II bo`lim. Dunyo xalqlari o'rta asrlarning rivojlangan davrida (Xl XV asrlar) 

III BOB. HUNARMANDCHILIK VA SAVDO-SOTIQNING RIVOJLANISHI. SHAHARLARNING YUKSALISHI 

15-. YEVROPADA O`RTA ASR SHAHARLARINING SHAKLLANISHI

Xo'jalik taraqqiyoti. 

Yevropada X XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalib,
u eng avvalo hunarmandchilikda
kuzatiladi. Mehnat qurollarining
takomillashuvi, ustalar mahoratining
oshishi hunarmandchilikni
dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi. Mehnat qurollari,
ritsarlarning qurol-aslahalari, himoya
anjomlari tayyorlash uchun ko'plab
metall zarur edi. Ehtiyojning oshishi
Yevropada temir rudasini kovlab
olish, eritish va ishlov berishni tezlashishiga olib keladi.
Zig'irpoyadan to'qilgan gazlamalar
odamlarni qoniqtirmay, jundan mato - movut to'qiy boshlaydilar. Gazlama to'qishda yotiq dastgohlardan
foydalanish ishning unumdorligi va
mahsulot sifatini oshiradi.
Dehqonchilikda olinadigan hosilning
oshib borishi, hunarmandchilik va
savdoning yuksalishiga yo'l ochadi. Aholining ko'payib borishi
o'rmonlarni kesib, yangi yerlarni
o'zlashtirish, ekin maydonlarini
ko'paytirishni talab qiladi. Qishloq
xo'jaligida g'alla yetishtirishdan
tashqari, bog'dorchilik, uzumchilik polizchilik, rivojlanadi. Vinochilik,
yog'-moy olish, tegirmonchilik
sohalari xuddi shu davrdan yuksala
boshlaydi.
Dehqonchilikda ikki dalali almashlab
ekish o'rnini uch dalali almashlab ekish egallaydi. Unda ekinzor uchga
bo'linib, birinchi qismiga kuzgi,
ikkinchisiga bahorgi g'alla ekilsa,
uchinchi maydon shudgor holida
qoldirilib yerga dam berilgan. Bu
usulda yerning yarmi emas, uchdan ikki qismi band boiishi, mahsulot
yetishtirishni ko'paytirish imkonini
yaratadi.
Rivojlangan o'rta asrlarda uch dalali
almashlab ekishga o'tilishi
dehqonchilikda mahsulotlarni ko'payishiga olib keldi.
Og'ir g'ildirakli plugning tarqalishi
g'allani ekishdan oldin, yerni 23
marta haydash uchun imkoniyat
yaratadi. Bo'yinturuqning kashf
etilishi esa plugni otga qo'shib yerni haydashni tezlashtiradi.
Hosildorlikning oshishi dehqon
xo'jaligida ortiqcha mahsulotning
ko'payishiga va uni hunarmandchilik
buyumlariga ayirboshlashga yo'l
ochadi. Hunarmandlar tayyorlaydigan
buyumlar turi, soni, sifati oshib
boradi. Lekin qishloqda feodal
hokimiyatning bo'lishi
hunarmandning erkinligini
cheklagan. Natijada ular qishloqlardan qochib, o'z buyumlarini
tayyorlash va sotish imkoniyati
bo'lgan joylarga keta boshlaydi. O'rta 

asr shaharlari. 

Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va
yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha
bo'ladi. Dastlab Italiya va Fransiyaning
janubidagi: Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar IXX asrlardayoq yuksala boshlaydi.
Vizantiya va Sharq mamlakatlari bilan
O'rta dengiz orqali savdo yo'lida
joylashgani bu shaharlarga qo'l
keladi. Fransiyaning shimolida,
Niderlandiya, Angliya va Germaniyada yangi shaharlar X-XI asrlardan
vujudga keladi. Vengriya, Boltiqbo'yi,
Rus yerlarida esa shaharlar XII-XIII
asrlardan ko'payadi. Yevropa
shaharlarini turli asrlarda vujudga
kelishining asosiy sababi ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishdagi farqlar
edi.
Shaharlar eng avvalo xavfsizlik,
dushman hujumidan himoyalanishga
qulay, qolaversa hunarmandlar o'zlari
yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo'lgan joylarda quriladi. 

Shaharlar hayoti. 

