16-. O'RTA ASRLARDA TOVAR
ISHLAB CHIQARISHNING YUKSAUSHK
BOZORLAR VA YARMARKALAR

Tovar xo'jaligining paydo boiishi. 
Sexlar nazoratiga qaramasdan
hunarmandlar savdo uchun
tayyorlagan buyumlari soni
ko'paygan. Natijada xomashyoga va
qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab
ham oshib boradi. O'z navbatida yirik yer egalari va dehqonlarning
yetishtiradigan mahsulotlarini
ko'payishidan manfaatdorligi oshib
boradi. O'z mahsulotlarini sotib,
hunarmandchilik buyumlarini xarid
qiluvchilar ko'paya boshlaydi. Yirik shaharlar faqat atrofdagi
viloyatlargina emas, chet mamlakatlar
bilan ham savdo aloqalarini o'matadi.
Ilk o'rta asrlardagi natural xo'jalik
o'rnini tovar xo'jaligiga bo'shata
boshlaydi. Tovar xo'jaligi  mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash
uchun ishlab chiqaruvchi xo'jalikdir.
Savdoning jonlanishi yo'llarni
yaxshilashni talab etadi. Fransiyada
qirol farmoniga binoan asosiy
yo'llarga tosh yotqizila boshlanadi. Daryolar ustida yog'och va toshdan
ko'priklar qurish ishlari yo'lga
qo'yiladi. Savdoning yuksalishi
kemasozlik va dengizchilik
san'atining o'sishiga omil bo'ladi. 

Sharq mamlakatlari bilan savdo. 

Suriya, Misr, Eron va O'rta Osiyogacha
borgan yevropalik savdogarlar sharq
bozorlaridan shoyi gazlamalar, zeb-
ziynat buyumlari, ziravorlar xarid
qilardilar. G'arb va Sharq mamlakatlari
orasidagi aloqalarni yuksalishida Xitoydan boshlanib O'rta Osiyodan
o'tgan Buyuk Ipak yo'lining
ahamiyati beqiyos edi. Bu karvon yo'li
O'rta dengizning sharqiy sohiliga
qadar davom etgan.
G'arbiy Yevropada XIIIXV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani
dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo
mamlakatlari bilan bog'laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod
shaharlarini bog'laydigan Shimoliy savdo yo'llari harakatda bo'lgan. Levant - O'rta dengizning sharqidagi Suriya, Falastin, Turkiya, Yunoniston
va Kiprning umumiy nomi. Ular orqali
dunyo savdo yo'llaridan biri  Levant
o'tgan.
Shimoliy savdo yo'li bo'ylab
joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. Ganza  XIVXV asrlardagi shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy
ittifoqi. Uning bosh shahri Lyubek.
Yevropaning shimolidagi savdoda
yetakchi bo'lgan Ganza, qit'aning
boshqa hududlari orasidagi savdoda
ham vositachilik qilgan. Levant yo'lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati
ba'zida urushlarga ham aylangan. 

Savdogarlar va bozorlar. 

