18-. XRISTIAN CHERKOVI O'RTA
ASRLARDA

Dinning Yevropada tarqalishi. 

Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma'lumki,
xristianlik dini Yaqin Sharqda I asrda
vujudga keladi. Xristianlikning asosini
halol hayot kechirish hamda toat-
ibodat orqali inson va xudo orasida
uyg'unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi.
Xristian dini IV asrdan german
qabilalari orasida ham tarqala
boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig
xristianlikni V asming oxirida qabul
qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya yarim orolining
tub aholisi ham o'tadi. Angliya va
Irlandiya monastirlaridan yetishib
chiqqan serg'ayrat rohiblar VIVIII
asrlarda Yevropaning eng chekka
joylariga ham borib aholini xristianlikka o'tkazganlar.
Skandinaviya aholisi (shvedlar,
norveglar, finlar) bu diniy ta'limotni IX
asrdan qabul qiladi.
Vengerlar IX asrda, polyaklar X asrda
xristianlikka o'tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida
xristianlikning pravoslav mazhabini
Vizantiyadan qabul qilgan. Eng
oxirida Yevropaning shimoliy-
sharqidagi polab slavyanlari (XII
asrda), pruss va litva qabilalari (XIII XIV asrlarda) cho'qintirilgan.
Xristian dini Yevropada IV asrdan
boshlab XIIIXIV asrlargacha
tarqalgan. 

Cherkovning bo'linishi. 

Rim imperiyasining 395-yili G'arbiy va
Sharqiy Rimga bo'linishi cherkovni
ham ajralishiga olib keldi. Frank qiroli
ko'magida 756-yili Italiyada Rim
papalari davlati  Papa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa
avvaldan davlatga bo'ysunuvchi,
Konstantinopol patriarxi
boshqaradigan diniy tashkilotga
aylanadi.
Sharqiy Yevropada bolgarlarni cho'qintirishdagi raqobat 1054-yili
xristian cherkovini rasman: g'arbiy katolik ("jahon") va Sharqiy
pravoslav ("sof din", "chin e'tiqod") cherkovlariga bo'linishiga olib keldi.
XI asr o'rtalaridan rim-katolik va
yunon-pravoslav cherkovlari
mustaqil faoliyat olib bormoqda.
Mazhablar orasidagi tafovutlar udum
marosimlarda ham mavjud. Xususan, katoliklarda ibodatdan avval faqat
ruhoniylar bir chimdim non va bir
ho'plam vino bilan poklansalar,
pravoslavlarda barcha dindorlar
bunday huquqqa ega bo'lishgan.
Katoliklar beshta, pravoslavlar uchta barmoqlari bilan cho'qinganlar.
G'arbda cherkov va'zlari lotincha,
Sharqda esa yunon tilida olib
borilgan. Katolik cherkovi barcha
ruhoniylarga uylanishni taqiqlasa ("selebat"), pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan.
1054-yili xristian cherkovi rasman
katolik va pravoslav cherkovlariga
bo'linib ketdi.  

Cherkov va davlat. 

Yevropada V asrda boshlangan feodal
munosabatlaridan cherkov ham
chetda qolmaydi. Ekinzorlarning
uchdan biri ibodatxona va
monastirlar qo'lida to'planadi. Davlat
soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100
minglab qaram dehqonlar mehnat
qilganlar.
Undan tashqari xristian cherkovi
aholidan ushr (hosilni 1/10) solig'ini
undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho'qintirish, nikohdan o'tganida,
marhumga ta'ziya marosimi
o'tkazilganda va boshqa udumlar
uchun ham pul to'laganlar.
Cherkovga tushadigan daromadning
talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi,
shuningdek, indulgensiya (lotincha "afv")  gunohlardan kechish
yorliqlarini sotish hisobiga ham
boyigan. Cherkovning badnafsligi
insonning faqat qilgan gunohlari
emas, balki qilishi mumkin bo'lgan
gunohlarini ham avvaldan ma'lum pul evaziga kechishida ko'rinadi.
Yevropada cherkov davlatning
muhim tashkilotiga aylanib, uning
siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga
aralashgan, sud vazifasini bajargan,
Cherkov qo'llagan jazoning eng og'iri interdikt  mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik taqiqlanishi
bo'lgan.
Katolik cherkovi o'z qudrati
cho'qqisiga Innokentiy III (1198 1216) papaligi davrida erishdi. Uning
"Oy o'z yog'dusini Quyoshdan
olganidek, qirol hokimiyati o`z jilosini
papalikdan oladi degan so'zlari
amalda qo'llaniladi. Rim papasi
german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba- tazarru qildiradi. Papaning hukmini
aholiga o'tkazishdagi tayanchlardan
yana biri rohiblar bo'lgan.
Dastlabki monastirlar IV asrdan
tashkil etilgan. Rohiblar toat-
ibodatdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug'ullanganlar. Ayrimlari esa
monastir qoshidagi maktablarda
bolalarni o'qitganlar. 

Dahriylarga qarshi kurash. 

Cherkov va uning ta'limotiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha - "dahriylar") deb nomlangan. Bunday kishilar
cherkovning boyliklari, hashamatli
udum marosimlariga qarshi chiqib,
sodda cherkov g'oyasi tarafdorlari
bo'lishgan. Yeretiklarga qarshi
kurashish uchun cherkov sudi - inkvizitsiya (lotincha - "qidiruv") tuziladi. Xristian cherkovi
dushmanlarini izlab topish va jazolash
bilan shug'ullangan inkvizitsiya o'z
qudrati cho'qqisiga papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida erishadi.
Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada,
ayniqsa, keng tus oladi. Unda
mahkum etilganlarni gulxanda
yondirish "autodafe" (portugalcha - "e'tiqod, yoki din ishi") ham
qo'llaniladi. Qatl jarayonini cherkov
bayram tomoshasiga aylantirib, unda
qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar
va minglab oddiy xalq vakillari
qatnashgan.