2-. FRANKLAR IJTIMOIY TUZUMI VA
DAVLATINING VUJUDGA KELISHI

Frank qabilalari. 

Buyuk ko'chishlar boshlanishiga qadar german
qabilalariga mansub franklar Reyn
daryosi quyi oqimidagi hududlarda
yashaganlar. Franklarda urug'chilik
tuzumi bo'lib, qabila yo'lboshchilari
harbiy ishda alohida jasorat ko'rsatgan kishilardan saylab
qo'yilgan. Rim-gallar bilan yaqin
qo'shnichilik munosabatlarida
bo'lgan franklarning tashqi ko'rinishi
ham boshqa german qabilalaridan
ancha farqlangan. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan
emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan
va soch-soqollarini olib yurishgan.
Ularda faqat qirol oilasiga mansub
kishilargina uzun soch bilan yurishlari
mumkin boigan. G'arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin
franklarga qo'shni bo'lgan Galliyada
rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. Xuddi shu davrdan
franklarning Galliyaga hujumlari
yanada kuchayadi. Ularga frank
qabilalaridan biri, merovinglar sardori Xlodvig boshchilik qiladi. Uddaburon va shafqatsiz Xlodvig tez orada o'z
raqiblarini yengib, barcha frank
qabilalari ustidan hukmronligini
o'rnatadi. Egidiynjng vorisi Siagriy qo'shinlarini 486-yili Suasson shahri yaqinidagi jangda mag'lub etgan
Xlodvig franklar davlatiga asos sol ad
i.
Franklar tuzgan davlat dastlab
sulolalar nomi bilan atalgan. X asrdan
Parij atrofidagi viloyat Il de Frans davlat nomiga asos bo'ladi va u Fransiya deb atala boshlandi. 

Franklarda xristianlikning qabul qilinishi. 

Rim cherkovi uning sodiq ittifoqchisi bo'lishi mumkinligini
anglagan Xlodvig varvar qabilalari
yo'lboshchilari ichida birinchi bo'lib
xristianlikni Rimdan qabul qiladi.
Uning ketidan sekin-asta boshqa
franklar ham xristianlikka o'tadi. Franklarning ko'pchiligi Xlodvigning
bu qarorini yoqlamagan, ammo ular
o'z qirollaridan qo'rqqanlar. Lekin
rimliklar bu ishdan xursand
bo'lishgan. Ulardan biri "sizning yangi
diningiz, bu bizning g'alabamiz!"  deb bejiz yozmagan edi.
Xlodvig xristian ta'limotini tushungan
deyish mushkul, u namunali xristian
bo'lmagani ham aniq. Ammo amalga
oshirilgan tadbir dono ekanligi
shubhasiz: shu paytdan franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib
yagona xalqqa aylana boshlaydi. Endi
ularni din ajratmas, xristianlik bilan
tanishuv esa franklarga rim
madaniyatining turli sohalarini
o'zlashtirish imkonini beradi. Xlodvigning xristianlikka o'tishi esa
unga aholi orasida ta'siri kuchli gall
yepiskopligi qo'llashini ta'minlaydi.
Xristianlikning "har qanday hokimiyat
xudodan" deb uqdirishi Xlodvig va
uning vorislariga mos kelardi. Qadimgi germanlar diniy e'tiqodlarida
esa bu kabi fikrlar bo'lmagan. Shu
tariqa xristianlikning qabul qilinishi
qirolni kuchaytirib, o'z qabiladoshlari
orasida yangi cho'qqilarga ko'taradi. 

Franklarda ijtimoiy munosabatlar. 

Franklar istilo qilgan hududlarda
rimlik quldorlarning hashamatli
saroylari-yu ulkan yer-mulklari
saqlanib qolgan. Mahalliy aholining
asosiy qismini rim-gallar tashkil
qilgan. Franklar qullikni bekor qilmaydilar. Mamlakatda asosiy ishchi
kuchi qullar va kolonlar bo'iib
qolaveradi. Dastlabki paytda franklar
gallardan alohida yashaganlar. Luara
daryosidan shimoldagi german
qabilalari esa yana uzoq yillar urug' jamoa bo'iib yashashda davom etadi.
Mamlakat janubidagi gallar esa son
jihatidan german qabilalari:
burgundlar, vestgotlardan,
keyinchalik hukmronlikni o'rnatgan
franklardan ham ko'proq bo'lgan. Davlat hokimiyatini mustahkamlash
maqsadida Xlodvigning vorislari
boshqaruvi paytida qirollar - alohida
xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin
hamkorlariga yirik yer mulklar  benefitsiylar taqdim etganlar. Benefitsiy (lot.) - senorning o'z vassaliga harbiy xizmati evaziga
in'om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto'
deb nomlangan. Senor (lot. - katta) - o'rta asrlarda G'arbiy Yevropada ixtiyorida qaram
dehqonlari va mayda feodal-vassallari
bo'lgan yer egasi. Vassallik  G'arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning
boshqa feodalga bo'ysunish tartibi. 8-rasm. Xlodvigning o'g'illari  Xildebert, Xlotar, Xlodomer va
Teodorix (miniatura, 1493-yil).
Shu tariqa qirol va uning jangchilari;
ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-
gall zodagonlari, quldorlardan yangi
yirik yer egalari - feodallar toifasi vujudga keladi. Ularning yerlarida VI
asr oxiridan qullar, kolonlardan
tashqari o'z erkinligini yo'qotgan
franklar ham ishlaganlar. Natijada
yangi jamiyatning asosiy toifalari:
feodallar va qaram dehqonlar tashkil topadi. Feodal jamiyatiga o'tish
Yevropa, Osiyo va Afrikaning deyarlik
barcha mamlakatlarida ham shu
taxlitda ro'y bergan. 