Shaharliklar hayoti faqat to'qnashuv
yoki isyonlardan iborat bo'lmagan.
Ularda harakatchan, ishbilarmon
odamlar yashagan. Shaharliklar o'z
foydasiga mol sotishni, kimga qarzga
pul berishni, aql bilan nimaga pul sarflashni yaxhshi bilganlar. Tinib-
tinchimas savdogarlar boyib ketish
maqsadida uzoq va xatarli
sayohatlarga chiqishgan.
O'rta dengiz sohillari bo'ylab italiyalik
savdogarlar o'zlarining savdo manzilgohlari  faktoriyalar tizimini yaratishgan. Ularning ko'pchiligi
genuyalik va venetsiyaliklar
bo'lishgan. Bu dengiz respublikalari
ajoyib savdo va harbiy flotlariga ega
bo'lishgan. Ularning kemalari Yaqin
Sharqdan Yevropaga qimmatbaho mollar: shoyi matolar, chinni idishlar,
turli ziravorlar va boshqa narsalarni
olib o'tardi.
Venetsiyalik savdogarlar Pololar oilasi
vakillari XIII asrda mo'g'ullar
xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo'g'ullar
xoni Xubilay saroyida xizmatda o'tkazib, yevropaliklardan birinchi
bo'lib bu sirli o'lkalarni o'z kitobida
tavsiflaydi. Yevropaliklar faqat XIX
asrdagina dengiz orqali o'tib, XIII
asrda Marko Polo sayohat qilgan o'lkalarni o'z ko'zlari bilan ko'radilar.
Marko Poloning kitobidagi Sharq
mamlakatlarining afsonaviy boyliklari
200 yildan so'ng genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbda shunchalik katta taassurot qoldiradiki, u nima
bo'lganda ham Hindistonning boy
sohillariga yetishga qaror qiladi.
Yevropaning aksari shaharlarida
dastlab bozorlar haftaning 12
kunida bo'lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan. 55-rasm. Marko Polo Xubilay
qarorgohida. Mol ayirboshlash va savdoning o'sishi
shaharlarda bozorlar qurilishiga
ehtiyoj tug'diradi. Jumladan,
Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll 1397-yili qurib bitkazilgan. Bozorlar ma'lum
buyumlar yoki mahsulotlarni sotishga
ixtisoslasha borgan. Tuluza (Fransiya)da 1203-yili g'alla bozori
ishga tushadi. Shaharda boshqa
bozorlar ham bo'lib, birida vino,
boshqasida mo'yna, teri, poyabzallar
sotilgan. 

Banklar, yarmarkalar va birjalar. 

Dastlabki banklar XIV-XV asrlarda
Italiyaning yirik shaharlarida paydo
bo'ladi. Bank  italyan tilida banko  kursi, sarrof do'konidagi o'rindiq nomidan
olingan.
Yarmarkalar mol ayirboshlashning
kengayishiga xizmat qilgan.
Yarmarkalarni yuksaltirish maqsadida
hukmdorlar turli imtiyozlar (xususan yo'l solig'ini vaqtinchalik bekor qilish)
berishgan. Yarmarkalar savdo-
sotiqdan tashqari, xalq sayllari,
bayramlari markaziga ham aylangan.
Unda sayyor artistlar tomonidan
musiqa, qo'shiqlar, sahna tomoshalari ko'rsatilgan. Atrof qishloqlardan
kelgan aholi uchun bu tomoshalar,
mushakbozliklar yilda bir marta
bo'ladigan ko'ngilochar tadbir
hisoblangan. Yarmarka  ulgurji savdo bo'ladigan, turli mamlakat
savdogarlari qatnashadigan, mol
sotish va ayirboshlash joyi nomi
bo'lgan. 

Sen-Jermen 

(Parij) yarmarkasida spektakllar qo'yilgan. Venetsiya yarmarkasida ikki hafta davomida
100 ming kishi qatnashgan.
Manbalarda lionlik qahvaxona
egalaridan birining yarmarkaga
kelgan bitta boy, yaxshi xonada
yashashni istagan savdogarga o'nta eng arzon xona yoki bepul tunash
istagidagi kishilar to'g'ri kelishi
haqidagi xotiralari saqlanib qolgan.
O'rta asrlar Yevropasining eng
mashhur yarmarkasi Fransiyaning
shimoliy-sharqidagi Shampan grafligida (markazi Reyms shahri) bo'lgan.
Savdoning yuksalib borishi natijasida
Yevropada turli mamlakatlar
savdogarlari to'planib pullarini
almashtiradigan joylar - birjalar
vujudga keldi. Birja atamasi Bryugge shahridagi "Burse" mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to'planadigan joy
nomidan olingan.
Birjalar Bryuggeda - 1409,
Antverpenda - 1460, Lionda -
1462yilda tashkil topgan.
Shu tariqa XIXV asrlarda Yevropada hunarmandchilik va savdoning
yuksalishi: bozor, banklar, birjalarai
vujudga keltirdi.