20-. DASTLABKI SALIB YURISHLARI

Birinchi salib yurishi. 
Birinchi salib yurishini rohib Pyotr Amenskiy va ritsar Valter Golyaklar tashkil qilishadi. Unda dehqonlar ishtirok
etadi. Rohib Pyotr Amenskiy Fransiya va Germaniya qishloqlarida
yurib aytgan va'zlari minglab
dehqonlaming yo'lga chiqishiga
sabab bo'ladi. Dehqonlar olomoni
yaxshi qurollanmagan, ular yo'1-
yo'lakay Reyn daryosi sohilidagi shaharlarda yahudiylarga qarshi
qirg'inlar uyushtiradi. Salibchilar
Konstantinopolga yetib kelganida
Vizantiya imperatori ularni Kichik
Osiyo yarim oroliga o'tkazib yuboradi.
Bu yerda dehqonlar lashkari turklar pistirmasiga uchrab qirilib ketadi. Feodallar yurishi. Birinchi salib yurishlariga Fransiya, Italiya va
Germaniyaning turli viloyatlaridan
ritsarlar to'plangan. Ular yaxshi
qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan
ta'minlangan edilar. Vizantiya
poytaxti Konstantinopolda 1096- yilning kuzidan to'plana boshlagan
ritsarlarni imperator Aleksey I vassallik qasamyodini qabul
qildirishga erishadi. Uning ma'nosi
Yaqin Sharqda tuzilajak xristian
davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram
bo'lishi lozim edi.
Yurishlar 1097-yilning bahoridan 1099-yilning yoziga qadar davom
etib: Edessa va Tripoli grafliklari, Antioxiya knyazligi va Quddus
qirolliklarini tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida 10
ming musulmonni o'ldiradilar.
Yahudiylar o'z sinagogasi
(ibodatxona)da yondirib yuboriladi.
Qirg'in paytida ko'plab ayollar va
bolalar ham halok bo'ladi. Shaharliklar uyiga bostirib kirgan
ritsar, eshikka qalqonni osib qo'yar
va bu uy barcha jihozlari bilan yangi
xo'jayinga o'tganligini anglatar edi. I salib yurishlari 1096-1099-yillarda bo'lib, Edessa va Tripoli grafliklari,
Antioxiya knyazligi va Quddus
qirolligining tuzilishi bilan
yakunlanadi. 

Salibchilar Yaqin Sharqda. 

Salibchilar tuzgan davlatlarning eng
yirigi Quddus qirolligi bo'lgan. Yevropadan kelayotgan ritsarlar
oqimi xristianlarga istilo qilingan
hududlarni 200 yilcha qo'lda saqlash
imkonini beradi.
Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy
dehqonlarni qaramlikka tushiradilar. Yangi xo'jayinlar hosilning 1/3
qismini soliqqa ola boshlaydi. Unga
qo'shimcha tarzda aholi qirolga,
xristian cherkoviga ham soliq
to'lashga majbur etiladi. Natijada,
mahalliy aholida saiibchilarga nisbatan nafrat kuchayib,
qo'zg'olonlar ham bo'lib turadi.
Salibchilar orasidagi o'zaro ziddiyatlar,
atrofdagi musulmon hukmdorlari
tazyiqi ham tobora kuchayib boradi.
Yillar o'tib salibchilarning asosiy kuchlari yangi harbiy tashkilotlari 
diniy-ritsarlik ordenlari bo'lib qoladi. 

Diniy-ritsarlarning ordenlari. 

Falastinda tashkil etilgan diniy-
ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar
ordenlaridan tubdan farq qilgan.
G'arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi
ibodat va mehnat qilish bo'lsa,
diniyritsarlik ordeni a'zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikohga
kirmaslikka, kambag'allikda
yashashga, cherkovga so'zsiz
bo'ysunishga va umrining oxirigacha
qoiida quroli bilan xristian dini
dushmanlariga qarshi kurashishga qasamyod qilishgan.
Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo'lgan. Quddusda salib yurishlari
boshlanmasidan oldin avliyo Ioann Ierusalimskiy nomli gospital ("g'aribxona") bo'lib, unda kasal va
kambag'al ziyoratchilarga yordam
ko'rsatilgan. Gospitalda xizmat
qilayotgan rohib-birodarlardan
keyinchalik orden tashkil etiladi.
Uni ba'zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar Falastinni
qaytadan egallaganidan so'ng orden
dastlab Rodos oroliga, bir necha asr
o'tib Maltaga ko'chib joylashadi.
Ioanniylar ordeni salib yurishlaridan
ancha keyin ham o'z faoliyatini davom ettirgan. Ayrim Yevropa
mamlakatlarida orden a'zolari hozirga
qadar ehtiyojmandlarga tibbiy
yordam ko'rsatib keladilar, lekin u
hozirgi kunda oddiy hayriya
tashkilotidir. Gospitalyer.  Tampliyer. Tevton
ritsari. Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab
Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni
himoya qilish uchun tuzilgan tampliyerlar (xramovniklar, "xram" ibodatxona so'zidan) deb
nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar
joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.
Salib yurishlari paytida bu tepalikda
xalifa Umar buyrug'i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi
joylashgan edi.
Orden a'zolari harbiy jasoratlari va
ishbilarmonligi bilan ajralib turgan.
Tampliyerlar hayriya va in'omlar
olishdan tashqari, sudxo'rlik bilan ham shug'ullangan. Yevropada
ularning boyliklari haqida afsonalar
to'qilgan. Boylik ordenni XIV asr
boshlarida taqiqlanishiga olib keladi.
Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni
Muqaddas Bibi Maryamga bag'ishlangan. Undagi ko'pchilik
ritsarlar Germaniyadan bo'lgani
uchun, uni Nemis (lotincha Tevton) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan. Uni XIII asrning
boshida venger zodagonlari
qipchoqlar bilan kurashga jalb
qilganlar. Keyinchalik tevtonlar
Boltiqbo'yiga o'tadilar. U yerda yarim
asr davomida orden prusslar yurtini to'liq egallab o'z davlatlarini tuzadilar.
Salib yurishlari katolik cherkovining
G'arbiy Yevropada ta'sirli kuchga
aylanganini ko'rsatadi. Yurishlar
Yevropaning Yaqin Sharqda bir necha
xristian davlatlarini tuzilishiga olib keladi.
Ikkinchi salib yurishi 11471149-
yiUari bo'lgan. Unda Fransiya qiroli Lyudovik VII o'z qo'shini bilan ishtirok etgan. Qirol uylanganiga ko'p
bo'lmaganiga qaramay, Klervo
monastiri abbati Bernarning xristianlami yangi salib yurishlariga
otashin chaqiriqlariga javoban yo'lga
chiqadi. Qirol o'zi bilan rafiqasi Eleonorani ham olib ketgan. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz yakun
topgan.
Misr sultoni Salohiddin Ayubiy 1187-yili jihod e'lon qilib,
salibchilardan Quddusni tortib oladi.
Bu voqea Yevropada 3-salib
yurishlarini (1189-1192) tashkil
qilinishiga olib keladi. Ammo german
imperatori Fridrix I Barbarossa, Fransiya qiroli Filipp II Avgust va Angliya qiroli Richard I Sheryurak ishtirokidagi bu yurishlar ham
muvaffaqiyatsiz tugaydi.