon
bitiladi. 

Turmush tarzi. 

Musulmonlar turmush madaniyati o'zining nafisligi, yuksak
didliligi bilan ajralib turgan. Ularning
ayrim jihatlari keyinchalik
yevropaliklar tomonidan qabul
qilingan. Musiqachi va qo'shiqchi Ziriyab IX asrda yashagan. U Bag'dodda xalifa Horun ar-Rashid
saroyida xizmat qilgan. Yillar o'tib u
Ispaniyaga ko'chib keladi. Ziriyab
hayotga yangi kiyimlar, tartiblar
kiritishda beqiyos shaxs bo'lgan. U
turli fasllarda mavsumga qarab kiyinish tartibini joriy etgan. Ziriyab
oltin va kumush idishlarga nisbatan
yupqa shishadan buyumlaming
nafisligi va qulayligiga bazm
tashkilotchilarini ishontira oladi.
Bazmda taomlarni: dastlab suyuq sho'rvalar, so'ng go'shtli taomlar,
undan keyin qush go'shti va nihoyat
eng oxirida  shirinliklarni tortish
tartibini joriy etadi.
Rim va Vizantiya davridan Yaqin
Sharqda aholining hammomlarda yuvinishga havasi katta bo'lgan.
Musulmonlar bu odatni o'zlashtirib,
o'z hukmronliklarini o'rnatgan barcha
o'lkalarga tarqatganlar. Yirik
shaharlarda yuzlab hammomlar
qurilgan. Ular marmardan ishlangan, devorlari mozaika va naqshlar bilan
bezatilgan, tozalik, pokizalikka katta
e'tibor qaratilgan. Hammomlar - Yunonistonda miloddan avvalgi VIV asrlarda
xususiy, davlat va ommaviy
hammomlar bo'lgan. Rim
imperiyasida termlar (yunoncha - issiq hammomlar) deb atalgan.