13-. HINDISTON ILK O'RTA ASRLARDA

Mamlakatdagi ichki vaziyat. 

Kushonlar imperiyasining inqirozidan
so'ng Hindistonda hokimiyatni
egallagan Chandragupta I (320 340) guptalar sulolasiga asos soladi.
Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo'lgan. IV asrning oxiri  V asr boshlarida
Guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi.
Ayni shu paytdan Hindistonda
mulkchilik munosabatlari vujudga
keladi.
Hindistonda Guptalar imperiyasi davrida mulkchilik munosabatlari
shakllana boshlandi.
Hukmdorlar o'z yaqinlari 
amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer-
mulklar in'om etganlar. Natijada, IV
V asrlar davomida yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular
dehqonlardan soliqlarni to'lashdan
tashqari, mehnat majburiyatlari
o'tashni ham joriy etadi. Ilk o'rta
asrlarda mamlakat aholisining kasta-
varna (toifa)larga bo'linishi: braxrnanlar, kshatriyalar, vayshilar va
shudralar saqlanib qoladi.
Braxmanlar mayit va hatto oigan
hayvonlarga ham tegishi mumkin
emasdi. Hayvon terisini esa maxsus
ko'nchi - shudralar shilishgan. Braxman kohinlarga soqolini o'zi
olishi, kirlarini yuvishi ham
taqiqlangan, ular uchun bu
yumushlarni shudra - xizmatkorlar
bajargan. SupUrish-sidirish ishlarini
ham faqat shudralardan bo'lgan xizmatkorlar, farroshlar qilganlar.
Ilk o'rta asrlarda Hindistonda
shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof
feodal ko'rinishda bo'lmasdan,
qulchilik udumlari ham ma'lum
darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda
emas, ko'pincha uy yumushlarida
foydalanishgan. Xo'jayin qulni yegulik
bilan ta'minlashdan tashqari unga
yilda bir marta kiyim ham olib bergan. 

Mamlakatda siyosiy tarqoqlik. 

Hindistonning shimoli-g'arbidan VI
asrda bostirib kirgan eftaliylar
hujumlari ostida Guptalar imperiyasi
parchalanib, mamlakatning katta
qismi istilochilar qo'liga o'tadi.
VII asrda Hindistonda bo'lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyan ning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-
kichik knyazliklar bo'lgan. Knyaz  rojalar o'zlarining ko'psonli yaqinlari va xizmatkorlari bilan hashamatli
saroylarda yashaganlar. Rojalar
qarindoshlari, a'yon va amaldorlariga
yer-mulk hamda ularda yashagan
aholini taqdim etganlar. Davlat
yerlarining qolgan qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Braxman  kohinlar
qo'lida ham ko'plab ekin maydonlari
to'plangan. Manbalarda yozilishicha,
o'ta taqvodor rojalardan biri
knyazligidagi 1400 qishloqni
ibodatxonalarga in'om etgan ekan. Rojalar o'rtasida tinimsiz urushlar
bo'lib turgan. Qo'lga kiritilgan o'ljalar,
yerlar g'oliblar orasida taqsimlangan.
Rojaning yaqin qarindoshlari,
a'yonlari o'nlab, ba'zida yuzlab
qishloqlar va unda yashagan aholisi bilan; amaldorlar esa bitta yoki bir
qishloqning yarmi bilan taqdirlanishi
ham mumkin edi. In'om etilgan yer
maydoni grass ("bo'lak" yoki
"qultum") deb nomlanib, uni olgan
shaxs harbiy xizmat o'tab berishi lozim bo'lgan. O'z xonadoniga
mansub boimagan amaldorlarga
rojalar yerni ma'lum muddatga
foydalanishga berganlar. Bunday
yerlar patta ("yorliq" yoki "yorliqqa olingan yer") deb nomlangan.
Pattadan alohida xizmat ko'rsatgan
kishilarni taqdirlash uchun ham
foydalanishgan. Mulkchilik
munosabatlari mustahkamlanib
borishi bilan patta yerlari ham avloddan-avlodga o'tadigan merosiy
mulkka aylana boshlagan.
O'zaro urushlardan kuchsizlanib
borgan Hindistonni chet bosqinchilar
ham talaganlar. Xususan, Arab
xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari
hukmdorlari XI asrdan Hindistonga
hujum boshlaydilar. G'azna hukmdori
Mahmudning qo'shinlari XI asr
boshlarida mamlakat shimoliga 17
marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. Ma'lum muddat o'tib
Hindistonning shimoliy qismi
musulmon hukmdorlari tomonidan
to'liq bosib olinadi. 

