14-. XITOY V-XI ASRLARDA

Xitoyning birlashishi. 

Qadimgi Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o'rnida 3 ta
mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi. Ayni shu paytdan
Xitoyda yerga egalik munosabatlari
shakllana boshlaydi.
Xitoyning birlashuviga VI asrning
ikkinchi yarmida Turk xoqonligi
istilosi xavfi turtki bo'ladi. Mamlakatni cheklanmagan hokimiyatga ega
bo'lgan imperator, Suy sulolasi (589 618) vakili boshqargan. Uning
ixtiyorida kuchli qo'shindan tashqari,
ko'p sonli sodiq amaldorlari ham bor
edi. Mamlakatning markazlashuvi to'rt
asr davom etgan o'zaro urushlarga
chek qo'yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib keladi. Ekin
maydonlari kengayib, aholi soni
ko'paydi, savdo-sotiq jonlanib,
shaharlar yuksala boshlaydi. Yangi
hokimiyat soliqlarni tartiblashtirib, pul
islohoti o'tkazadi. III asrda Xitoyda yer egaligi
munosabatlari shakllana boshlaydi.
Suy sulolasi (589-618) davrida Xitoy
markazlashgan, o'zaro urushlaiga
barham berilib, iqtisod va madaniyat
yana rivoj topa boshlagan. Mamlakat viloyatlari orasidagi
iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash,
Xuanxe va Yanszi daryolari
oralig'idagi hududlarni savdo-sotiq
munosabatlariga tortish maqsadida
 Buyuk kanal quriladi. Bu tadbir mamlakat miqyosida yagona suv
yo'lining barpo etilishidan tashqari,
sharqiy viloyatlarni dengizga
chiqishiga sharoit yaratadi. Lekin Suy
sulolasining boshqaruvi uzoq davom
etmaydi. Xitoyning shimoli-g'arbidagi mahalliy
hokimlardan biri Li Yuan 618-yili taxtni egallab Tan sulolasiga (618-907) asos soladi. Li Yuan - Tan sulolasiga (618-907) asos soladi. 

Yer egaligi munosabatlari. 

Tan imperiyasi boshqaruvi davrida
Xitoydagi barcha yerlar davlatniki deb
eion qilinadi. Mamlakatning barcha
hududlarida dehqonlarga kichik-
kichik yer maydonlari ijaraga beriladi.
624-yili qabul qilingan qonunga ko'ra, har bir xo'jalik uyhovlisi
o'rnidan tashqari 80 mugacha (1 mu -
6 sotix) haydaladigan yerni ijaraga
olish huquqiga ega boiadi. Har bir
xonadonga o'z bog'ida mevali
daraxtlardan tashqari, yana tut daraxtini o'stirishi majburiy etib
qo'yiladi. Yangi qonunga binoan,
dehqon o'z hovlisi va tomorqasini
sotishi, garovga qo'yishi mumkin edi.
Ammo davlat tomonidan ajratilgan
yerni sotish taqiqlangan. Davlatdan olingan yer hisobiga dehqon turli
soliqlar to'lashidan tashqari, mehnat
majburiyatini ham o'tab bergan.
Xususan, manbalarda Loyan Buyuk
kanali qurilishiga 2 million, Buyuk
Xitoy devorini qurish va ta'mirlashga 1 milliondan ortiq kishi jalb etilgani
haqida yozilgan.
Imperator o'z a'yonlari,
lashkarboshilari, amaldorlari va
zodagonlarga yirik yer maydonlarini
taqdim etgan. Jumladan, ayrim a'yonlarning mavqelari: unvon va
lavozimlariga qarab 500 dan 10 ming
mugacha yer bilan taqdirlanganlar.
Manbalarda alohida xizmatlari uchun
harbiy yoki amaldorga 300 dan 6
ming mugacha yer berilgani qayd etilgan. Imperator taqdim etgan yerlar
soliqlardan ozod qilingan. 

Shaharlar, hunarmandchilik va savdo. 