Shaharlar ko'pincha feodallar yerida vujudga
kelgan. Dastlab feodallar o'z
yerlaridagi shaharlarga homiylik qilib,
ko'chib kelgan hunarmandlarni
soliqlardan ozod etgan. Ammo
shaharlar o'sib, boyib borishi bilan xo'jayinlar ulardan ko'proq daromad
olishga intilganlar. Feodallarning jabri
hunarmandchilik va savdoning
yuksalishiga to'sqinlik qila boshlaydi.
Natijada shaharliklar senor hukmidan
ozodlikka chiqishga intilganlar. Ko'pincha shaharlar o'z erkinligini
to'lov, pul evaziga qo'lga kiritgan.
Bunday imkoniyat bo'lmagan holda
ozodlik uchun qo'zg'olon yo'li
tutilgan. Fransiyaning qator
shaharlarida XII-XIII asrlarda senorlarga qarshi kurash bo'lib o'tadi.
Monastir va qasrlarda yashovchilar
hunarmandlarga buyurtmalar
bergani, dushman xavf solganida
yashirinishi imkoniyati bo'lishi,
ularning atrofida shaharlarni shakllanishiga sabab bo'lgan.
Yevropadagi Myunster, Sen-Gallen, Sen-Dene, shaharlari monastirlar, Strasburg, Gamburg, Augsburglar feodallar qal'alari atrofida, Padeborn, Bremen, Sveybryukken,
Bryuggelar daryo sohillari bo'ylarida, ko'priklar yonida barpo qilingan. O'rta asr shaharlari eng avvalo xavfsizlik, dushman hujumidan
himoyalanishdan qulay, qolaversa
hunarmandlar o'zlari yasagan
buyumlarni sota olish imkoniyati
bo'lgan joylarda qurilgan. 

Shaharlarning ko'rinishi. 

Dastlab shaharlar qishloqlardan aholisining
ko'pligi bilangina farq qilgan, xolos.
Shaharlar atrofi minorali mudofaa
devori, suv to'ldirilgan handaqlar
bilan o'ralgan. Qo'riqchi-soqchilar
minoralarda tun-u kun almashib turgan. Dushmandan himoyalanish
maqsadida shahar darvozalari va
ko'priklari mustahkam temirdan
yasalgan. Darvozalar ichidan mahkam
tambalangan. Kechasi handaqlar
ustidagi ko'priklar ko'tarib qo'yilgan va shahar darvozasi yopilgan.
Shahar markazida bozor maydoni,
uning yonida ibodatxona joylashgan.
Shahar kengashi binosi  ratusha ham shu yerda qurilgan. Shahar
mavzelari alohida dahalarga
bo'lingan. Dahalarning har birida
ma'lum kasb-kordagi hunarmandlar
yashaganlar.
Shahardagi uylarning aksari qismi yog'ochdan qurilgan. Ular zich qurilib,
ko'pincha bir-biriga tutashib ketgan.
Ko'chalar tor, ayrimlari eniga ikki
metrdan oshmagan. Uzoq asrlar
davomida tunda ko'chalar
yoritilmagan, suv quvurlari va kanalizatsiya bo'lmagan. Axlatlar ham
to'g'ridan-to'g'ri ko'chaga
tashlangan. Aholining zich joylashishi,
tozalikning bo'lmasligi Yevropa
shaharlarida ko'plab odamlarning
bevaqt o'limiga sabab bo'lgan yuqumli kasalliklarning tez-tez
takrorlanishiga olib kelgan.
Yong'inlar ham sodir bo'lib,
yog'ochdan zich qurilgan uylardan
tashkil topgan ko'chalar, mavzelar
toiig'icha yonib bitgan. 

Shahar aholisi. 

Shaharlar aholisining aksari qismini hunarmandlar,
savdogarlar, hammol, aravakash,
sartaroshlar tashkil qilgan. Yirik
shaharlarda boy zodagonlar,
feodallar, amaldorlar, tabiblar,
ruhoniylar ham talaygina bo'lgan. Shahar aholisining katta qismi
dehqonchilik bilan shug'ullanishda
davom etgan. Qal'a devori ortida
ekinzorlar, bog'lar, poliz hamda qo'y,
qoramol, otlar o'tlab yurgan yaylovlar
joylashgan. Yevropa o'rta asr shaharlari aholisi
ko'p bo'lmagan. Ko'pchilik shaharlar
aholisi 3-5 mingdan ortmagan, XIV-
XV asrlarda ham 20-30 ming kishi
yashagan shaharlar yirik
hisoblangan. Eng yirik shaharlar: Parij, Konstantinopol, Milan,
Florensiya, Kordova, Seviliyalarda 80 100 ming aholi yashagan.
Shahar boylari o'z uylarini bir necha
qavatli qilib, tosh va marmarlardan
qurgan. Ularning atrofida oddiy
xalqning poxol yoki cherepitsa bilan
yopilgan pastqam kulbalari joylashgan.Yil sayin shaharlarda -
kambag'allar soni oshib borgan. Ular
boy, savdogarlar va
hunarmandlarning eng og'ir
yumushlarini bajarganlar.
Urushlar, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi, shaharlarda tilanchilik va
o'g'irlik bilan shug'ullanadigan
ko'plab mayib-majruh, nogiron
kishilarning to'planishiga olib kelgan.
Epidemiyalar paytida boylar
o'zlarining dala hovlilarida jon saqlaganlar. Ular shaharga
qaytishlaridan avval uylariga
kambag'allardan yashashga qo'yib, u
kasallikka chalinmasagina so'ng
ko'chib kelganlar.
Qurg'oqchilik-ocharchilik yillarida shaharlar tevarak-atrofdan kelgan
minglab och, kambag'allarga to'lib
ketar edi. Shahar hokimlari ularni
shahardan haydab yuborish haqida
buyruqlar chiqargan. 