Aholining mashg'ulotlari. 

Sharq xalqlari ertaklarida Hindiston
afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida
tasvirlangan. Yevropada hind
rojalarining boyliklari haqida turli
afsonalar tarqalgan.
Aslida ushbu boyliklar xalqning mashaqqatli mehnati evaziga
yaratilgan. Dehqonlar daryolardan
kanal va ariqlar chiqarib, yangi
yerlarni o'zlashtirganlar va undan
yiliga 23 marta hosil olganlar.
Serunum maydonlarda: sholi, paxta, shakarqamish, ziravorlar va choy
yetishtirilgan. Asrlar o'tib bu ekinlar
qo'shni mamlakatlarga ham
tarqalgan.
Hind hunarmandlari o'z mahoratlari
bilan shuhrat qozonganlar. Ular tomonidan tayyorlangan zargarlik
buyumlari, oltin va kumushdan
yasalgan idishlar, Hindistondan
chetda ham yuksak baholangan. Fil
suyagi, yog'ochning qattiq navlaridan
yasalgan odam va hayvonlar haykalchalari, faqat hind rojalari
emas, xorijiy davlatlar hukmdorlari
saroylarini ham bezagah. Yog'ochdan
yasalgan oddiy dastgohlarda
to'quvchilar nafis gazlamalar
tayyorlaganlar. 

Savdo-sotiq aloqalari. 

Hindistonning g'arbida ko'plab
dengiz porti shaharlari bo'lib, ularga
chet o'lkalardan turli buyumlar
keltirilar va o'z navbatida hind
hunarmandlari tayyorlagan xilma-xil
buyumlar dunyoning turli burchaklariga olib ketilardi. Eng yirik
port-shahar Kalikut hokimini "dengiz xo'jayini" deb atashardi.
Shaharlardagi gavjum bozorlarda
mahalliy va boshqa mamlakatlardan
keltirilgan buyumlar sotilardi. Xitoy,
Afrika, Arabiston, O'rta Osiyodan
ko'plab savdogarlar gazmol, zargarlik buyumlari, atir-upalar, ziravorlar olish
maqsadida hind shaharlariga
kelishardi. Hindiston bilan savdoda
yetakchi o'rin tutgan arab
savdogarlari port-shaharlarda hatto
o'z mavzelariga ham ega edilar. 

Hind madaniyati. 

Hind olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot
sohalarida katta yutuqlarga erishgan.
Ayrim hind shaharlarida osmon
jismlarini kuzatish uchun
rasadxonalar qurilgan. Hind
astronomlari tadqiqotlari ularga Yerning aylana shaklda ekanligi va
o'z o'qi atrofida aylanishi farazini
yaratishiga imkon beradi. Tabiblar
murakkab jarrohlik asboblari va
og'riqni bosadigan dori-darmonlar
ko'magida jarrohlik rnuolajalarini o'tkazganlar. Davolashda maxsus
tayyorlangan suyuq va quyuq
dorilardan foydalanilgan.
Hind me'morchiligi o'zining rang-
barangligi bilan ajralib turgan. O'rta
asrlarda qurilgan ko'plab ibodatxonalar, saroylar hozirga
qadar saqlanib qolgan. Hindistonda
katta qoyatoshlar yoki g'orlar ichida
o'yib ishlangan ibodatxonalar ham
bo'lgan. Ulardan eng mashhuri
miloddan avvalgi II asrdan - milodiy VII asrga qadar g'or ichida o'yib
ishlangan Ajanta (Markaziy Hindiston) ibodatxonalari
majmuasidir. Qadimgi me'morlar
qoyalarga o'yib ishlangan 29 ta
xonadan iborat ibodatxonalarni turli
haykallar, o'yma naqshlar bilan
bezashgan. Ibodatxonalarda xudolar, odamlar va hayvonlarning
tosh va jezdan yasalgan ajoyib
haykallari o'rnatilgan.