IV BOB. G'ARBIY YEVROPADA MARKAZLASHGAN DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI 

22-. FRANSIYADA
MARKAZLASHGAN DAVLATNING
TASHKIL TOPISHI

Ijtimoiy munosabatlar. 

Feodal jamiyatida hukmron toifa vakillarining
shaxsiy erkinliklari amalda cheksiz
bo'lgan, Feodal tarqoqlik davrida
Fransiyada qirol o'z xonadoniga
tegishli boigan yermulklar, ya'ni
domenida ham to'la xo'jayin emasdi. Qirol hukmida hisoblangan gersog va
graflar xalqni uning nomidan
boshqarar, zarur paytda sud qilar va
jazolar edi. Qirolning feodal tarqoqligi
sharoitida na qo'shini va na ishonchli
amaldorlari bo'lgan. Fransiyada mulklari yonma-yon
joylashgan feodallar o'rtasida
uzluksiz urushlar bo'lib turardi. Agar
rnojaro bitta senorning vassallari
orasida boisa uni toifa sudi ko'rib
chiqqan. Lekin sudning qarori feodal manfaatiga mos kelmasa uni
bajarmaslikka harakat qilgan.
Natijada ko'pchilik muammolarning
yagona yechimi urush bo'lib qolgan.
Feodal o'z raqibiga istagan vaqtda
urush e'lon qilishi mumkin edi. Urush harakatlari natijasi esa har qanday
qonun yoki huquqdan ustun turardi. 

Qirol hokimiyati. 

Salibchilar Suriya cho'lida musulmonlar bilan jang
qilayotganida Fransiya og'ir davrlarni
boshdan kechirayotgan edi. Avvalgi
G'arbiy Frank qirolligi bir-biridan
mustaqil katta-kichik o'nlab
knyazliklarga bo'linib ketadi. Bu knyazliklar merosga qoldirilganida
yana bo'linar, sulolaviy nikohlar
natijasida qo'ldan-qo'lga o'tardi.
Fransiyaning janubi shu qadar
mustaqil ediki, u yerda qirol haqida
eshitishni ham istamaganlar. Shimolda Gugo Kapet avlodlari, Parij graflari hokimiyatini tilda tan olsalar-da,
amalda ularga deyarli hech kim
bo'sunmagan. Qirolning shaxsiy yer-
mulklari (domeni) shimolda Parijdan
 janubda Orleanga qadar ensiz
tasma shaklida joylashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan,
Akvitaniya gersoglarining har biri
qirolga nisbatan ko'proq hudud va
aholiga ega edilar. Qiroldan Anju,
Tuluza, Blua graflari ham kuch-qudrat
bobida kam bo'lishmagan. Qirol domenida esa unga bo'ysunmagan
feodallar mustahkam qal'alar qurib
joylashib olgan edilar.
Domen (lotincha dominium  mulk)  qirol, gersog, graf va baronlarning
qaram dehqonlar mehnati bilan
ishlanadigan yer-mulklari. 66-rasm. Normandiyadagi d'E qal'asi. Qirol Lyudovik VI (11081137) o'zining ishonchli yordamchisi, ilgari
Sen-Deni monastiri abbati bo'lgan Sugeriy ko'magida o'z domenida tartib o'rnatishga harakat boshlaydi.
U Burj va Sans shaharlarini o'z
domeniga qo'shib oladi. Qirol
o'zboshimcha baronlar qal'alarini
buzib ularni bo'ysundiradi. Lyudovik VI ning omadi yurishib 17 yoshii o'g'li bo'lajak qirol Lyudovik VII (1137-1180)ni Akvitaniya
ge.sogining yagona merosxo'ri 15
yoshii Aleonoraga uylantirishga muvaffaq bo'ladi. Mamlakatni birlashtirish uchun
kurash. Fransiyada XXI asrlardan qishloq xo'jaligining,
hunarmandchilik va savdoning o'sishi
boshlanadi. XII asrdan yangi
o'zlashtirilgan yerlarda dehqonlar
qaramligi bekor qilinib, soliqlarning
bir qismini pul bilan to'lanadigan bo'ladi. Natijada dehqonlar
yetishtirgan mahsulotlarning ma'lum
qismini bozorga sotish uqhun chiqara
boshlaydi. Fransiyada feodallar XII-
XIII asrlardan o'z yerlarini
dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Bu tadbir dehqonni
yerga munosabatini ijobiy tomonga
o'zgartiradi.
Viloyatlar orasida mehnat taqsimoti
kuchaya borib, Normandiya temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol
yetishtirishga; Shampan va Burgundiya - vinochilik, zig'ir tolasi va jundan gazlamalar to'qishga
ixtisoslashgan. Viloyatlar orasidagi
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish
ehtiyojlari feodal tarqoqlikni
tugatishni taqozo etardi.
Shaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa - shaharliklar soni ko'paya boradi. Shaharliklar tabaqasi
esa feodallar o'zboshimchaligini
cheklaydigan kuchli qirol hokimiyati
tarafdori edi. Qirolni, shuningdek,
mayda va o'rta feodallar qo'llagan.
Ular kuchli qirol hokimiyati o'zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos
etishiga umid bog'laganlar. Ushbu
vaziyatda markazlashitirish
jarayoniga faqat yirik diniy va
dunyoviy feodallargina qarshi bo'ladi.
Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi XII asrda Lyudovik VI ning o'z mulklaridagi vassallarini itoat
ettirishidan boshlanadi. 

Filipp II (1180-1223) 

Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi. "Ingliz tojining marvaridi" hisohlangan Normandiya 12021214-yillari tortib olinadi. Tez orada qirol
mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi
eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol
mulklarining kengayishi umumdavlat
boshqaruv tashkilotlari: Qirol
kengashi, Oliy sud va Moliya
boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlandi. Lyudovik IX (1226 1270) qirol yerlaridagi feodal
urushlarini taqiqlaydi. Qirol zarb
ettirgan oltin va kumush tangalar
Fransiyaning barcha viloyatlarida
o'tishi huquqi belgilanadi. Natijada,
mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib
qo'yiladi.