17-. OSIYO MAMLAKATLARINING
O'RTA ASR SHAHARLARI.
HUNARMANDCHILIK VA SAVDO

O'rta asr shaharlari. 

harq mamlakatlarida o'rta asrlarning
rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy,
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada -
VIII asrning ikkinchi yarmida,
Yaponiyada IXX asrlarda,
Hindistonda XIXIII asrlarda o'tganlar. Bu hoi har bir mamlakatda
ishlab chiqarish taraqqiyoti turli
darajada bo'lgani bilan izohlanadi.
Dastlab ma'muriy markaz yoki harbiy
qal'alar sifatida tashkil topgan o'rta
asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda
tez rivojlangan.
Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanyan, Loyan, Xanchjou,
Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli,
Bag'dod, Buxoro va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar
tashkil qilingan, olimlar, shoirlar,
rassomlar, musiqachilar yashab ijod
qilganlar. Osiyo shaharlari davlat
yerlarida vujudga kelganidan
Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib
bormaganlar.
Osiyoning yirik davlatlaridan biri
Xitoyda o'rta asr shaharlarining
vujudga kelishi va rivojlanishi IX
XIII asrlarga to'g'ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo'ysungan.
Shaharlarning taraqqiyotiga
istilochilik urushlari to'sqinlik qiladi.
Jumladan, Hindiston va uning
shaharlari o'rta asrlarda juda ko'p
marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo'shinlari 1018-yili Mahmud G'aznaviy qo'shinidan mag'lub bo'lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayron qilinadi. Tinimsiz
urushlar Hindiston shaharlarini
yuksalishiga to'sqinlik qiladi.
Yaponiyaning o'rta asr shaharlari turli
joylarda: Nara, Xeyyan - budda ibodatxonalari atrofida; Otsu  aloqa bekati va yo'l ustida; Xyogo, Sakai dengiz bo'yida; Nagoya  qal'a atrofida vujudga keladi. Xeyyan shahri 1177-yili yong'in natijasida
vayron bo'ladi. Bu shahar qayta
tiklanganidan so'ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi. Kioto ko'p asrlar davomida Yaponiyaning
iqtisodiy, diniy va madaniy markazi
bo'lib qoladi. 

Shaharlar hayoti. 

Osiyo shaharlari ham o'ziga xos taraqqiyot yo'lini
bosib o'tgan. Jumladan, Xitoyda XI
asrdayoq shaharsozlik yuksak
darajaga ko'tariladi. Imperator va
zodagonlar hashamatli saroylar
qurdirgan. Mamlakatda yog'och tanqis bo'lganidan qurilishda g'isht,
sopol va toshdan keng foydalanilgan.
Ayni shu davrda "tog'ga yog'ochga
ketgan ming kishidan, faqat besh yuzi
qaytib keladi" naqli paydo bo'ladi.
Natijada, imperator yangi saroy qurishini e'lon qilishi dehqonlar
uchun og'ir sinovlarni boshlanishidan
darak bergan.
Xitoyning yirik shaharlarida G'arbiy
Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat
ko'rsatish yaxshi yo'lga qo'yilgan edi. Aholi sopol quvurlar orqali toza suv
bilan ta'minlangan, shaharni axlat va
chiqindilardan tozalash, o't o'chirish
ishlari yo'lga qo'yilgan.
Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga
nisbatan ko'proq bo'lgan. Xususan, Xitoyda o'rta asrlardayoq aholi zich
yashagan. XVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan ham ko'p aholi bo'lgan. Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi
yashagan. Amir Temur saltanati
poytaxti Samarqand XIV asr oxiri - XV asr boshlarida yuksalib dunyoga
taniladi. O'rta asr shoirlari va
faylasuflari Samarqandni "sayqali ro'yi
zamin"  Yer yuzining sayqali, husni
deb ta'riflaganlar. Sharq dunyosida Buxoro ham o'z o'rniga ega bo'lib, u islom dini, madaniyat, savdo va
hunarmandchilik markazlaridan biri
sifatida shuhrat qozongan. 57-rasm. Dehli. Qutb Minor. XIII asr.
58-rasm. Samarqand. Ulug'bek madrasasi. XV asr. Osiyoning musulmon davlatlari
shaharlari umumiy reja bo'yicha:
markazda  ark, shahar hokimi qal'asi, uning atrofida  shahriston, asosiy aholi yashaydigan guzarlari
bilan qurilgan. Shahar atrofida rabod bo'lib, unda hunarmandlar guzar va
mahallalari joylashgan. Sharq
shaharsozligida asosiy qurilish
ashyolari tosh va g'isht edi.
Hukmdorlar, boylar o'z saroylari,
hovli-joylarini pishiq g'isht va marmarlardan, kambag'allar esa
paxsa, guvaladan qurganlar.
Kambag'allarning uylari pishiq,
mustahkam bo'lmay tez-tez
ta'mirlashni talab qilgan. Bunday
uylar merosga qoldirilganda odatda buzilib o'rniga yangisi qurilgan. 