Davlatning paydo bo'lishi. 

Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi
Xlodvigning vorislari davrida 534-yili
Burgundiyani va 536-yili Provansni
istilo qiladi. Franklar germanlarning: tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo'ysundirib, ularni har yili
o'lpon to'lashga majbur etadilar.
Qirollar hokimiyati kuchayib borishi
bilan muhim qonunlar, qarorlar qabul
qilish uchun xalq yig'inlarini
chaqirmay qo'yadilar. Qirol tomonidan qabul qilingan yangi
qonunlar esa xususiy mulkchilik va
tengsizlikni mustahkamlab borgan.
Qirol hokimiyatning barcha sohalarini
o'z qo'liga olib, davlatni o'zining
shaxsiy mulki sifatida boshqargan. Ilgari jamoa mulki hisoblangan
ekinzorlarni va boshqa yerlarni
xohlagan kishisiga in'om etar, davlat
xazinasidagi mablag'larni ham
istaganicha sarflardi.
Yirik yer egalari - feodallar toifasi esa qirol hokimiyatining tayanchiga
aylanadi. Davlat qirol boshchiligida
yirik mulk egalarining yangi yerlarni
istilo qilishini qo'llab quvvatlar edi.
Franklarda Xlodvig davridayoq
mamlakat viloyatlarga bo'linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlaydi. U o'z hududlarini qirol
nomidan boshqarib, aholidan
soliqlarni yig'ib olish, harbiy
qo'shinga boshchilik qilish, sud qilish
kabi ishlarni bajargan. Sudning qarori
bilan yig'ilgan jarimalarni 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilar edi.
Franklar soliq tartiblarini rimliklardan
qabul qilganlar.
Urug' jamoachilik an'analari esa har
yili o'tkaziladigan harbiy ko'rik (mart
maydoni) tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qoladi.
Mahalliy boshqaruv asosini erkin
franklarning yuzlik yig'inlari tashkil
etib, uning boshlig'i, yuzboshisi - tungin deb nomlangan. 

Yirik yer egaligining shakllanishi. 

VI asr oxiridan - franklarning chek
yerlari dehqon oilasining sotishi yoki
in'om etishi mumkin bo'lgan mulki - allodga aylanadi. Qirollar tomonidan chiqarilgan yangi qonunlar yerni
xususiy mulkka aylanishini
tezlashtiradi. Qirol Xilperik (561 584) davrida yangi qonun chiqarilib u
o'g'il voris bo'lmasa yerni avvalgidek
jamoaga emas, marhumning qizi,
singlisi yoki ukasiga o'tish huquqini
tasdiqlaydi. Allod (yunoncha)  yerga to'la egalik qilish: G'arbiy Yevropa feodal
jamiyatida avloddan-avlodga meros
bo'lib o'tadigan yer-mulk.
Yerning xususiy mulkka aylanishi,
mulkiy tabaqalanishni tezlashtirib,
yirik yer egaligining o'sishiga olib keladi. Galliyadagi Rim imperatoriga
tegishli yerlarni o'z mulkiga
aylantirgan frank qirollari, uning bir
qismini o'z yaqinlari va cherkovga
ham in'om etganlar.
Yirik yer egaligi jamoa yerlari hisobiga ham kengaya boradi. Tabiiy ofatlar,
qurg'oqchilik, hosilsizlikning tez-tez
takrorlanib turishi dehqonlarni o'z
yerlaridan ajralishiga, so'ng
feodaldan ijaraga yer olib ishlashga
majbur etadi. Soliq to'lashdan tashqari, yirik yer egasi ekinzorlarida
ishlab berishga majbur bo'lgan
dehqon sekin-asta qaram kishiga
aylana borgan. 

"Sali haqiqati". 

Xlodvig buyrug'iga binoan yozilgan franklarning
an'anaviy odatlari to'plami
Yevropadagi eng mashhur odat
huquqlari yodgorligiga aylanadi. U
"Sali haqiqati" deb nomlangan,
to'plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari
kiritilganligini anglatadi.
Qirolning maqsadi barcha franklar
qirol qo'llagan "Sali haqiqati" bo'yicha
sudlanishi kerak edi. Bu qoidalarda
biror narsa izoh talab bo'lsa, uning uchun qirolga murojaat qilinishi, u esa
o'z manfaatlari yuzasidan javob
berishi mo'ljallangan. Ulardan
tashqari qirol "Sali haqiqati"ga
qadimgi odatlardan o'ziga foyda
keltiradiganlarini kiritgan. Natijada qadimgi odatlardan qirolni
qoniqtirmaganlari unutilib, foydalilari
to'plamda batafsil yoritiladi.
"Sali haqiqati" frank qiroli
hokimiyatining kuchayganini
ko'rsatadi. To'plamda franklar hayoti, xo'jaligi,
urf-odatlari, diniy tasavvurlari haqida
ko'plab ma'lumotlar mavjud. Xususan
franklar biror oldi-sotdida, jumladan
yerni bir xo'jayindan boshqa
xo'jayinga o'tishida hujjat tuzmaganlar. Ushbu holatda franklar
guvohlar huzurida ma'lum udum -
marosim o'tkazganlar. Masalan,
"sotuvchi"ning yeridagi daraxt
shoxidan bir bo'lagini "oluvchi"
maydoniga berilgan. Shartnomani buzish hech kimning xayoliga ham
kelmagan. Farzandlar ham, nabiralar
ham mazkur yer maydoni boshqa
xo'jayinga "qonuniy" tartibda
o'tganligini bilganlar.