Hunarmandchilik va sexlar. 

Shaharlar xo'jaligi asosi
hunarmandchilik bo'lgan.
Hunarmand ishlab chiqaruvchi ish
qurollari egasi bo'lib, xo'jaligini
mustaqil yuritgan. Ular bozorlarni o'z
buyumlari bilan ta'minlaganlar. Ustaning mehnati barcha ishlar qo'lda
bajarilgani uchun nihoyatda
mashaqqatli bo'lgan. Xususan
temirchi omoch tishini tayyorlash
uchun qip-qizil cho'g' bo'lib turgan
temirni qo'rdan ombir bilan olib, sandon ustiga qo'ygan va kerakli
shaklga keltirguncha uni bolg'alagan.
Ma'lum kasb ustalari o'z uyushmalari
 sexlarga birlashganlar. Sex  nemischa so'z bo'lib, xalfaning ustalikka bag'ishlov ziyofati
nomi, keyinchalik kasb ustalari
uyushmasi nomiga aylanadi.
Ustalarning umumiy yig'ilishida
hamma bajarishi majburiy bo'lgan
sex nizomi qabul qilingan. Nizom talabiga binoan buyumlar faqat
ma'lum namuna bo'yicha yasalgan.
Sexni boshqarish uchun saylangan
oqsoqol hunarmandlarning nizomga
rioya qilishini, tayyorlangan
buyumlarning sifati va sonini nazorat qilgan. Nizomda ustaning dastgohlari,
o'quvchi-shogirdlari, xalfalari soni
belgilab qo'yilgan. Bu xildagi tadbirlar
ustalar uchun bir xil sharoit yaratish,
raqobatga yo'l qo'ymaslik maqsadida
qo'llanilgan. Tayyor buyumlar narxi ham sex oqsoqoli tomonidan
belgilangan.
Aksari hollarda ustaning 12 ta
xalfasi, bir nechta shogird-o'quvchisi
bo'lgan. Ularning o'zaro
munosabatlari ham sex tomonidan nazoratda tutilgan. Xalfalik muddati
kasbning murakkabligiga qarab 2
7 yil bo'lib, nodir buyum (shedevr)
yasash va uni sex oqsoqoli sinovidan
o'tkazish bilan tugagan. Germaniyada
xalfa sexi  ziyofat uyushtirib, so'ng ustalikka ruxsat olgan. 

Shaharlar hayotida sexlarning o'rni. 

Sex o'z a'zolarining bayramlarini tashkil etgan. Vafot
etgan ustaning oilasini qo'llagan.
Sexlar shaharni qo'riqlashda,
urushlar paytida uni mudofaasida
alohida boiinma tarzida qatnashgan.
Sexlarning o'z gerbi, bayrog'i, ibodatxonasi va ba'zida alohida
qabristoni ham bo'lgan. Dastlab ishlab
chiqarishning rivojlanishiga xizmat
qilgan sexlar, XIVXV asrlardan
unga to'sqinlik qila boshladilar.
Shaharlarda ustalarning ko'payib borishi ular o'rtasida raqobatni
kuchaytirdi. Hunarmandlar va
savdogarlar orasidan badavlat sex
boshliqlari ajralib chiqa boshlaydi.
Yevropada sexlarning ham
tabaqalanishi ro'y berib: zargarlik, movutchilik va boshqa boy sexlar
vujudga keladi. Bu jarayonlar Florensiya, London, Bristol, Parij,
Bazel kabi yirik shaharlarda boshlanadi.
Hunarmandlar xalfalarning o'sib
ustalikka o'tishiga to'sqinlik qila
boshlaydi. Natijada 1012 yillab
ustachilikka o'ta olmagan xalfalar
tabaqasi vujudga keladi. Bu hoi xalfalarning "birodarlik" jamiyatlarini tuzib, o'z haq-huquqlari, 1416 soat
davom etadigan ish vaqtini
qisqartirib, mehnat sharoitlarini
yaxshilash uchun kurashini
kuchaytiradi. Manbalarda yozilishicha,
XIVXV asrlarda Florensiya, Perudja, Siena, Kyolnda shahar kambag'allari qo'zg'olonlari bo'lib
o'tadi.