Hunarmandchilik. 

Sharq hunarmandlari ipak gazlamalari, zeb-
ziynat buyumlarining katta qismini
chet mamlakatlarga sotish uchun
ishlab chiqarganlar. Xitoylik ustalar
qog'ozi, ipak gazlamalari, chinnisi
bilan shuhrat qozongan. Savdogarlar Eron va Misrda tayyorlangan
zig'irpoya, paxta va jundan to'qilgan
gazlamalarni ham yuksak
baholaganlar. Damashq po'latidan
yasalgan qurol-aslahalar esa Sharq va
G'arbda bir xilda shuhrat topgan. Kitoblar uchun eng sifatli muqovalarni
Shimoliy Afrika shaharlari ko'nchi-
ustalari yasagan.
Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida
ham hunarmandchilik sexlari
shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan. Sharqda dastlab shahar
aholisi soliqlardan ozod qilingan.
Vaqt o'tib savdogar va
hunarmandlardan ham turli soliqlar
olina boshladi. Arab xalifaligi,
Yaponiya, Xitoyda usta va savdogarlardan soliqlarni sex
oqsoqollari yig'ib bergan.
Xitoyda barcha ustalar sex a'zosi
bo'lishlari majburiy etib qo'yilgan.
Hunarmandchilikning eng muhim
sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Xususan, faqat xitoyliklar
600700 kishi va yana ko'plab yuk
sig'adigan yirik kemalar  jonkalarni qurishgan. O'rta Osiyo shaharlarida ham
hunarmandchilik sexlari bo'lgan. Turli
sexlar ustalarining nizomlari bizgacha
yetib kelgan. Buyuk Ipak yo'li
chorrahasida joylashgan O'rta Osiyo
shaharlari tranzit savdo markazlari ham edi. Chet ellik savdogarlar
Samarqand qog'ozi va gazlamalarini,
G'ijduvon kulolchiligi buyumlari-yu,
marvlik ustalar gazlamalari, kiyimlarini
yuqori baholaganlar.
O'rta asrlarda eronlik ustalar: parcha va ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan
shuhrat qozonganlar. Erondan
savdogarlar po'latdan yasalgan
qurol-aslahalar, mis va kumushdan
ishlangan idishlarai xarid qilganlar.
Xalifalikka kirgan Yaqin Sharq mamlakatlarida ham savdo va
hunarmandchilik yuksak taraqqiy.
etgan. Geograf olim al-Muqaddasiy Suriyadagi bozor va savdo yaxshi
daromad keltirgani haqida yozadi. 

Savdo. 

Arab xalifaligi, Tan imperiyasi va Dehli sultonligi singari yirik
markazlashgan davlatlarning paydo
bo'lishi savdoni yuqori daromad
manbayiga aylantirdi. Uzoq Sharqdan
O'rta dengizga qadar hududlarda
faqat karvon yo'llari orqali savdo olib borilmagan. Fors ko'rfazi va Qizil
dengiz orqali arab, hind, xitoy
savdogarlarining o'nlab kemalari
suzgan. Osiyodan farqliroq,
Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi
uzluksiz urushlar, qit'aning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi,
ziravorlar, qisman qullar manbayiga
aylanishiga sabab bo'ladi.
Osiyo bozorlari o'zining gavjum va
sershovqinligi bilan ajralib turgan.
O'rta asr bozorlari ko'pincha shahar darvozalari yaqinida joylashgan.
Shahar ichida kichkina bozorlar boiib,
ular ma'lum mahsulotlarni sotishga
ixtisoslashgan. O'rta Osiyo va
Erondagi yirik bozorlar bir qancha
rastalarga bo'lingan. Har bir rasta ma'lum xildagi mol bilan
shug'ullanadigan savdogarlarni yoki
muayyan kasb bilan shug'ullanuvchi
hunarmandlarni birlashtirgan. Ilk
o'rta asrlardayoq Bag'dodda,
Ishbiliya (Sevilya) va G'arnota (Granada, Ispaniya)da mardikor
bozorlari bo'lgan.
Sharq bozorlarida hunarmandchilik
ustaxonalari, do'konlari ham
joylashgan. Ayrim hollarda ko'chma
bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi
qishloqlarning mahsulotlarini sotish
ehtiyoji bo'lgan aholisi to'plangan.