21-. KEYINGI SALIB YURISHLARI:
NATIJALAR, OQIBAT VA YAKUN

To'rtinchi salib yurishlari (1202-1204). 

XII asr oxiridan papa Innokentiy III yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi.
Salibchilar Venetsiya bilan dengiz
orqali qo'shinni kemalarda Falastinga
olib o'tishga kelishib 85 ming
kumush marka pul to'lashni
zimmalariga oladilar. Kelishilgan pulning deyarlik 1/3 qismini to'lay
olmagan salibchilar yurishlar
boshlanishidanoq Venetsiyaning
savdodagi asosiy raqibi Vizantiyaga
qarshi urush boshlashga majbur
bo'ladi. Urushga bahona ukasi tomonidan taxtdan tushirilib ko'ziga
mil tortilgan Isaak II Angelga toj-u taxtni qaytarish bo'ladi.
To'rtinchi salib yurishi qatnashchilari
ritsarlar qo'shini Konstantinopol
devorlari ostiga kelib tushadi.
Salibchilar qo'shini 1204-yilning 9
13-aprelida Konstantinopolga hujum boshlaydi. Yigirma minglik qo'shin
yarim million aholisi bo'lgan shaharni
egallaydi. Asos solinganidan buyon
ilk bor Konstantin shahri dushman
o'ljasiga aylanadi. 

Lotin imperiyasi (12041261). 

Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni
shunday nomlaganlar) Vizantiya
xarobalarida, zamondoshlari
Sharqdagi Romaniya, hozirgi
tarixchilar Lotin imperiyasi deb
atagan davlatni tuzadilar. Romaniyaning birinchi imperatori etib
salibchilar yo'lboshchilaridan biri -
Flandriya grafi Bolduin saylanadi. Qizig'i, Bolduin o'zini Vizantiya imperatorlari hokimiyatining qonuniy
davomchisi, Romaniyani 
Vizantiyaning davomi deb
hisoblagan.
Mahalliy yunonlarning mardonavor
qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiya yerlarini to'liq bo'ysundira olmadilar.
Lotin imperiyasining o'zi ham tez
orada bir necha mayda knyazliklaiga
bo'linib ketadi. Fessalonika qirolligi,
Afina gersogligi, Axeyya knyazligi va
boshqalar Konstantinopol hokimiyatini nomigagina tan olganlar.
Lotinlar bosib olingan hududlarda o'z
tartiblarini o'rnata boshlaydilar.
Avvalgi Vizantiya yerlarida
zamonasida aytilgandek, "Yangi
Fransiya" vujudga keladi. Bu davlatda ham G'arbiy Yevropadagi kabi
ritsarlar qasrlari qad ko'tardi.
Konstantinopol patriarxi taxtini
katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar
ritsarlarga shaxsiy qaramlikka
tushadilar. Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko'pchiligi tez orada
vataniga qaytib ketadi. Lotin
imperiyasida qolgan ritsarlar
hokimiyatni faqat o'zlarining temir
intizomi va uyushganligi bilan ushlab
turadi. Konstantinopol saroyi butun Yevropada ritsarlari jasorati bilan
shuhrat qozongan edi. Ular, ayniqsa,
ritsarlik sha'niga, sadoqatiga rioya
qilishda namuna bo'lishgan. 

Vizantiyaning tiklanishi. 

Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada
haydab yuborishiga umidlari bekor
ketmaydi. Bo'ysundirilgan aholi
salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar
esa o'zaro kelishishmagan.
Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo'linmasi lotinlarni "qo'rqitish"
maqsadida Konstantinopolga keladi.
Ayni paytda lotinlar qo'shini
nikeyalarga qarshi dengizdan hujum
qilishga ketgan va shaharni
himoyasiz qoldirgan edilar. Konstantinopol yunonlari nikeyaliklar
qo'shinini yaqinlashganini eshitib
xursandchiliklarini yashirmaydilar.
Ularning yordami bilan nikeyaliklar
shaharga kirib, poytaxtni osongina
egallashgan. Tez orada ortga qaytgan lotinlar shaharni qo'ldan ketganiga
guvoh bo'ladilar. Nikeyaliklar bilan
jangda mag'lubiyatga uchragan
lotinlarga kemalarga o'tirib,
Yevropaga qaytishdan boshqa chora
qolmaydi. Nikeya imperatori, Vizantiya vasilevslari so'nggi sulolasi
asoschisi Mixail VIII Paleolog 1261- yilning 15-avgustida
Konstantinopolga tantanali kirib
keladi. Vizantiya imperiyasi shu tariqa
tiklanadi.
Yuqorida qayd etilgan baxtsizliklar
tufayli Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan, Bolqon yarim
orolining bir qismi, Kichik Osiyodagi
ayrim hududlar va Egey dengizidagi
ba'zi orollarni egallagan unchalik
katta bo'lmagan yunon davlatiga
aylanadi. 

Salib yurishlarining tugashi va
oqibatlari. 

XIII asrda tashkil qilingan qator salib yurishlari Yaqin Sharqdagi
vaziyatni o'zgartira olmaydi. Fransiya
qiroli Lyudovik IX ning 1269 1270-yillardagi sakkizinchi salib
yurishlari so'nggi salib yurishlari
bo'ladi. Ko'p o'tmay salibchilarning
Sharqdagi mulklari birin-ketin
musulmonlar qo'liga qaytadi.
Salib yurishlari yakun topishining asosiy sababi XIII asrning oxiridan
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida
boshlangan o'zgarishlar bo'ladi.
Ishlab chiqarish kuchlari o'sadi.
O'nrionlar kesilib ekinzorlarga
aylantirila boshlanadi. Qishloq aholisining yersiz bir qismi tobora
yuksala borayotgan shaharlarga
ketadi. Qirol hokirniyatining kuchaya
boshlashi va mamlakatni
markazlashtirish siyosati ritsarlarga
qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Savdogarlar tinch yo'l bilan
savdosotiq olib borishning afzalligiga
yana bir bor ishonch hosil qiladilar.
Salib yurishlari o'zining asosiy, ya'ni
Sharqda kuchli xristian davlatlarini
yaratish maqsadiga erisha olmaydi. Unda qatnashgan 100 minglab
kishilar halok bo'lib, katta moliyaviy
zarar ko'riladi. Yaqin Sharqda ham
ko'plab kishilarning qirilishi,
vayronagarchiliklar, musibatlar
cheksiz bo'ladi. Lekin Sharqning yuksak madaniyati
bilan tanishishi Yevropa feodallari
turmush tarzini keskin o'zgartirdi.
Ularda dabdabali hayotga havas,
pulga  boylikka erishish uchun
intilish kuchayadi. Natijada, Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot
bilan emas, pul bilan olish o'sib
boradi. Ayrim feodallar qaram
dehqonlarini to'lov evaziga ozodlikka
chiqara boshlaydilar.
X1I-XIII asrlardan Yevropada sholi, grechixa, tarvuz, o'rik va limonlar
o'stirila boshlanadi. Damashqdan
keltirilgan atirguming "shoh" navlari
ko'plab mamlakatlarga tarqaladi.
Yevropaning janubida shakarqamish
yetishtirila boshlanadi. XII asrdan Yevropada shamol tegirmonlari
quriladi. G'arbga nafis gazlamalar:
muslin (yupqa gazlama), atlas,
Damashq shoyilari keltiriladi. Ulardan
ajoyib nafis kiyim-kechaklar tikila
boshlanadi. Aloqa kaptarlari yordamida xatlarni
tashish arablardan o'zlashtirilib, XII
asrdan yevropaliklar tomonidan ham
qoilanila boshlanadi. Yevropada salib
yurishlaridan so'ng hammomlar
qurish, hashamatli liboslar kiyish keng urf bo'ladi.