19-. SALIB YURISHLARI VA UNING
MAQSADLARI

Salib yurishlari. 

Salib yurishlari  G'arbiy Yevropa feodallarining Yaqin
Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik
urashlari edi. Bu yurishlar 1096
1270-yillar oralig'ida bo'lib o'tgan.
Salib yurishlari katolik cherkovi
tomonidan sakkiz marta tashkil qilingan. Sharqdagi yerlarni egallash
orqali cherkov o'zining ta'sirini
kuchaytirishni maqsad qilgan.
Sharqda XI asr oxirida vujudga
kelgan sharoit salib yurishlari uchun
qulay bo'lgan. Kichik Osiyo yarim orolini saljuqiy turklar deyarli to'liq
qo'lga kiritgan. Bu hududdan, G'arb
mamlakatlari ziyoratchilari,
Falastinning muqaddas joylariga,
rivoyatlarga ko'ra, Iso payg'ambar
dafn etilgan Quddusga boradigan yo'llar o'tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyon musulmonlar
qo'lida edi. Mahalliy hukmdorlar va
aholining ziyoratchilarga munosabati
yomon bo'lmasa-da, XI asr oxiridan
boshlangan musulmon
hukmdorlarining o'zaro urushlari xristianlarni ziyoratlarini tobora xavfli
tadbirga aylantira borardi. Salib yurishlari Yaqin Sharqqa qarshi 10961270-yillarda katolik
cherkovining rahnamoligida bo'lib
o'tgan bosqinchilik va talonchilik
urushlaridir.
Saljuqiylarning Kichik Osiyoni bosib
olishi va Vizantiyaga xavf solishi, Quddusdagi Iso payg'ambar qabrini
musulmonlardan xalos etish
"zaruriyati" feodallar hamda cherkov
uchun urushlarga bahona bo'ladi.
Vizantiya imperatori Rim papasi bilan
kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uchun
jangchilar yuborishini so'rab G'arbga
murojaat qiladi. Papa Urban II 1095- yili Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig'ini soborga
to'plangan minglab ruhoniylar,
ritsarlar va oddiy xalq vakillari
huzurida nutq so'zlaydi. U
Quddusdagi "payg'ambar qabrini"
musulmonlardan ozod etishga chaqiradi. Papa yurishda ishtirok
etganlarga, ularning gunohlaridan
kechirilishini, halok bo'lganlar ruhini
jannatga  "arshi-a'loga" tushishini
va'da qiladi. Urban II "muqaddas yer"ning boyliklari va hosildor
ekanligini ham eslatib o'tadi.
Falastinda "sut va asal daryo bo'lib
oqishi, Quddus yerning kindigi,
jannatmakon hosildor yerli o'lka"
ekanligini ta'kidlaydi. Bu so'zlarni xaloyiq "Xudoning
irodasi shu!", "Xudoning xohishi
shu!" kabi hayqiriqlar bilan qarshilab,
gazlamadan "but", ya'ni "salib"ning
aksini qirqib o'z kiyimlariga tika
boshlaydilar. Ayni shu sababli yurish qatnashchilari "salibchilar",
yurishlarning o'zi esa salib yurishlari
nomini oladi. Cherkov yig'inlari - III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining:
cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish
muammolarini hal etish uchun
chaqiradigan qurultoyi.
Katolik cherkovi yurish
ishtirokchilariga ayrim yengilliklar, jumladan dehqonlarga qarzlaridan
kechilishini, ularning oilalari cherkov
himoyasiga o'tishini e'lon qiladi. 

Salib yurishlari ishtirokchilarining
maqsad va vazifalari. 

Dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali
o'zlarining og'ir hayotidan qutulib,
Sharqda mulkka va baxtli hayotga
erishishga umid qilganlar.
Salibchilarning aksari ko'pchihgini
ritsarlar tashkil etib, ular ko'pincha boy bo'lmagan xonadonlardan
edilar. Oilaning kichik o'g'illari,
mayorat tizimi bo'lganidan, ya'ni
meros katta o'g'ilga qoldirilgani
sababli, ota-onalari merosining katta
qismiga umid qilmasalar ham bo'lardi. Bu holatdagi ritsarlar o'zlariga shon-
shuhrat va boylik istab yoiga
chiqqanlar. Sharqqa gersoglar, graflar
va hatto ayrim qirollar hamda
imperatorlar ham jo'naydilar. Ular
o'zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo'ysundirishni maqsad
qilganlar. Qolaversa, salib yurishlarida
ishtirok ularga Yevropada hurmat-
e'toborni oshirardi.
Qo'shin bilan savdogarlar ham yo'lga
chiqqanlar, ular Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni
orzu qilganlar. Salib yurishi
istirokchilari faqat foydani o'ylagan
desa xato bo'ladi. Moddiy manfaat
ularda "payg'ambar qabri"ni
musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonch
bilan mujassamlashgan.