23-. GENERAL SHTATLAR. TOIFAVIY
MONARXIYANING VUJUDGA KELISHI

Filipp IV va Papa. 

Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan
Filipp IV (12851314) o'z
qirolligining boshlarida Shampan
grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol
domeniga qo'shib oladi. Uning
keyingi harakatlari mamlakatning shimoliy-g'arbidagi yirik savdo -
hunarmandchilik shaharlarini
birlashtirgan Flandriyani egallashga
qaratiladi.
Urushlar, saroy bazmlari katta
mablag'larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli
usullarni qo'llar edi. Filipp IV
shaharlardan qarz olib ularni
qaytarmas, yahudiylarni
raamlakatdan chiqarib yuborib, so'ng
ularni katta to'lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini
pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi
dehqonlarni erkinlikka chiqishi
uchun katta to'lov talab qilardi.
Nihoyat, Filipp IV o'z nigohini eng boy
tashkilot - katolik cherkoviga qaratadi. U Yevropa hukmdorlaridart
birinchi bo'lib, katta yer mulklarga
egalik qilayotgan cherkovdan soliq
talab qiladi.
Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) o'zining mashhur
o'tmishdoshlari Grigoriy VII va Innokentiy III lar qabilida ish tutadi. U ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq
to'tashni man etishdan tashqari, Filipp
IV dan Flandriyaga qarshi urushni
to'xtatishini talab qiladi. Fransiya
qirolining Papa xohish-irodasiga
bo'ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e'lon
qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. 

General shtatlar. 

Bunga javoban Fransiya qiroli 1302-yili uch toifa
vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va
shaharliklarni chaqirib, ularga papa
bilan mojaroni muhokama qilishni
taklif etadi. General shtatlar papani
Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
Keng jamoatchilik ko'magiga
tayangan Filipp IV papaga qarshi
harakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la'nat) e'lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning
shimolidagi Anani shahrida joylashgan papa saroyiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular
esankirab qolgan papaga qamoqqa
olingani va sud oldida javob berishi
uchun Fransiyaga jo'natilishini e'lon
qilishadi. Rivoyatga qaraganda,
fransuzlar yetakchisi ko'z ko'rib quloq eshitmagan narsa - papaga
tarsaki tushirishga jazm etadi.
Chorasiz Bonifatsiy VIII faqat: "mana
mening bo'ynim, mana mening
boshim!  deya oladi, xolos. Papani
osishmaydi, boshini ham olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga ham
ulgurishmaydilar. Ananiliklar
Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin
papa tahqirni ko'tara olmasdan, ko'p
o'tmay aqldan ozib vafot etadi. General shtatlar (Etats Generaux - "yalpi toifalar")  Fransiyadagi oliy
tabaqaviy-vakillik muassasasi
(1302-1789). Qirollar General
shtatlarini qachonki yangi soliq
kiritishni istaganlarida chaqirib
turishgan. Shu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi.
Qirollik hokimiyati markazlashtirish
jarayonida tabaqa vakillari majlisiga
tayangan.
Tez orada Filipp IV ning g'alabasi toiiq
tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi.
U esa Italiyadan Fransiyaning
janubiga Avinon shahriga ko'chib
o'tishga qaror qiladi. Avinon fransuz
qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta
lining bu yerdagi ta'siri katta edi. Zamondoshlari xristiar; dunyosi
boshlig'i fransuz qirolining sodiq
xizmatchisiga aylanganidan shikoyat
qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi
uchun deyarli 70 yil kerak bo'ldi. Bu
yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida "papalarning Avinon tutquni" nomini oladi. 

Buyuk magistr qarg'ishi. 

Papalarni "Boqiy shahardan fransuz qiroli
himoyasiga" o'tishi Filipp IV ning zamondoshlariga tayyorlagan so'nggi
kutilmagan "sovg'a"si emasdi. U bosh
lagan "tampliyerlar ishi" ham Yevropada katta shov-shuvga sabab
bo'ladi. Qirol kutilmaganda
tampliyerlar ordenini dahriylikka
yo'liqib gunohlarga botganligiga
"ishonadi". Bu orden Yaqin Sharqda
1291-yilgacha qolib, so'nggi jang larda qatnashgan va katta talafotlarni
boshidan kechirgan edi.
1307-yilning tunlaridan birida
ordenning ko'pchilik a'zolari va
buyuk magistri qamoqqa olinadi.
Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar
ularning boshiga balo bo'ladi.
"Avinon papa"sidan rozilik olib,
tampliyerlarning mol-mulklari
musodara qilina boshlanadi. Ko'plari
qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk magistr 1314-yili
o'limga mahkum etiladi. Uning
o'limidan bir oy o'tib papa, o'n oydan
so'ng Filipp IV vafot etadilar.
Mamlakatda Filipp FV qarg'ishga
uchragani, uning vorislarini yanada dahshatliroq fojialar kutayotganligi
haqida mish-mishlar tarqaladi. Dvoryanlar (nomdor zodagon)  feodallar toifasining imtiyozli qismi.
Imtiyozlar merosiy bo'lib avloddan-
avlodga o'tgan.
General shtatlar doimiy faoliyat
ko'rsatmay, zarur paytda qirol
tomonidan chaqirilar edi. Dastlab u soliqlar bilan bog'liq muammolarni
yechgan, xolos.
Shu tariqa XIV asrda Fransiyada
toifaviy monarxiya, ya'ni toifa vakillari
yig'iniga suyanadigan,
markazlashgan davlat shakllana boshladi.
67-rasm. Avinondagi papa qarorgohi.