xitoyda VI asrdanoq shaharlar binnuncha yuksaladi.
Chegara hududlarida yangi shahar-
qal'alar bunyod etila boshlaydi.
Dengiz va daryo portlarida,
xomashyo serob joylarda, savdo-
hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi. Buyuk
kanal hamda dengiz sohillari bo'ylab,
VII asrdan Xanchjou, Kayfin, Yanchjou shaharlarining yuksalishi ham savdo-sotiq va
hunarmandchilikning rivojlanishi
bilan bog'liq edi. Ushbu jarayon
qonunlarni kuchaytirishni taqozo
etib. Tan imperatorlari shaharlarda
kechasi ko'chaga chiqishni taqiqlaydi. Shahar darvozalari kechasi yopib
qo'yilgan. Shahar devoridan kimda-
kim kechasi oshib o'tsa, 70 darra
kaltaklanishi joriy etilgan. Albatta bu
tadbirlar shaharlarda tinchlik-
osoyishtalikni, mol-mulk dahlsizligini saqlashga qaratilgan.
VIIVIII asrlarda Xitoyda tog'-
konchilik sohasi, chinni va sopol
buyumlar ishlab chiqarish ham
yuksaldi. Ayni paytdan shahar
hunarmandlari kasb uyushmalari (sexlarini) tuzib, ma'lum kasbdagi
hunarmandlar alohida ko'cha va
mavzelarda joylasha boshlagan.
Xitoyning markazlashuvi ya iqtisodiy
taraqqiyot savdo-sotiqning ham
yuksalishini ta'minlaydi. Eng yirik bozor Yanchjouda bo'lib, bu shahar suv va quruqlik savdo yo'llari
kesishgan joyda joylashgan edi.
Ushbu davrda vujudga kelgan
yarmarkalar ham ichki savdoning
kengayishiga xizmat qilgan. Xitoyda
VII asrdan yagona pul - syanning joriy etilishi ham iqtisodiy yuksalishga
xizmat qiladi. Zarb qilingan
tangalarning o'rtasida to'rtburchak
teshigi bo'lib, u pulni ipga tizishga
mo'ljallangan edi. 

Tashqi siyosat. 

Tan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy Turk
xoqonligiga qarshi katta urushlar olib
boradi. Imperator qo'shinlari 640-yili
Buyuk Ipak yo'li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag'lub etadi. Shundan so'ng uyg'urlarga qarshi
uzoq yillar davom etgan urushlar
boshlanadi. G'arbiy Turk xoqonligiga
qarshi 657-679-yillardagi urushlar
ham Xitoy qo'shinlari g'alabasi bilan
tugaydi. Koreyaga qarshi 668-yili boshlangan urush, uning poytaxti Pxenyan ning olinishi bilan yakunlanadi.
Xitoy VIIVIII asrlarda faol tashqi
siyosat olib borib, Turk xoqonligi,
Arab xalifaligi, Vizantiya, Yaponiya va
Hindiston bilan diplomatik aloqalar
o'rnatgan. Yangi Sun sulolasi davrida (960-1279) Xitoyning xalqaro
aloqalari yanada kengayadi. Bu
paytda O'rta Osiyo, Hindiston,
Hindixitoy, dengiz orqali Yaponiya va
Indoneziyalar bilan savdo olib
boriladi. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda Suy
(589-618), Tan (618-907), U Day
(907-960) va Sun (960-1279)
sulolalari hukmronlik qilgan. 

Xitoy madaniyati. 

Eng qadimgi yozuvlardan birini ixtiro qilgan
xitoyliklar, undan hozirga qadar
foydalanib kelmoqdalar. Xitoyda
tabiiy fanlar: matematika,
astronomiyadan tashqari, geografiya,
tarix sohalari yuksak rivojlangan. Unda VIII asrdayoq eng qadimgi ilmiy
muassasalardan biri Xanlin akademiyasi tashkil qilingan. Xitoyliklar X asrda selitradan porox olishni kashf qiladilar. Dastlab
mushakbozlikda ishlatilgan
poroxdan, keyinchalik (XI asr
boshidan) harbiy maqsadlarda
foydalana boshlanadi. Xanlin akademiyasi Xitoydagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri. Poroxni dastlab xitoyliklar kashf qilgan.
Xitoyda tarixiy solnomalar tuzishga
alohida e'tibor qaratilgan. Xususan Sun sulolasi davriga oid 500 jildlik solnomalar bizga qadar saqlanib
qolgan.
Yirik shaharlarda maktablar tashkil
etilib, ularda bo'lajak amaldorlarni
tayyorlashgan. O'quvchilardan
matematika, grammatikadan tashqari, falsafa va adabiyotni bilish talab
etilgan.
Xitoy me'morlari toshdan,
yog'ochdan, marmar va temirdan
foydalanib ajoyib saroylar,
ibodatxonalar, minoralar va ko'priklar bunyod etishgan. Xitoy
rassomlari ipak, qog'oz, yog'och va
toshda o'zlarining ajoyib san'at
asarlarini yaratganlar.
Rassomchilikning devoriy rasmlar
chizish sohasi ayniqsa rivoj topgan. Pekinda VIII asrdan "Poytaxt axboroti" nomli gazeta chiqariladi. Unda imperator farmonlari va eng
muhim voqealar haqida xabarlar
berib borilgan. Gazetani yog'ochda
o'yib yozilgan matndan
ko'paytirishgan.
Xitoy tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o'tkazib, turli
o'simliklarning shifobaxsh
xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-
darmonlar tayyorlaganlar. Xitoyda
dastlabki pantomima  imo teatri tashkil etilgan. Buddizmning tarqalishi
nafaqat xitoyliklar hayotiga, balki
ularning me'morchiligiga ham katta
ta'sir ko'rsatadi.
VIII asrda "Poytaxt axboroti" nomli gazeta chiqarilgan.
Xitoyda dastlabki pantomima  imo teatri tashkil etilgan.